11 –sinf fizika fanidan testlar 1-chorak i-variant
–sinf fizika fanidan testlar 3-chorak II-variant
Download 292.98 Kb.
|
1¹-tesr
11 –sinf fizika fanidan testlar 3-chorak II-variant
1. Nurlanish intensivligi qanday birlikda o‘lchanadi? A) ; B) W; C) ; D) J s. 2. Yorug‘likning vakuumdagi tezligi c, to‘lqin uzunligi λ ga teng. Yorug‘lik nur sindirish ko‘rsatkichi n bo‘lgan muhitga o‘tsa, bu parametrlar qanday o‘zgaradi? A) nc va nλ; B) c/n va nλ; C) c/n va λ/n; D) nc va λ/n. 3. Prizmadan oq yorug‘lik o‘tganda spektrga ajralishi qanday hodisa tufayli ro‘y beradi? A) yorug‘lik interferensiyasi; B) yorug‘likning qaytishi; C) yorug‘lik difraksiyasi; D) yorug‘lik dispersiyasi. 4. birlik bilan qanday fizik kattalik o‘lchanadi? A) yorug‘lik kuchi; B) nur intensivligi; C) yoritilganlik; D) ravshanlik. 5. Panjara doimiysi 1,1 μm bo‘lgan difraksion panjaraga to‘lqin uzunligi 0,5 μm bo‘lgan yassi monoxromatik to‘lqin normal tushmoqda. Kuzatish mumkin bo‘lgan maksimumlar sonini toping. A) 4; B) 5; C) 7; D) 9. 6. Oq rang hosil qilish uchun qanday ranglarni kombinatsiyalab qo‘shish kerak? A) qizil, yashil va zangori; B) qizil, yashil va sariq; C) binafsha, yashil va zangori; D) havorang, yashil va zangori. 7. Zangori rangni hosil qilish uchun qanday ranglarni o‘zaro kombinatsiyalab qo‘shish kerak? A) qizil, yashil va ko‘k; B) qizil, yashil va sariq; C) binafsha, yashil va havorang; D) hech qaysi rangni qo‘shib zangori rangni hosil qilib bo‘lmaydi. 8. Yuzi 5 sm2 bo‘lgan sirtga 0,02 lm yorug‘lik oqimi perpendikular tushmoqda. Sirtning yoritilganligi qancha? A) 20 lx; B) 30 lx; C) 40 lx; D) 50 lx. 9. Qizil rang bilan zangori rang qo‘shilganda qanday rang hosil bo‘ladi? A) qoramtir; B) sariq; C) havorang; D) ko‘k. 10. Qizil va yashil rang qo‘shilganda qanday rang hosil bo‘ladi? A) qoramtir; B) sariq; C) havorang; D) ko‘k 11. Agar sterjenning tinch holdagi uzunligi 1 m bo‘lsa, 0,6 c tezlik bilan harakatlanayot-gan sterjenning uzunligi nimaga teng? A) 80 sm; B) 84 sm; C) 89 sm; D) 90 sm. 12. Harakat yo‘nalishida jismning uzunligi necha foizga kamayadi, agar uning tezligi 2,4·108 m/s bo‘lsa? A) 80; B) 60; C) 40; D) 30. 13. Jismning bo‘ylama o‘lchami 20 % ga kamaygan bo‘lsa, u qanday tezlikda harakatlangan? c – yorug‘likning vakuumdagi tezligi. A) 0,2 c; B) 0,6 c; C) 0,4 c; D) 0,7 c. 14. Yerga nisbatan 0,99 c tezlik bilan harakatlanayotgan uchar yulduzda qancha vaqt o‘tadi? Bu paytda Yerda 70 yil o‘tgan? A) 10 soat; B) 7 yil; C) 10 yil; D) 20 yil. 15. Agar elektron 0,8 c tezlik bilan harakatlanayotgan bo‘lsa, uning massasi tinchlikdagi massasidan necha marta katta bo‘ladi? A) 2; B) 2,5; C) 0,4; D) 1,7. 16. Agar proton 0,8 c tezlikkacha tezlashtirilsa, uning massasi nimaga teng? m0 = 1 a.m.b A) 2,6 a.m.b; B) 1,7 a.m.b; C) 1,9 a.m.b; D) 1,4 a.m.b.
A) 1,5 marta ortadi; B) o‘zgarmaydi; C) 1,25 marta ortadi; D) 3 marta ortadi. 18. 0,6 c tezlik bilan harakatlanayotgan elektronning massasi tinchlikdagi massasidan qancha marta katta bo‘ladi? 19. Yorug'lik to'lqini bo'ylama to'lqinmi, ko'ndalang to'lqinmi? 20. Yorug'lik to'lqinining bo'ylama yoki ko'ndalang ekanligini qaysi hodisa yordamida aniqlash mumkin? 21. Quyida keltirilgan hodisalardan qaysi biri yorug'lik to'lqinining ko'ndalangligini tasdiqlaydi? 22. Quyidagi to'lqinlardan qaysilari qutblanish xossasiga ega: 1) tovusn to'lqini; 2) yorug'lik to'lqini; 3) radioto’lqinlar? 23. Nima uchun hozigi zamon yorug’lik haqidagi nazariya dualistik nazariya deb ataladi? 24. Frenel Gyuygensning yorug’lik haqidagi nazariyasida yorug’lik to’lqinmi yoki zarracha. 25. I.Nyutonning yorugik haqidagi nazariyasi qanday nomlanadi? Javoblar
18. 1.25 marta kata 19. ko’ndalang 20. qutblanish. 21. yorug likning qutblanishi 22. 2 va 3 23. Chunki yo’ruglik ikki yoqlamalik xususiyatiga ega yani to’lqin ham zarracha 24. to’lqin 25. korpuskular nazariya Download 292.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling