11-sinf Informatika va
Download 401.91 Kb.
|
11 sinf informatika bilet...
- Bu sahifa navigatsiya:
- НТМL. Web-sahifada grafika.
19-BILETAsosiy mantiqiy amallar (inversiya, dizyunksiya, konyunksiya).Mantiq – mantiqiy tafakkur shakli va qonunlari haqidagi fan. Mantiq fanining obyekti – tafakkur qonunlari, shakllari, uslublari va amallaridir. Mantiq fani u o`rganadigan predmet sohasining turi bo`yicha ikki bo`limdan iborat: formal mantiq va dialektik mantiq. A va B sodda mulohazalar bir paytda rost bo`lgandagina rost bo`ladigan yangi (murakkab) mulohazani hosil qilish amali mantiqiy ko`paytirish amali deb ataladi. Bu amalni konyunksiya (lot. conjunctio – bog`layman) deb ham atashadi. Mantiqiy ko`paytirish amali ikki yoki undan ortiq sodda mulohazalarni ―VA‖ bog`lovchisi bilan bog`laydi hamda ―A va B‖, ―A and B‖, ―A ∧ B‖, ―A · B‖ kabi ko`rinishda yoziladi. A va B mulohazalarning kamida bittasi rost bo`lganda rost bo`ladigan yangi murakkab mulohazani hosil qilish amali mantiqiy qo`shish amali deb ataladi. Bu amalni dizyunksiya (lot. disjunctio – ajrataman) deb ham atashadi. Mantiqiy qo`shish amali ikki yoki undan ortiq soda mulohazalarni ―YOKI‖ bog`lovchisi bilan bog`laydi hamda ―A yoki B‖, ―A or B‖, ―A ∨ B‖, ―A + B‖ kabi ko`rinishlarda yoziladi. A mulohaza rost bo`lganda yolg`on, yolg`on bo`lganda esa rost qiymat oladigan mulohaza hosil qilish amali mantiqiy inkor amali deb ataladi. Bu amalni inversiya (lot. inversio – to`ntaraman) deb ham atashadi Mantiqiy inkor amali ―A EMAS‖, ―not A‖, ―⎤ A‖, ―A–‖ ko`rinishlarda yoziladi. НТМL. Web-sahifada grafika.Web-sahifani jonlantirishning eng samarli usulu unga-turli rasmlar joylashtirishdir. Faqat matndan iborat web-sahifa ma`lumotga boy,leki juda zerikari bo`lishi mumkin. Web-sahifaga fayl hajmi kichik bo`lgan rasmlarni joylashtirish maqsadga muvofiqdir..Internet tarmog`ida asosan .jpeg va .gif formatli rasm fayllari qo`llaniladi. Chunki,birinchidan web-sahifa hajmi kichik bo`lishi uchun, ikkinchida, web-brauzerlar bu rasmlarni qo`shimcha dasturlarsiz aks ettira oladi. Web-sahifaga rasm joylashtirish uchun juftmas tegi qo`llaniladi.rasm faylini ko`rsatish uchun mazkur tegga SRC(source-manba)parametric qo`shilishi shart. Masalan: , Bu yerda rasmnomi.jpg SRC parametrining qiymati. Web-sahifaga rasm joylashtirishda uning o`lchamlarini ham tanlsh mumkin. Buning uchun WIDTH(eni,kengligi) va HEIGHT(bo`yi,balandligi) parametrlaridan foydalaniladi. Masalan, Mantiqiy ifodaning qiymatini hisoblang: (1 ∨ 0) V ¬ (0 V A) ∨ ¬ (1 ∨ 0) Download 401.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling