11-topshiriq. Bilimlar menejmenti. Mavzu yuzasidan glossariy. Fcc


-topshiriq. Axborot komplekslarida expert tizimlarini yaratish texnologiyasi. . Mavzu bo’yicha referat tayyorlash


Download 0.59 Mb.
bet9/10
Sana16.04.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1361423
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
AKT mustaqil ish

19-topshiriq. Axborot komplekslarida expert tizimlarini yaratish texnologiyasi. . Mavzu bo’yicha referat tayyorlash .
ETlar maslahat beradi, tahlil qiladi, sinflarga ajratadi va diagnoz qo'yadi.
Ular odatda mutaxassis tomonidan ekspertiza o'tkazilib, yechiladigan masalalarga
yo'naltirilgandir. Protsedura tahlil ishlatadigan mashina dasturlaridan farq qilib,
ETlar deduktiv fikrlash asosida kichik predmet sohada masalani hal etadi, bu
tizimlar ko'pgina hollarda yaxshi tuzilmagan va aniqlanmagan masalalarning
yechimini topa olish bilan farqlanadi. Ular evristik qoidalar yordamida masalani
aniq bo'lmagan qismlarini mantiqan to'ldirishadi, bu esa kerakli bilimlar yoki vaqt yetishmasligi bois butunlay tahlil qilib bo'lmaydigan tizimlarga juda ham to'g'ri
keladi.
ETlarning afzal shundaki, ular bilimlarni to'play olish, uzoq vaqt saqlash,
eskilarini yangilay olish kabi xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar ma'lum bir
korxonada ma'lum vaqtgacha mutaxas-sislarsiz, nisbatan mustaqil ishlash
imkoniyatini yaratadi. Bilimlarni to'plash, eng yaxshi va tekshirilgan yechimlarni
qoilab, korxonada ishlayotgan mutaxassislarning malakasini oshirish imkonini beradi.

Ekspert sistemalarning ishlatilish sohalarini qisqacha keltiramiz:


tibbiy diagnostika va davolash;
• kimyoviy analiz va sintez;
• molekulyar biologiya va gen injenerligi;
• sanoatda rejalashtirish va ishlab chiqarishni tashkil qilish;
signallarni qayta ishlash;
• qurilmalar nosozligi diagnostikasi;
• geologik razvedka;
• avtomatlashtirilgan loyixalashning intellektual sistemalari;
Insonning mashina bilan muloqotini ta’minlovchi sistema shunday bolishi ke-rakki, unda faqat ekspert emas, balki yangi xodimlar ham ishlay olsin. Bunda qulaylik yaratuvchi “menyu”, piktogrammalar, sichqonchadan foydalanish yollari ishlatiladi. Bilimlar bazasi bilimlarni belgilar shaklida saqlaydi. Aniqrok aytganda, unga sonlar jadvali, kattaliklar qiymati diapazoni va hokazolar kirishi mumkin. Le-kin bilimlar bazasining asosini faktlar va evristikalar tashkil etadi. Bilimlar ba- zasidagi faktlar tarkibiga ob’ektlarning bayoni, ularning belgilari va ekspert siste-masini ishlatish sohasiga mos keluvchi sonli qiymatlar kiradi. Masalan, texno-logik jarayonlarni boshqarish sistemasi uchun bilimlar bazasi tarkibiga konkretkorxonaning yoki uning bir qismining bayoni, alohida komponentlar xarakteris-tikalari, datchiklardan olingan qiymatlar, zaxiralar sostavi va hokazo kirishi mum- kin.Evristikalar yoki qoidalar konkret muammoni yechish uchun faktlar asosida xulosa chiqarish yolini bildiradi. Bu bilimlar asosan oldingi tajribaga asosla-nadi va undan ekspertlar doim foydalanishadi. Lekin kopincha u sir tutiladi.
Bilimlarni shunday jarayon sifatida tavsiflash mumkinki, bu jarayonda ekspert sis-tema yaratuvchilari tomonidan informatsiya “qidirib topiladi va boyitiladi”. Texno-logik jarayonlarni boshqarish sistemalari uchun bu bilimlar bunday qoidalar turku-mini ozida saqlashi mumkin: zavodni yoki biror podsistemani profilaktik re-mont qilish kerak bolsa, joriy narxlarga kora qancha zaxira hajmi saqlash mumkin, yoki nosozliklarni diagnostika qilish qoidasi va ularni bartaraf etish boyicha takliflar va hokazo. Ekspert sistemalarning laboratoriyalar yoki butun firmalar mutaxassislari uchun ahamiyati bir qancha aspektlarda namoyon boladi:
a) ekspert bilimlarni yigish, aniqlash, kodlashtirish va tarqatish;
b) inson imkoniyatlaridan yuqori bolgan muammolarni yechish;
c) bir inson qamrab olish mumkin bolmagan bilimlar hajmini talab qiluvchi muammolarni yechish;
d)bir necha sohalar boyicha ekspert bilimlar talab qilinadigan muammolarni yechish;
e) kollektivning eng nozik qadriyati - kollektiv xotirani saqlash;
f) yangi texnologiyani qollash hisobiga yuqori rakobatbardoshlikni ta’minlash.


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling