11,2 l. Kislorod uchun bu qiymatlar mos ravishda 8 g va 5,6 l bo’ladi
Download 22 Kb.
|
Analitika2
1-savol) Moddaning ekvivalenti deb, uning 1 mol vodorod atomlari bilan birikadigan yoki kimyoviy raksiyalarda shuncha vodorod atomlarining o’rnini oladigan miqdoriga aytiladi. Bir ekvivalent moddaning massasi ekvivalent massa, normal sharoitdagi hajm esa ekvivalent hajm deyiladi.Vodorodning ekvivalent massasi 1 g, ekvivalent hajmi 11,2 l. Kislorod uchun bu qiymatlar mos ravishda 8 g va 5,6 l bo’ladi. 2-savol) Murakkab moddalarning ekvivalentlarini quyidagi formulalar asosida hisoblasa bo’ladi: E oksid =M oksid/n×v. M- molyar massa . n va v – oksid hosil qiluvchi elementning soni va valentligi; E kislota= Mkislota/n kislota . n- kislota kislotaning asosligi; E asos= M asos/n×nasos. n-asos asosning kislotaligi; Etuz= M tuz/nMe×vMe. n Me va vMe metall atomining soni va valentligi. Berilgan kimyoviy reaksiyada qatnashayotgan moddalarning ekvivalentini hisoblash uchun ularning reaksiyada qatnashayotgan ionlari, atomlari yoki atomlar guruhi sonini e’tiborga olish kerak. 3-savol)
Eritmaning konsentratsiyasi deb, ma’lum og’irlikda yoki hajmda olingan eritmadagi erigan modda miqdoriga aytiladi. Eritmalarning konsentratsiyalari turli usullar bilan ifodalanadi, masalan, foizli, molyar, normal, molyal konsentratsiyalardir. Foizli konsentratsiya – 100 g eritmadagi erigan moddaning grammlar sonini ko’rsatadi. Masalan, osh tuzining suvdagi 5% li eritmasi, 100 g eritmada 5 g osh tuzi borligini ko’rsatadi, ya’ni bu eritma 95 g suv, 5 g tuzdan iborat. Molyar konsentratsiya – 1 litr eritmadagi erigan moddaning miqdori gramm-molekulyar (mollari) soni bilan ifodalanadi. Molyar konsentratsiya "m” harfi bilan belgilanadi. Masalan, agar 1 litr eritmada 1 mol (58,5 g) osh tuzi NaCl erigan bo’lsa 1 molyar, 2 mol erigan bo’lsa 2 molyar eritma deyiladi. 4-savol) T=E*Cn/1000 Cn=m/E*V Cn=1.325/260*53=0.0001 T=53*0.0001/1000=5.3*10(daraja(-6)) 5-savol) Titrimetrik analiz bajarilish tartibiga ko'ra quyidagilarga boiinadi: bevosita, teskari, bilvosita va reversiv. Bevosita titrlashda aniqlanuvchi A moddaning eritmasi В reagent eritmasi bilan titrlanadi Bilvosita titrlashning bir necha ko'rinishlari mavjud. Hosil boigan С moddani titrlashda aniqlanuvchi A modda eritmasiga biror В reagent qo'shiladi, natijada yangi C' modda hosil boiadi. Ana shu hosil boigan С moddani asosiy titrant bilan titrlab, aniqlanuvchi moddaning miqdori baholanadi. 6-savol)
Titrimetrik analiz berilgan aniqlanuvchi modda bilan boigan reaksiyaga sarflangan reagentning hajmini oichashga asoslangan usuldir. Titrimetrik analizda titr tushunchasiga duch kelamiz. Titr bir millilitr eritmadagi erigan moddaning grammlar soni: T=m/v ga teng.
7-savol) Tayyorlangan titrli eritmalar–analitik tarozida tortib olingan aniq tortim o`lchov kolbasida eritib tayyorlangan, ya`ni erigan moddaning miqdori va eritmaning hajmi aniq ma`lum bo`lgan eritma. Titri aniqlangan eritmalar–taxminan kerakli konsentratsiyali, aniq konsentratsiyasini esa tayyorlangan titrli boshqa eritma bilan titrlab aniqlanadigan eritma. 8-savol) Pipetkalash metodi. Bunda konsentratsiyasi aniqlanishi kerak bo‘lgan eritma ma’lum hajmgacha suyultirilib, undan alikvot qism olib standart eritma bilan titrlanadi. Masalan, 0,1 n NaOH eritmasining aniq normalligini aniqlash uchun, undan alikvot qism olib, oksalat kislotaning standart eritmasi bilan titrlanadi va NaOH NaOH H2C2O4 H2C2O4 N V N V formula bo‘yicha NNaOH aniq topiladi, 3-4 marta titrlab, o‘rtacha natija olinadi. 9-savol)
Alohida tortimlar metodi. Massasi bir-biriga yaqin bo‘lgan 3-4 tortimni olib, ixtiyoriy hajmda eritiladi va hosil bo‘lgan eritma titrlanadi. Bunda tortim har xil bo‘lgani uchun uni titrlashga sarf bo‘lgan reagent hajmi ham har xil bo‘ladi. Har bir tortimga asosan uning normalligi topilib, o‘rtachasi olinadi. Bu metod pipetkalash metodiga qaraganda aniqroq natija beradi. Download 22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling