11-sinf Informatika va


Ko`rinish Tanlanganlar


Download 401.91 Kb.
bet39/42
Sana03.12.2023
Hajmi401.91 Kb.
#1806760
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
11 sinf informatika bilet...

Ko`rinish

Tanlanganlar

Servis

Ma‘lumot
  1. Macromedia Flash 8 dasturida animatsiyalar yaratish.


Web-sahifalarga mo`ljallangan animatsiyalar yaratishda Macromedia Flash 8 dasturidan foydalanish samarali hisoblanadi. Macromedia Flash 8 dasturida eng sodda animatsiyalar yaratishni bir nechta bosqichlarda amalga oshirish mumkin. Murakkab animatsiyalar yaratish uchun sizdan biroz vaqt talab etiladi. Animatsiyalar yaratishda qavat Layer va kadrlar Framedan foydalaniladi.
Macromedia Flash 8 dasturida kadr qo`shish uchun F6 tugmasidan, qavat qo'shish uchun esa Timeline oynasining Insert Layer papkasidan foydalaniladi. Macromedia Flash 8 dasturida yartilgan animatsiyalami web-sahifaga joylashtirish uchun Ctrl+R tugmalari bosilib, kerakli fayl belgilanadi va Open tugmasi bosiladi.
  1. Uskuna panelida to`rtta lampochka bor. Har bir lampochka sariq, yashil va qizil rangda yonishi mumkin. Agar barcha lampochkalar doimiy yonib tursa, uskuna turli xil signallar yubora oladi. Signallar soni nechta bo`lishi mumkin?


To`g`ri javob: 34 = 81 𝑡𝑎
*Izoh: 1 ta lampochka 3 ta signal yubora oladi. Shundan 4 ta lampochkani signallar soni topildi


  1. BILET

  1. Fayllar va kataloglar bilan ishlash.


Fayl – biror nomga ega bo`lgan va kompyuterning tashqi xotirasida joylashgan baytlar majmuidir. Fayl sistemasi esa biror axborot saqlovchi vositada ma‘lumotlarni joylashtirishni tashkil etish vositasidir. Bundan kelib chiqadiki, fayl sistemasi ma‘lumotlarni tashqi xotiraning qaysi joyiga va qanday usulda yozilishini belgilar ekan. Fayl sistemalariga misol qilib FAT32 yoki NTFS ni aytish mumkin. Operatsion sistema nuqtayi nazaridan axborot saqlovchi vosita klasterlardan iboratdir. Klaster – fayl sistemasi bilan bog`liq bo`lgan mantiqiy tushuncha bo`lib, u axborot saqlovchi vositaning axborot saqlash mumkin bo`lgan eng kichik bo`lagidir (masalan, 1 klaster=512 bayt). Fayl sistemasi dasturlari faylni klasterlar to`plami sifatida tashkillashtiradi. Bu dasturlar qaysi klaster bandligini, qaysi klaster bo`shligini va qaysi klasterlar ―xato‖ nishoni bilan belgilanganini nazorat qilib turadi. Fayldagi ma‘lumotlar matn, chizma, dastur va h.k. bo`lishi mumkin. Faylning eng muhim xususiyatlari (ing. attributes) – nomi, hajmi (baytlarda), hosil qilingan va yangilangan sana (kun, oy, yil) va vaqtidir (soat va daqiqa). Faylning hajmi bir baytdan o`nlab megabaytgacha (tashqi xotiraning sig`imi doirasida) bo`lishi mumkin. Nol hajmli fayllar ham bo`lishi mumkin (ularda faqat nom bo`ladi, xolos).
Kataloglar direktoriyalar (inglizchadan: ma‘lumotnoma, manzilli kitob) deb ham yuritiladi. Katalog – bu fayllar nomlari, ularning hajmi, atributlari (xususiyatlari), so`nggi yangilangan vaqti va h.k.lar saqlanadigan diskdagi maxsus joy. Windows operatsion sistemasida katalog papka (ing. folder so`zidan olingan) deb ham yuritiladi.

  1. Download 401.91 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling