11. Proektiv tafakkur tarzi va innovatsion faoliyat
Download 25.79 Kb.
|
1 2
Bog'liqProyektiv tafakkur tarzi
11. PROEKTIV TAFAKKUR TARZI VA INNOVATSION FAOLIYAT 1. Proyektiv tafakkur tarzi tushunchasi. 2. Innovasion tafakkur tushunchasi. 3. Innovatsion faoliyat. Insonlarni hayot tarzida ham innovasiyalashuv jarayoni sodir bo’lmoqda. Ayni paytda Respublikamizda ijtimoiy-gumanitar fan yo’nalishlari va paradigmalari innovasion qayta qurish pallasiga kirdi. Bu jarayonning ta’siri sifatida oxirgi vaqtlarda fan metodologiyasi predmeti doirasiga proyektiv tafakkur tarzi muammosiga epistemologik ta’sir ko’rsatish qobiliyatiga ega bo’lgan «innovasiya» tushunchasi kirib bormoqda. Proyektiv tafakkur tarzi an’anaviylik va yangilanishni o’zida mujassamlantirgan g’oyaviy-konseptual hosiladir. Unda doim yangi rejalar, loyihalar, tizimli, integrativ, plyuralistik, optimistik, evristik va ijodiy yondashuvlar namoyon bo’ladi. Proyektiv tafakkur tarzi kishi ongida loyihalarning shakllangan tasavvurlari, tamoyillari va rasionallik normalarining shunday mozaik birligini tashkil qiladiki, unda u betakror, yaxlit siymoga ega bo’ladi, an’anaviy va yangi qarashlarga nisbatan yo’naltirish, birlashtirish, umumlashtirish, baho berishga asos bo’lish funksiyalarini bajaradi. Mazkur ta’rifdan shu narsa kelib chiqadiki, fikrlash jarayonining o’ziga xos siymosini, bir butunligini bildiradigan proyektiv tafakkur tarzida individuallik, xususiylik va ayniqsa innovasiya birinchi navbatda ko’zga tashlanadigan hislatdir. Innovasion jarayon yangilanishning texnologik tomonini bildiradi. Yangiliklarning paydo bo’lishi, qabul qilinishi, o’zlashtirilishi, tarqatilishi va tadbiq qilinishini o’z ichiga oladigan keng qamrovli hodisadir. Innovasion faoliyat yangilanishning ijodiy tomonini bildirib, mavjud tafakkur va hayot tarzi, mehnat vositalari, predmet va usullar, ijtimoiy tuzilma va texnologiyalarni o’zgartirishga olib keladi. Innovasiya yangi g’oyalar, texnologiyalar, informasion loyihalar va mahsulotlarni kashf etish, ishlab chiqish va jamiyatga tadbiq qilishni bildirib, hozirgi zamon ishlab chiqarish va ijtimoiy faoliyat tizimlarida asosiy faoliyat turiga aylanmoqda. Aqliy mehnat sohasida kashfiyot, ixtiro, yangi g’oya yoki loyihalarn ishlab chiqishga olib keladigan proyektiv innovasion tafakkurga aylanadi. Bunday aylanishni bir qator ijtimoiy shart-sharoitlar va sabablar taqozo etadi. “Innovasion tafakkur insonning o’sib va takomillashib borayotgan ehtiyojlarini qondirishga, yangidan-yangi g’oyalar, loyihalar va qadriyatlarni ixtisoslashgan jamoalar va korxonalarda muntazam ravishda ishlab chiqarishga qaratilgan ijodiy tafakkurdir.” Yo’naltirilmagan, sohaviy proyektiv va innovasion tafakkurning shakllanishi zaminida yangilikni ishlab chiqish, tadbiq qilish va tarqatishga qaratilgan ilmiy muntazam amalga oshiriladigan jarayonga aylangandan keyin ijodiy fikrlash o’ziga xos intellektual innovasion faoliyat, mehnat darajasiga ko’tariladi. Proyektiv va innovasion tafakkur tarzi insonning yangi ehtiyojlari va muammolarini qondirishga yo’naltirilgan yangi g’oyalar, qadriyatlar va loyihalarni ixtisoslangan korxonalar va ularni yangilab turishga ketadigan vaqtni qisqartirishga qaratilgan intellektual faoliyat shakli va tizimidir. Asosan yangi faktlar, g’oyalar va loyihalar yaratishga yo’naltirilganligi, bu jarayonning tartiblanganligi, tizimliligi davriy muntazam xarakterga ega bo’lishi innovasion faoliyatning o’ziga xos xususiyatini belgilab beradi. Proyektiv tafakkur tarzi va innovasion qarash O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning siyosiy faoliyatida yaqqol namoyon bo’ldi. Ayniqsa, O’zbekistonni iqtisodiy qoloqlikdan chiqarib, shiddat bilan rivojlanayotgan mamlakatlar qatoriga qo’shilishida muhim rol o’ynadi. Buning yaqqol misoli butun dunyo tan olgan “o’zbek modeli”dir. O’tgan asrda “yapon mo’jizasi” deb e’tirof etilgan yapon xalqining proyektiv va innovasion tafakkuri tan olinsa, bugunga kelib “mustaqillik me’mori”ning proyektiv tafakkur tarzi va innovasion ta’lim jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilmoqda. Innovasion ta’limda proyektiv tafakkkur tarzi esa bozor iqtisodiyoti sharoitida, ma’orif sohasida tub islohotlar amalga oshirilayotgan bir paytda muhim gnoseologik quroldir. Proyektiv va innovasion tafakkur tarzining fan va amaliyotdagi roli va ahamiyati ma’lum jihatdan evristik usul va yondashuvlarning rivojlantirilishiga bog’liqdir. Innovasion ta’limda proyektiv tafakkur tarzi dogmatik, metafizik va binar tafakkur tarzlariga qarama-qarshi bo’lib, unda yangilanish, hozirgi zamon tafakkur tarzining konseptual-evristik jihatlari dinamikasini ko’rish mumkin. Shuningdek bunda talabalarning mustaqil, ijodiy faoliyatini kuchaytirish, yangilikka bo’lgan intilishi, innovasion loyihalar yaratilishiga erishish mumkin. Innovasion tafakkur atamasini 1993 yilda Jahon falsafiy Kongressida V.P. Deliya kiritgan deb hisoblanadi. Unga ko’ra, innovasion tafakkur o’zining eng umumiy shaklida "yangi natijalarga olib keluvchi tafakkurni rivojlantirish" deb tushunilishi lozim, uning predmeti "voqyelikning yangi fragmentlarini yaratish, ularni o’zgartirish yoki aksincha, mavjud voqyelikning barqaror holatini saqlab qolishga qaratilgan jarayonlar"dir. Innovasion fikrlash bu yondashuvlarning oqilona murosasidir: unda ijodiy jarayonlar tasavvurni bog’lab original g’oyalarni hosil qilish uchun ishlatiladi. Bu g’oyalar keyinchalik rasional va mantiqiy fikrlash yordamida tasniflanadi, tanlanadi, uyushtiriladi va sinovdan o’tkaziladi. Innovasion tafakkur ko’p bosqichli davriy jarayon bo’lib, uning boshlanish, yuksalish va yakunlash farqlari, vaqt oraliqlari mavjuddir. Innovasion tafakkurning fan va amaliyotdagi roli va ahamiyati ma’lum jihatdan evristik usul va yondashuvlarning rivojlantirilishiga bog’liqdir. Innovasion tafakkur tarzi insonning yangi ehtiyojlari va muammolarini qondirishga yo’naltirilgan yangi g’oyalar, qadriyatlar va loyihalarni ixtisoslangan korxonalar va ularni yangilab turishga ketadigan vaqtni qisqartirishga qaratilgan intellektual faoliyat shakli va tizimidir. Rus olimlari innovasion tafakkurning konstruktiv, transformasion, amaliy va ijodiy xarakterga ekanlinigi ta’kidlaydilar. Lekin bu jihatlar kreativ tafakkurda ham mavjuddir. Bu jihat ularning umumiyligini ko’rsatadi. Innovasion tafakkurni keng ijtimoiy ong yo’nalishiga aylanishining sabab va oqibatini jamiyatda sodir bo’ladigan innovasion taraqqiyot tashkil qiladi. Natijada innovasion tafakkur kerativ tafakkurni amalga oshiruvchi ijtimoiy mexanizmga aylanadi. Download 25.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling