11-variant 1-topshiriq. Nazariy savollarga javob yozing


-TOPSHIRIQ. She’rni adabiy tahlil qolipi namunasi bo`yicha tahlil qiling


Download 35.51 Kb.
bet2/6
Sana16.04.2023
Hajmi35.51 Kb.
#1360924
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
11-�������

2-TOPSHIRIQ. She’rni adabiy tahlil qolipi namunasi bo`yicha tahlil qiling:

  1. Hajmi (misralar yoki betlar soni).

She`rning hajmi 5 band 20 misradan iborat .

  1. Vazni

She`r 7 bo`g`inli bormoq vaznida yozilgan .

  1. She’riy asarning qofiyalar tizimini aniqlash.

1-banddagi qofiyalar bahor,qor,qushlarjon, marjon ; 2-banddagi qofiyalar :shildirab,mildirab,yayrashar, sayrashar ; 3-banddagi qofiyalar: navbahor ,gulbahor , lolalar ,bolalar ;4-banddagi qofiyalar : qo`zilar ,cho`zilar ,qizlar ,izlar ; 5-banddagi qofiyalar : sochdi ,ochdi ,bog`lar ,o`rtoqlar .

  1. Mavzusi.

She`r bahor fasliga bag`ishlangan.Bahor kelishi bilan qorlar erib ,daraxtlar gullay boshlashi,qushlarning uchib kelishi,suvlarning shildirab oqishi , bog`larda qizil lolalarning ochilishi , xullas bahor tarovati , bahor gashti shoir tomonidan o`ziga xos tarzda tasvirlangan.

  1. Obrazlari

She`rda bir qancha obrazlar keltirilgan bular: qor ,qushlar , daraxtlar ,suvlar ,yulduz ,chumolilar ,bulbullar ,lolalar ,bolalar,qo`zilar ,qizlar ,quyosh ,atirgul obrazlaridir .

  1. Ilgari surilgan g`oyalar.

Bizga ma`lumki , har bir faslning o`z hislati ,o`z tarovati bor .She`rda bahor faslining o`ziga xos gashti butun bo`y-basti bilan tasvirlanib , bizni tabiatni sevishga ,undan zavq olishga undaydi .

  1. Badiiy san’atlar.

She`rda bir qancha badiiy san`atlar mavjud .Bular sifatlash ( oppoq qor ) , (qizil lolalar ) , jonlantirish (yulduz boqar mildirab ) ,

  1. Tili

She`r xalqona , sodda o`zbek tilida yozilgan

Shukur Sa’dulla
Bahor
Keldi bahor, gul bahor
Erib bitdi oppoq qor.
Uchib keldi qushlarjon,
Daraxtlar taqdi marjon.
Suvlar oqar shildirab,
Yulduz boqar mildirab,
Chumolilar yayrashar,
Sho‘h bulbullar sayrashar.
Endi ilk sof navbahor,
Chunki bizda gulbahor.
Bog‘da qizil lolalar
Terib oling bolalar.
Tog‘ bag‘rida qo‘zilar,
Ma’rab o‘tga cho‘zilar.
Tolbargak taqib qizlar
Chuchmomalarni izlar.
Quyosh nurlarin sochdi,
Atirgul g‘uncha ochdi.
Yuring chiqaylik, bog‘lar
Bizni kutar o‘rtoqlar.


Download 35.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling