11. Payvandlash transformatorlari
Download 186.55 Kb. Pdf ko'rish
|
11. Payvandlash transformatorlari (1)
11. Payvandlash transformatorlari. Elektr yoyi vositasida payvanlash uchun ishlatiladigan maxsus maqsadli transformatorlarni odatda payvandlash transformatorlari deb yuritiladi. Payvandlash transformatorlari 2 rejimda ishlashga mõljallangan: salt ishlash va yuklangan rejimda. Salt ishlash rejimida payvandlash transformatorlarining birlamchi chulğam kuchlanishi 220 yoki 380 V, ikkilamchi chulğam kuchlanishi 60-70 V, yuklangan rejimda esa (payvandlash vaqtida) ikkilamchi chulğam kuchlanishi 20-30 V ta’minlanadi. Payvandlash transformatorlari payvandlashning turiga qarab turli konstruktsiyada tayyorlanadi. Ular elektr yoyi yordamida yoki kontakt usulida payvandlash qurilmalarida ishlatiladi. Payvandlash transformatori tarmoq kuchlanishini pasaytiruvchi oddiy bir fazali ikki chulğamli transformatordir. Bunday transformator uchun ikkilamchi chulğamning qisqa tutashish sharoitida ishlashi me’yordagi sharoit hisoblanadi. Qisqa tutashish tokining qiymatini kamaytirish maqsadida chulğamlarning induktiv qarshiligi katta qilib tayyorlanadi. Shuning uchun payvandlash transformatorlarining quvvat koeffitsienti kichkina buladi. Induktiv qarshilikni kattalashtirish uchun bunday transformatorlarda maxsus konstruktsiyadagi chulğam yoki ikkilamchi chulğam zanjiriga qõshimcha induktiv qarshilik ulanadi. Chulğamning induktiv qarshiligini oshirish uchun sochilma oqim qiymatini kattalashtirish lozim. Buning uchun chulğam õzakning ikkita yoki bitta sterjenida turli balandlikda õrnatiladi. Magnit õtkazgichda magnit shuntlarni qõllash ham sochilma oqimni va chulğamning induktiv qarshiligini ancha oshiradi (11.1- rasm, a). Payvandlash transformatorining ikkilamchi chulğamining kuchlanishi 60 ... 70 V va nominal yuklama bilan ishlaganda 30 V bõladi. Elektr yoyning uzluksiz va turğun yonib turishi uchun zanjirda tok deyarli õzgarmasligi, induktivlik esa ancha õzgarishi lozim. Payvandlash zanjirida tokni rostlash uchun transformatorning ikkilamchi chulğamiga magnit õtkazgichli induktiv ğaltak ketma-ket ulanadi (11.1- rasm, b). Payvandlash toki induktiv ğaltakning reaktiv qarshiligini õzgartirib rostlanadi. Tok qiymati elektrod diametriga qarab tanlanadi. Induktiv ğaltakning õzagi qõzğalmas va qõzğaluvchan qismlardan iborat. Ğaltakning reaktiv qarshiligi uning qõzğalmas va qõzğaluvchan õzaklari orasidagi masofaga boğliq bõladi. Havo oraliği katta bõlsa, ğaltakning reaktiv qarshiligi ortadi va natijada zanjirda tok qiymati kamayadi va aksincha (havo oraliği va tok qiymati teskari proportsional). Havo oraliğini õzgartirib zanjirda payvandlash tokini 70 A dan 300 A.-gacha õzgartirish mumkin. Payvandlash vaqtida ikkilamchi chulğam kuchlanishi 30 V.-gacha kamayishi mumkin. 11.1- rasm. a) magnit shuntli payvandlash transformatori, b) reaktiv ğaltakli payvandlash transformatori. 11.2- rasm. Payvandlash transformatorining tashqi xarakteristikasi. Bitta transformator bir nechta payvandlash apparatini ta’minlashi mumkin, lekin har bir apparat õzining alohida reaktiv ğaltagiga ega bõlishi kerak. Reaktiv ğaltak payvandlash qurilmasining tashqi xarakteristikasini keskin tushuvchi qilib uning egriligini oshiradi (11.2- rasm, b). Amalda induktiv ğaltak transformator bilan bir butun qurilma sifatida tayyorlanishi ham mumkin. Turli sohalarda STE-22, STE-34, STN-500 va boshqa markali payvandlash transformatorlari keng ishlatiladi. STE-34 markali payvandlash transformatorining texnik kõrsatkichlari quyidagicha: R n = 30 kVA; U 1 /U 2 = 220/60 V; I 1 /I 2 =147/500 A; salt ishlash toki 3,4%; õzak markasi E41-0,5 mm; FIK 93%; tok zichligi 3,2 A/mm 2 . Induktiv ğaltakniki: kuchlanishi 50 V, põlat markasi E41-0,5 mm; tok zichligi 3,48 A/mm 2 . Hozirgi davrda invertorli payvandlash qurilmalaridan keng foydalaniladi. Ma’lumki, transformator chulğamlaridagi EYuK E=2 f W F formula bõyicha aniqlanganligi sababli, chastotani oshirsak, EYuK õzgarmas bõlishi uchun uning õramlar sonini kamaytirish mumkin. Bu esa odatdagi transformatorlar va impulsli transformatorlarning hajmi bir xil bõlganda impulsli transformator orqali kattaroq quvvat uzatish imkonini beradi. Masalan, yuqori chastotali kuchlanishdan foydalilganda 20 kg oğirlikdagi transformator õrniga 250-300 gr. oğirlikdagi transformatordan foydalanish mumkin. Invertorli payvandlash qurilmalarida aynan shu qonuniyatdan foydalanilishi natijasida odatdagidan bir necha barobar kichik transformatorlardan foydalaniladi. Download 186.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling