135.Davlat shaharsozlik kadastri material va ma‘lumotlari nimalardan iborat bo’ladi?
Davlat shaharsozlik kadastri material va ma‘lumotlari quyidagilardan iborat bo‗ladi: topografiya-geodeziya va kartografiya materiallari; hududlarning ekologik, muhandislik-geologik, seysmik, gidrogeologik holati to‗g‗risidagi ma‘lumotlar; muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilma ob‘ektlari, shuningdek hududlarning obodonlashtirilganligi to‗g‗risidagi ma‘lumotlar; hududlarni, aholi punktlarini rivojlantirishni va ularni qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‗g‗risidagi ma‘lumotlar; hududlarni zondlash va hududiy zonalarning shaharsozlik reglamentlari to‗g‗risidagi ma‘lumotlar; uy-joy fondining texnik holati to‗g‗risidagi ma‘lumotlar; shaharsozlik faoliyati ob‘ektlari monitoringi ma‘lumotlari.
136.Kadastrni yuritish ishlarini moliyalashtirish kimning hisobiga amalga oshiriladi?
Ushbu kadastrni yuritish ishlarini moliyalashtirish davlat byudjeti hisobiga amalga oshiriladi. Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish "Davarxitektqurilish" qo‗mitasining quyidagi tarkibiy bo‗linmalari tomonidan amalga oshiriladi: "Davarxitektqurilish" qo‗mitasining vakolatli tashkiloti; hududiy arxitektura va qurilish bosh boshqarmalarining vakolatli idoralari. Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish ishlariga umumiy rahbarlik va metodik ta‘minlash "Davarxitektqurilish" qo‗mitasi tomonidan amalga oshiriladi. "Davarxitektqurilish" qo‗mitasining vakolatli tashkiloti: Davlat shaharsozlik kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etishni va uning faoliyatini ta‘minlaydi; ma‘lumotlar bazasi tuzilmasini ishlab chiqadi, uni hududiy arxitektura va qurilish bosh boshqarmalarining vakolatli bo‗linmalariga berishni amalga oshiradi, ma‘lumotlar bazasining to‗g‗ri to‗ldirilishini nazorat qiladi; h
Do'stlaringiz bilan baham: |