11-sinf. Fizika. 1-variant


Download 34 Kb.
Sana22.02.2023
Hajmi34 Kb.
#1220807
Bog'liq
www.idum.uz 11 sinf masalalar Fizika


11-sinf. Fizika. 1-variant

1. Ballondagi gazning chiqib ketishi natijasida bosim 2 marta, temperatura 1,5 marta kamaygan bo‘lsa, gazning necha foizi chiqib ketgan bo‘ladi?

2. O‘zaro 600 burchak hosil qilib, yerga nisbatan υ tezlik bilan harakatlanayotgan ikki jismning bir-biriga nisbatan tezligining moduli nimaga teng?

3. Botiq sferik ko`zguda hosil bo`lgan tasvir predmetdan 80 sm uzoqlikda joylashdi. Tasvir haqiqiy bo`lib predmetdan uch marta kichik.


Ko`zguning egrilik radiusini toping.

4.Temperaturasi 3670 C va bosimi 8,31·105 Pa bo`lgan kislorodning zichligini aniqlang (kg/m3)

5. Yorug`lik nuri havodan turmalinning yassi sirtiga tushganda, qaytgan va singan nurlar orasidagi burchak tushish burchagidan 1,5 marta katta bo`ldi. Agar tushish burchagi 600 bo`lsa, sinish burchagi qanday bo`ladi?

11-sinf . Fizika. II variant

1. Ikkita avtomobil bir xil tezlik bilan A punktdan B punktga qarab yo‘l oladi. Birinchisi A va B ni birlashtiruvchi to‘hri chiziq bo‘ylab , ikkinchisi –aylanma ya'ni yarim halqa shaklidagi yo‘l bilan harakatlanadi. Ikkinchi avtomobilning tezligi yo‘l oxirida bir tekisda ikki marta ortadi. Qaysi avtomobil B punktga oldin keladi?

2. Sulfat kislotani 270 C temperaturada va 105 Pa bosim ostida elektroliz qilinganda 5 l vodorod olinadi. Agar qurilmaning F.I.K. 80 % , kuchlanish 5 V bo‘lsa, elektroliz davrida qancha energiya sarflangan?

3. Massasi 2 kg va molyar massasi 28 10-3 kg/mol bo‘lgan gaz temperaturasini o‘zgarmas bosimda 50 K ga ko‘tarish uchun 50 kJ issiqlik miqdori berilgan.Gazni o‘zgarmas hajmda shuncha gradusga ko‘tarish uchun qancha issiqlik miqdori kerak bo‘ladi?



4. Porshenli nasosning ishchi hajmi 0,5 l. Nasos hajmi 3 l va bosimi normal atmosfera bosimiga teng bo‘lgan ballon bilan ulangan. Porshenning besh marta siyraklashtiruv ishchi yo‘lidan so‘ng,bollondagi bosim qanchaga teng bo‘ladi? Normal atm. bosim р0 = 1.013 105 Pa.

5.Yorug‘lik nuri havodan yassiparallel shisha plastinaga 300 burchak ostida tushmoqda. Nur plastina ichida 0,025 ns davomida tarqaladi. Agar shishaning nur sindirish ko‘rsatgichi 1,5 ga teng bo‘lsa, plastina qalinligini aniqlang.
Download 34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling