11-sinf ona tili fanidan 3-chorak testi


Download 19.79 Kb.
bet1/2
Sana23.03.2023
Hajmi19.79 Kb.
#1288687
  1   2
Bog'liq
11-sinf 3-chorak test ona tili


11-SINF ONA TILI FANIDAN 3-CHORAK TESTI.
1.O’zbek tilida urg’u,asosan,qaysi bo’g’inga tushadi ?
A.Birinchi B.Oxirgi C.Urg’u olmaydi D.Ikkinchi
2.Alisher Navoiy istiqomat qilgan uy qanday atalgan ?
A.,,Bog’i Eram’’ B.,,Musallo ‘’ C.,,Unsiya ‘’ D.,,Ixlosiya ‘’
3.Quyidagi o’zlashma so’zlardan fors-tojikcha so’zlarni aniqlang.
1.taraqqiyot 2.mahalla 3.oftob 4.mo’ysafid 5.siyoh
A.1.3.5 B.3.4.5 C.1.2.5 D.2.3.4
4.So’zning to’g’ri talaffuz qilinishi quyidagi qaysi lug’atda to’liq aks etgan?
A.“O’zbek tilining talaffuz lug’ati” B.“O’zbek tilining izohli lug’ati ‘’
C.“O’zbek tilining orfoepik lug’ati” D.“O’zbek tilining sinonimlar lug’ati”
5.“Garchi men butun umrimni Navoiy ijodini o’rganishga baxshida etgan bo’lsamda,bu ummon tubiga yetolgan emasman”-deb kim aytgan edi ?
A.Oybek B.Mirtemir C.Abduqodir Hayitmetov D.Erkin Vohidov
6.Quyidagi qaysi so’zlarda aytilganidek yozilmaydigan unli tovushlar mavjud ?
1.otameros 2.aftodahol 3.kulgi 4.naqarot 5.yugurmoq
A.1.3.5 B.2.3.4 C.1.4.5 D.3.4.5
7.Imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan so’zni belgilang .
A.Naqorat B.Unuqqan C.Partret D.Uniqqan
8.Quyidagilardan talaffuzi va imlosi bir xil so’zlarni belgilang.
1.o’tov 2.parashut 3.jo’shqin 4.ovunmoq 5.uchqun 6.tutun
A.1.2.3 B.1.2.5 C.3.4.6 D.4.5.6
9.Quyidagilardan talaffuzi va imlosi nomuvofiq so’zlarni belgilang.
1.ovunmoq 2.jo’shqin 3.uzangi 4.kometa 5.palata 6.tutun
A.1.4.6 B.1.3.5 C.4.5.6 D.1.4.5
10.Qizdir,susay,pasay,fikriy,sana,toychoq,tadbirkor .
Fonetik hodisaga uchragan so’zlar nechta ?
A.6 B. 5 C.4 D.7
11.Noto’g’ri yozilgan so’zni belgilang.
A.Temiryo’l B.So’zboshi C.Katta-yu kichik D.Sassiqpopishak
12.Evfemizm,disfemizm so’zlari qaysi tildan olingan ?
A.Lotin B.Ingliz C.Grek D.Fransuz
13.Ot turkumiga oid ma’nodosh so’zlar juftligini toping.
A.Tabassum-yig’i B.Husn-go’zal C.Sovg’a-tuhfa D.Tantiqlik-saxiylik
14.-Bu bog’ni kim barpo qilibdi o’zi---Biz-da xo’jayin,qo’ldan kelgancha.Olmoshning qanday uslubiy vazifa bajaryotganligini aniqlang.
A.Kamtarlik,ta’kid B.Hurmatsizlik C.Kesatiq,manmanlik D.Uslubiy vazifa bajarmagan.
15.Mehnatsiz bir nafas yo’q,biz-ilhomga shaydoyi.
Misralar muallifi kim ?
A.Mirtemir B.Asqad Muxtor C.Omon Matjon D.Usmon Nosir
16.Urg’u olmaydigan shakllar qaysi javobda ko’rsatilgan ?
A.Egalik,ravish darajalari B.Fe’lning bo’lishsiz shakllari,bog’lamalar
C.Shaxs-son qo’shimchalari ,egalik D.Fe’l mayl qo’shimchalari,daraja –shakllari
17.Qaysi javobdagi ibora nutqimizda so’z birikmasi ham bo’lib kela oladi ?
A.Ishtahasi karnay B.Dilidan o’tkazmoq C.Yostig’ini quritmoq D.Ko’nglida kiri yo’q
18.Qaysi javobda to’ldiruvchi vazifasidagi so’zda paronim bilan bog’liq xatolik bor ?
A.Bu bebaho ganjni ko’z qorachig’iday asrayman. B.Sozanda tamburni sozlash uchun qo’liga oldi.
C.Kimki birovga choh qazisa,unga o’zi yiqiladi. D.Bu sur’at meni ajoyib bolalik yillarimga yetakladi.
19.Barcha so’zlar o’zaro sinonim bo’lgan yasama fe’llarni toping.
A.Tortiq,sovg’a,tuhfa B.Hiringlamoq,kulmoq,qah-qah otmoq
C.Chopmoq,yelmoq,yugurmoq D.Shivirlamoq,so’zlamoq,gapirmoq
20.Qaysi gapda fe’lning o’tgan zamon shakli kelasi zamon ma’nosida qo’llangan ?
A.Ular allaqachon bir qarorga kelgan kelganlar. B.Men bu mehmonni kuzatib borayotirman
C.Bir vaqt qarasam,yig’layapman,hech o’zimni bosolmayman. D.Agar meni gapimni tushungan bo’lsang,yur men bilan,ketdik.

Download 19.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling