11-sinf 6-7-mavzu


Download 23.17 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi23.17 Kb.
#1392684
Bog'liq
11-sinf 6-7 sss


11-sinf 6-7-mavzu

1. Havo tarkibida kislorod miqdori qancha
A) 21.8% B) 29% C)20% D) 20.9%
2. Atmosfera tarkibidagi kislorod taxminan qachon hosil bo’lgan
A) 5 mlrd yil oldin C) 2.5 million yil oldin
B) 5million yil oldin D) 2.5 mlrd yil oldin
3. Qaysi hayvonlar uchun havo tayanch vazifasini o’tay olmaydi
A) tuya; tuyaqush C) oqquyruq; ko’rshapalak
B) birqozon; zebra D) olma mevaxo’ri ; zebra
4. Anemofill o’simliklarni toping
A) terak; yong’oq C) terak; g’o’za
B) tol; nok D) beda; g’o’za
5. Anemoxor o’simliklarni toping
A) jud; cherkez C) shumtol;burchoq
B) qayrag’och; yorongul D) terak; machin
6. Edofobiontlarni toping
A) yerqazar; krot C) yomgir chuvalchangi; rishta
B) yumronqoziq; olmaxon D) krot; odam askaridasi
7. Endobiontlarni toping
A) leyshmaniya; pashsha B) zarpechak; shumg’iya
C) leyshmaniya; rishta D) amyoba; exenokok
8. Tanasi boshqa organizm uchun yashash muhiti bo’lib xizmat qiladigan organizm nima deb ataladi
A) parazit C) oraliq xo’jayin
B) xo’jayin D) redutsent
9. Qaysi javobda endobiontlar berilmagan
A) askarida; bolalar gijjasi C) rishta; uy pashshasi
B) jigar qurti; askarida D) zarpechak; uy pashshasi
10. Juftlang. a) ektoparazitlar b) endoparazitlar
1.bit 2.askarida 3.qilbosh chuvalchang 4.to’shak qandalasi
A) a-1; b-2,4 C) a-4; b-3
B) a-3; b-1,2 D) a-3; b-2
11. Juftlang. a) endoparazitlar b) ektoparazitlar
1.bezgak plazmodiysi 2.burga 3.to’shak qandalasi 4.jigar qurti
A) a-1; b-2,4 C) a-1; b-3
B) a-2,3; b-1 D) a-3; b-1
12. Endoparazitlarning xo’jayin organizmda yashash uchun moslanishlari to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping
A) tana tuzilishi murakkablashgan; tana o’chami kichik
B) tana tuzilishi murakkablashgan; naslining ko’pligi
C) tana tuzilishi soddalashgan; hayot siklida xo’jayin organizmning boshqasi bilan almashinishi
D) tana tuzilishi soddalashgan; harakat organlarining bo’lishi
13. a) jigar qurti b) qoramol tasmasimon chuvalchangi hazm qilish va nafas olish jarayonlariga to’g’ri keladigan javobni toping. 1.hazm qilish organlari soddalashgan 2.hazm qilish organlari butunlay yo’qolgan 3.anaerob nafas oladi 4.aerob nafas oladi
A) a-1,3; b-2,4 C) a-2,4; b-1,4
B) a-1,3; b-2,3 D) a-2,3; b-1,3
14. Ekologik omillarni qanday xillari bor
A) biotik, abiotic C) biotik, abiotik, antropagen
B) biotik, antropagen D) abiotik, antropagen
15. Abiotik omillarni toping?
A) Harorat ortganda o’simliklarda ko’p suv bug’lanishi
B) Foydali qazilmalar qazib olish
C) Sherning kiyikni ovlashi
D) Aktiniya bilan zohid qisqichbaqaning simbioz munosabati
16. Dengiz sathiga nisbatan balandlik qaysi abiotik omilga kiradi?
A) iqlim omillari C) fizik omillar
B) edafik omillar D) topografik omillar
17. Atmosfera bosimi qaysi abiotik omilga kiradi
A) iqlim omillari C) fizik omillar
B) edafik omillar D) topografik omillar
18 . Tuproqning meniral tarkibi qaysi abiotik omil
A) iqlim omillari C) fizik omillar
B) Edafik omillar D) topografik omillar
19. Uy pashshasi uchun tolerantlik zonasini belgilang?
A) +7* dan +50*gacha C) +23* dan+50*gacha
B) +23*dan +25*gacha D) -7*dan+50*gaca
20. Libixning minimum qonuni qanday?
A) Organizmni yashab qolishini optimum chegaradan eng kam og’adigan ekologik omil belgilaydi
B) Tirik organizm, tur, jamoaning hayotiy faoliyati va rivojlanishini susaytirib yoki to’xtatib omil cheklovchi omil deb ataladi
C) Ekologik omilning organizm hayot faoliyati ko’satadigan ta’sirini eng qulay chegarasi biologik optimum deyiladi
D) Organizm yashab qolishini optimum chegarasidan eng ko’p og’adigan ekologik omil belgilaydi
21. Kosmopolit turlarni aniqlang
A) kolibri; xaltali ayiq C) kolibri; suvarak
B) burga; kalamush D) pashsha; koala
22. Anemofill o’simliklar qanday o’simliklar?
A) shamol yordamida changlanadigan
B) meva va urug’lari shamol yordamida tarqaladigan
C) suv muhitida o’sadigan o’simliklar
D) quriqlikda o’sadigan o’simliklar
23. Anemaxor o’simliklar qanday o’simliklar?
A) shamol yordamida changlanadigan
B) meva va urug’lari shamol yordamida tarqaladigan
C) suv muhitida o’sadigan o’simliklar
D) quruqlikda o’sadigan o’simliklar
24. Tuproq muhitida yashovchi organizmlar nima deyila
A) edofobiont C.gidrobiont
B.endobiont D.entomofag
25. Stenobiontlarga xos xususiyatlarni toping?
A) chidamlilik chegarasi keng B) Areali keng
C) chidamlilik chegarasi tor D) Tolerantlik zonasi keng
26. Xaltali ayiqning ozuqasi ko’rsatilgan javobni toping
A) evkalipt daraxtini mevasi C) evkalipt daraxtini bargi
B) evkalipt daraxtini yosh novdasi D) turli hashorotlar
27. Bitta ekologik nishani egallaydigan organizmlarni toping?
A) gnu antilopasi va dik dik antilopasi
B) qoramol va kenguru
C) olmaxon va bug’u
D) jirafa va zebra
28. Quyidagi organizmlarni ular iste’mol qiladigan ozuqasi bilan juftlang.
a) jirafa b) zebra c) g’izol d) gnu antilopasi
1.daraxtlarning bargi va shox shabbasi 2.o’simliklar poyalarining o’rta qismi 3.o’tlarning yuqori qismi 4.o’tlarning eng pastki qismi 5.o’simliklarni urug’lari
A) a-1; b-3,5; c-4; d-2 C) a-1; b-3; c-4,5; d-2
B) a-2; b-1; c-5; d-3 D) a-1; b-3; c-4; d-2,5
29. Qizilishton nima bilan oziqlanadi?
A) daraxt po’stlog’I bilan
B) daraxt po’stlog’I ostida hashorot bilan
C) daraxt mevasi bilan
D) daraxt bargi bilan
30. Stenobiontlarni toping?
A) kalamush; kolibri C) kalamush; burga
B) koalo; burga D) koala; kolibri

Download 23.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling