Suyuq konsentrat – ekstraktlar.
Bular spirt-suvli ajratmalar bo‘lib, 1:2 nisbatda tayyorlanadi, ya’ni 1 og‘irlik qism xom ashyodan 2 og‘irlik qism ekstrakt olinadi. Ulardan damlama yoki qaynatmalar tayyorlashda retseptda yozilgan xom ashyoga nisbatan 2 marta ko‘p miqdorda olib, kerakli hajmgacha suv bilan suyultiriladi. Suyuq konsentratlar asosan perkolyasiya va reperkolyasiya usullarida olinadi. Suyuq konsentrat ekstraktlarni Moskva ilmiy-tekshirish farmatsiya oliygoxi olimlari tomonidan taklif etilgan usulda olish suyuq ekstraktlarni olishga o‘xshashdir. Faqat har safar uchinchi perkolyatordan xom ashyoga nisbatan ikki xissa ko‘p ajratma olinadi.
Suyuq kotsentratlar tashqi ko‘rinishi, ta’sir kiluvchi moddasi, quruq qoldiq, spirt kuvvati yoki zichligi bo‘yicha baxolanadi. Korxona sharoitida suyuq konsentratlardan valeriana suyuq ekstrakt konsentrati (1:2) 40% spirtda, baxorgi adonis suyuq ekstrakt konsentrati (1:2) 25% spirtda, arslonquyruq suyuq ekstrakt konsentrati (1:2) 25% spirtda ishlab chiqarilmokda.
Do'stlaringiz bilan baham: |