11-topshiriq. Bilimlar menejmenti. Mavzu yuzasidan glossariy. Algoritm


Tizimlar qanday omillar asosida tasniflanadi?


Download 1.07 Mb.
bet20/27
Sana24.12.2022
Hajmi1.07 Mb.
#1059296
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27
Bog'liq
AKT MT 22-133 G\'ANIBOYEV NURSAIDBEK

3. Tizimlar qanday omillar asosida tasniflanadi?
4. Tizimning bulinishi deganda nimani tushunasiz?
5. Qanday turdagi tizimlarni bilasiz?

1.2 - §. BOSHQARUV TIZIMI

Ishlab chiqarish va iqtisodiy ob’ektlarning mavjudligi jamiyatning u yoki bu ehtiyojlarini qondirish bilan belgilanadi. Har bir bunday ob’ekt o‘zgaruvchan muhit (davlat boshqaruv organlari, boshqa ob’ektlar) bilan muayyan munosabatlarda bo‘ladi va o‘zaro ta’sirning mavjudligini hamda o‘z vazifasining bajarili-shini ta’minlaydigan ko‘plab turli elementlardan tashkil topadi.
Qo‘llanmada bundan keyin, hajm, mulkchilik shakli, tashkiliy-huquqiy maqomidan qatiy nazar, istalgan ob’ekt tashkilot deb yuritiladi.
Tashkilot – bu yon-atrofdan zahiralar oladigan va ularni o‘z faoliyati mahsulotlariga aylantiradigan barqaror rasmiy ijtimoiy tuzilmadir. Barcha tashkilotlarda bir qator umumiy xususiyatlar, shuningdek ko‘plab individual o‘ziga xosliklar mavjud.
Tashkilotning muhit bilan o‘zaro ta’siri natijasida turli xil o‘zgarish-lar yuz beradi. Bu o‘zgarishlar bir-biriga o‘ta qarama-qarshi ikki shaklga ega bo‘lishi mumkin. Bular: degradatsiya (tashkilotning murakkablashuvi, axborotning jamlanishi), ya’ni tashkilotning yemirilishi hamda rivojlanishi. Bundan tashqari, tashkilot va muhit o‘rtasida vaqtinchalik muvozanat ham bo‘lishi mumkin, shu tufayli tashkilot bir qancha muddat o‘zgarmay qoladi yoki faqat teskari o‘zgarishlarga uchraydi. Tashkilotda bu o‘zgarishlar boshqarish zururiyatini yuzaga keltiradi. Boshqacha qilib aytganda, maqsadga yo‘naltirilgan ta’sir ko‘rsatadi.
Boshqarish – bu o‘ta muhim funksiya, usiz hech bir tashkilot maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat yurita olmaydi. Boshqarishning maqsadi raqobat ko‘rashida omon qolish, ko‘proq foyda olish, muayyan bozorlarga chiqish va hokazolardir.
Boshqarish aniq bir tashkilotlarning o‘ziga xosligi va boshqarish maqsadlariga bog‘liq, holda ularni barqarorlashtirish, sifat belgilarini saqlash, muhit bilan iqtisodiy muvozanatni ushlash, tashkilotni takomillashtirishni va u yoki bu foydali samaraga erishishni ta’minlashga imkon beradi.
Boshqarishni amalga oshirish alohida vazifa sanaladi. Uni bajarish uchun tashkilotning ayrim elementlari ixtisoslashadi. Shu bois ham tashkilot doirasida boshqariladigan jarayon (boshqarish ob’ekta) va boshqaruvchi qism (boshqaruv organi)ni ajratib kursa-tish mumkin. Ularning yig‘indisi boshqaruv tizimi sifatida belgilanadi.

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling