11 Oziq-ovqat sohasini davlat tomonidan tartibga solish – oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash asosi


Download 8 Kb.
bet1/2
Sana03.12.2023
Hajmi8 Kb.
#1805804
  1   2
Bog'liq
11 Oziq-ovqat sohasini davlat tomonidan tartibga solish – oziq-o-fayllar.org


11 Oziq-ovqat sohasini davlat tomonidan tartibga solish – oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash asosi

11
Oziq-ovqat sohasini davlat tomonidan tartibga solish – oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash asosi
Reja:
11.1. Oziq-ovqat xavfsizligining milliy xavfsizlik tizimida o‘rni.
11.2. Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda davlatning iqtisodiy roli.
11.3. Oziq-ovqat xavfsizligining iqtisodiy mazmuni.
11.4. Oziq-ovqat mahsulotlari bilan o‘zini ta'minlash (oziq-ovqat mustaqilligi) mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashning sharti sifatida.
11.1. Oziq-ovqat xavfsizligining milliy xavfsizlik tizimida o‘rni.
Xavfsizlik muammosi mustaqil davlatchilikning shakllanishi va jamiyatda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy manfaatlarning qaror topishi bilan bir vaqtda vujudga keladi.
Darhaqiqat, xavfsizlik tushunchasi Rober ma’lumotnomasiga ko‘ra 1190 yilda paydo bo‘ldi. Bu tushuncha o‘zini har qanday xavf-xatardan himoyalangan deb hisoblovchi inson ruhining xotirjam holatini ifodalagan
Xavf-xatar esa davlat va jamiyat rivojlanishiga, normal amal qilishiga tahdid soluvchi potensial yoki real kuch, omil hisoblanadi.
Xavfsizlik ko‘p qirrali bo‘lib, u butun insoniyat, davlat yoki iqtisodiy tizimning normal faoliyat yuritishi, rivojlanishi uchun noxush, salbiy, zararli ta’sirlardan, xavf-xatarlardan saqlanish, himoyalanish holatini ifodalaydi.
Xavfsizlik umumiy tarzda ziyon etkazish uchun po­tensial sharoitlarning yo‘qligini, saqanishlik, himoyalanish va ishonchlilikni anglatadi. Bu tushuncha kishilar va jamiyat hayot faoliyatining aniq spetsifik sohalarida o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi.
Xavf-xatar namoyon bo‘lishining keskin shakllari
Xavfsizlik sub’ektlari va ob’ektlari
Iqtisodiy xavfsizlik tushunchasini turli talqinlari
Bir guruh olimlar iqtisodiy mazkur tushuncha mazmunini mamlakatning etarli mudofaa salohiyatini, davlat siyosatining ijtimoiy yo‘naltirilganligini, milliy manfaatlarni himoya qilishni kafolatlashga qodir bo‘lgan iqtisodiyot va hokimiyat institutlarining ahvoli sifatida ta’riflaydilar
Ikkinchi guruh olimlar mazkur tushunchani xalqning mustaqil ravishda tashqi kuchlarning aralashuvisiz va tazyiqisiz o‘zining iqtisodiy taraqqiyot yo‘lini va shakllarini o‘zi belgilab olishiga imkon beradigan holat, sifatida tavsiflaydilar

Download 8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling