11-sinf Ma’naviyat asoslari aa
Download 1.06 Mb.
|
11-sinf Ma'naviyat asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish: 1.3. Kunning muhim voqealari aytib o’tiladi
- III. Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish: FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
- Shavkat Mirziyoyev IJODIY FAOLIYAT
- TAHDIDLAR ICHKI TASHQI
- FUQAROLIK JAMIYATI RIJOVIDA GLOBALLASHUVNING TA’SIRI
- MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR
- CHISTON-TOPISHMOQ
I. Tashkiliy qism. O’quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish. 1.1. O’qituvchi o’quvchilarga darsning oltin qoidasini aytib o’tadi hamda o’quvchilar ushbu darsning oltin qoidalariga amal qilish kerakligi ta’kidlanadi. 1.2. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish: 1.3. Kunning muhim voqealari aytib o’tiladi: O’qituvchi tomonidan bugungi kunda tavallud topgan mashhur shaxslar, yurtimiz va jahon maydonida sodir bo’lgan muhim ijtimoiy-siyosiy ma’lumotlar, bayramlar haqida qisqacha ma’lumot berib o’tiladi. II. O’tilgan mavzuni takrorlash: “Guruhlarda ishlash” O’quvchilar 2 guruhga bo’linadi. Har bir guruh uyga berilgan mavzuga oid atamalardan o’z guruhlariga nom qo’yib olishadi hamda guruhga qo’yilgan nomga qisqacha ta’rif berishadi. III. Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish: FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR: 1. «Globallashuv» atamasining mazmun-mohiyatini tushuntirib bering. Rasmlarga qarab fikringizni asoslang. 2. «Globallashuv bu avvalo, hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi», deganda nimani tushunasiz? 3. Globallashuvning jamiyatga, davlatning ma’naviy yuksalishiga qanday ta’siri bor? Fikringizni asoslang.
Globallashuv (lot. globus — shar, yer sayyorasi) — XX asrning ikkinchi yarmi — XXI asr boshida jahon taraqqiyotida shakllangan yangi umumsayyoraviy tartibotlar, davlatlar va kishilar o‘rtasida o‘zaro aloqalarning kengayishi, dunyo miqyosida axborot makoni, kapital, tovar hamda ishchi kuchi bozoridagi integratsiyalashuv, ommaviy madaniyat namunalarining keng tarqalishi, axborot-mafk uraviy va diniy-ekstremistik xurujlar xavfining ortib borishini ifoda etuvchi tushuncha. Shuningdek, bu tushuncha jahondagi mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohada o‘zaro yaqinlashuvi, birlashuvi, voqea-hodisalarning bir mamlakat doirasidan chiqib, umuminsoniy miqyosga ega bo‘lishi, butun yer sharini qamrab olishi bilan xarakterlanadi. O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov globallashuv atamasiga quyidagicha ta’rif beradi: «Bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo‘shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan shunday chambarchas bog‘lanib borayaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini tushunish, anglash qiyin emas. Shu ma’noda, globallashuv bu — avvalo hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir». Milliy ma’naviyatga qarshi tahdidlarning negizini umuminsoniy va milliy axloq, qadriyat, madaniyat, din va tarbiya asoslariga zid bo‘lgan, inson shaxsining tubanlashuvi, ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy me’yorlarga rioya etmaslik bilan bog‘liq jarayonlar tashkil qiladi. «Ayniqsa, xalqaro terrorizm, ekstremizm, narkotrafik, diniy qarama-qarshilik, noqonuniy migratsiya, odam savdosi, ekologik muammolar, ayrim mamlakatlarda iqtisodiy nochorlik, ishsizlik, qashshoqlik kuchayib borayotgani butun insoniyatni qattiq xavotirga solmoqda». Shavkat Mirziyoyev IJODIY FAOLIYAT 1. Globallashuv sharoitida jamiyatimiz hayotining ma’naviy yangilanishiga salbiy ta’sirdan saqlanish choralari nimalardan iborat? 2. Mafk uraviy tahdid ta’siriga tushib qolgan insonni qanday qilib yot mafk uradan xalos etish mumkin? 3. Quyidagi fikrni o‘qing va o‘z munosabatingizni bildiring. D.Vilkersonning fi kricha, G‘arb jamiyatida axloqiy buzuqlik avj olib borayotganiga sabab kabel televideniyesi orqali g‘ayriinsoniy illatlarning keng targ‘ib etilayotganligida. Eng xatarlisi shundaki, G‘arb mamlakatlari o‘z dunyoqarashi, andozalari va hayot tarzini turli-tuman vositalar, xususan, g‘oyaviy-mafk uraviy ta’sir orqali o‘zga millat va xalqlar turmushiga tiqishtirishga urinmoqda. Dunyo davlatlari, muayyan kuchlar, markazlar, shaxslar tomonidan o‘z manfaatlarini g‘oyaviy-mafk uraviy jihatdan ta’minlash, g‘arazli maqsadlarni ko‘zlab, mamlakati va o‘zga davlat xalqi, ayniqsa, yoshlarini chalg‘itish, ularning ongiga g‘ayriinsoniy va g‘ayriaxloqiy g‘oya va qarashlarni singdirishga xizmat qiladigan usul va texnologiyalardan foydalangan holda turli tahdidlarni amalga oshiradi. Shu bois g‘oyaviy-mafk uraviy tahdidlarga nisbatan sergak, ogoh va hushyor bo‘lib yashash mamlakatimz manfaatlari, milliy an’ana va qadriyatlarimizga yot g‘oya va qarashlarning maqsad-muddaolarini teran anglash imkonini beradi, ayniqsa, yoshlarimizni bu kabi xavf-xatarlardan himoya qilish, ma’naviy tarbiya tizimini yanada takomillashtirish ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ma’naviy tahdidlar deganda tili, dini, e’tiqodidan qat’i nazar, har qaysi insonning erkin bo‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko‘zda tutadigan mafk uraviy, g‘oyaviy va information xurujlarni tushunamiz. Shuningdek, ma’naviy tahdidlar vayronkor kuchlarning o‘z moddiy, siyosiy manfaatlarini ko‘zlagan holda har xil markazlar tomonidan biron bir mamlakatga nisbatan ichkaridan yoki tashqaridan turib bevosita amalga oshiriladigan ma’naviy buzg‘unchilikning muayyan shaklidir. Ular o‘z maqsadlariga erishish uchun har qanday usullardan, odamlarning ma’naviy-ruhiy hissiyotlari, milliy tuyg‘ulari, har qanday jamiyatda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy muammolardan, shuningdek, zamonaviy texnologiya, telekommunikatsiya, OAV, Internetdan ustalik, g‘irromlik, noxolislik bilan foydalanishga harakat qiladi. Ma’naviyatga qarshi qaratilgan har qanday tajovuz, tahdid o‘z-o‘zidan mamlakat xavfsizligi, uning milliy manfaatlari, jismonan va ma’nan sog‘lom avlod kelajagini ta’minlash yo‘lidagi jiddiy xatarlardan biriga aylanishi va oxir-oqibatda jamiyatni inqirozga olib kelishi mumkin.
Globallashuv jarayonlari ilm, fan-texnika, iqtisodiyot va boshqa sohalar bilan bir qatorda, davlat boshqaruvini demokratlashti rish masalasiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Globallashuv jarayonlari natijasida milliy o‘zlikka xavf soluvchi multimadaniyat kirib keldi. Endilikda uning ta’siri ostida har bir millatga xos bo‘lgan belgi va xususiyatlar umumiy madaniyat belgilari bilan qorishib ketmoqda. Eng achinarlisi, uning ta’siriga yosh lar tushib qolmoqda.
BILIB OLING! Globallashuvning zararli oqibatlariga qarshi tura olishda: milliy intellektual salohiyatni oshirish; milliy-ma’naviy merosni yoshlar ongi va dunyoqarashining ajralmas qismiga aylantirish; yoshlarga milliy o‘zligini anglatish va ularda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish; tarixiy ong va tarixiy xotirani shakllantirish, tarixga bo‘lgan qiziqishni oshirish; oila sha’ni, mahallasiga bo‘lgan mehr-muhabbat, kitob o‘qish, bilim va ma’rifatlilikni targ‘ib qilish; milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizga hurmat va ehtiromni tarbiyalash lozim. Dars sabog‘i. Jamiyat rivojiga salbiy ta’sir etadigan, ayanchli oqibatlarga olib keladigan mafk uraviy tahdidlarga qarshi jamiyat a’zolari, avvalambor, yoshlarimizning imon-e’tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash lozim. MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR 1. Bugungi kunda ma’naviy hayotimizga xavf solayotgan qanday illatlarni globallashuv ta’siri deb bilamiz? 2. «O‘z uyingni o‘zing asra» degan fi krni qanday izohlaysiz? 3. Qanday xatarlar biz uchun kichkina bo‘lib ko‘rinsa-da, lekin uning oqibatlari katta bo‘ladi, zararini qoplab bo‘lmaydi? Fikringizni asoslang. CHISTON-TOPISHMOQ Ko‘pincha insonlarni noto‘g‘ri yo‘lga boshlaydi. U nima? Baholash: Faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling