AKUSHERLIK VA GINEKOLOGIYADA HAMSHIRALIK ISHI FANIGA KIRISH AKUSHERLIK VA GINEKOLOGIK YORDAM KO’RSATISH MUASSALARDA TIBBIYOT HAMSHIRASINING O’RNI Djurasheva Juldiz Akusherlik - Akusherlik – klinik tibbiyotning bir sohasi. Homiladorlik, tug‘ruq vaqtida va tug‘ruqdan keyin (chilla davrida) ayol organizmida sodir bo‘ladigan fiziologik va patologik jarayonlarni o‘rganadi. Asosiy vazifasi: tug‘ruqqa yordam berish, homiladorlik kasalliklari (mas, toksikozlar)da tug‘ruq, tug‘ruqdan keyin (tug‘ruq vaqtidagi shikastlar, qon ketishi va boshqalar) yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldini olish, aso-ratlar paydo bo‘lganda esa ayolga, homila va yangi tug‘ilgan chaqaloqqa tibbiy yordam ko‘rsatishning eng maqbul usullarini ishlab chiqishdan iborat. Bu vazifani kasalxonalar, tug‘ruqxonalar yoki qishloq vrachlik punktlarida akusher-vrach yoki akusherka bajaradi. A.– tibbiyotning qad. sohalaridan biri. Tibbiyotga oid qad. kitoblarda (mas, "Ayurveda") tug‘ruqqa yordam berishning ayrim usullari kel-tirilgan. Abu Ali Ibn Sino o‘zining "Tib qonunlari" asarida xotin-qizlar gigiyenasi va kasalliklariga, jumladan A. ka alohida bob ajratgan. Ilmiy A. 17–18-asrlardan boshlab anatomiya, em-briologiya, fiziologiya va klinik tibbiyot sohasidagi yutuqlar bilan bog‘liq holda rivojlanmoqda. A. bilan ginekologiya bir butun fandir. 19-asrda efir va xloro-formdan og‘riqsizlantirish maqsadida foydalanish, infeksiyaning tarqalish yo‘llari va unga karshi kurash usullarining kashf etilishi A.ning taraqqiy etishiga turtki bo‘ldi. A.da jarroxlik usullari keng qo‘llanila boshlandi. 20-asrda kimyo, fiziologiya, bakteriologiya va boshqa nazariy fanlar yutuqlarining A.da joriy etilishi A.ning bir qancha masalalarini, mas, homiladorlik fi-ziologiyasi va diyetetikasi, tug‘ruqni og‘riqsizlantirish, homiladorlarda ke-chadigan ayrim kasalliklar, toksikozlar, anemiya va boshqalarni chuqurroq anglash imkonini berdi. Oʻzbekiston Respublikasi da A. ijtimoiy masala darajasiga ko‘tarilib, ona va bolalikni muhofaza qiladigan juda ko‘p muassa-salar ishlab turibdi. A. oliy va o‘rta tibbiyot o‘quv yurtlarida fan sifatida o‘qitiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |