12- ma'ruza: оptik aloqa tizimlari. Plеziоxron iеrarxiyali оptik aloqa tizimlari


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana07.03.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1247164
  1   2   3   4   5
Bog'liq
OAT



12- Ma'ruza: 
ОPTIK ALOQA TIZIMLARI.
Plеziоxron iеrarxiyali оptik aloqa
tizimlari
Reja:
1. Plezioxron raqamli ierarxiya (PDH).
2. Xalqaro, shaharlararo va mahalliy tarmoqlarda
qo'llaniladigan raqamli uzatish tizimlari.
2. Plezioxron raqamli ierarxiyaning kamchiliklari.


Telekommunikatsiya tarmoqlarida foydalaniladigan raqamli
uzatish tizimlari ma'lum ierarxiya asosida tashkil qilinadi, u quyidagi
asosiy talablarni qanoatlantirishi kerak:
- analog, diskret va raqamli signallarning barcha turlarini RUTning
kanallari va taktlari orqali uzatilishini;
- signallarga ierarxiyaning turli bosqichlarida ishlov berish va ularni
uzatish tezligining tegishli karraliligini;
- uzatilayotgan raqamli oqimlarni eng oddiy holda birlashtirish, 
bo'laklarga bo'lish, ajratib olish va tranzitlashning mumkinligini;
- RUT ning parametrlarini mavjud bo'lgan va kelajakda bo'ladigan
yo'naltiruvchi tizimlarning tavsiflarini hisobga olgan holda
tanlanishini;
- bir turdagi ma'lumotlarning signallari uzatilayotganda RUT ning
o'tkazish qobilyatidan eng yaxshi holda foydalanish kerakligini. 
RUT ierarxiyasining shakllanishi komponentlar deb ataluvchi past 
tartibli raqamli oqimlarni yagona raqamli oqimga birlashishi asosida
amalga oshadi, buni guruhli yoki agregat raqamli oqim deyiladi.


RUT larining ierarxiya usulida tuzilishi, kanal hosil qiluvchi
qurilmalarni takomillashtirish, tayyorlash jarayonini engillashtirish, 
texnikasidan foydalanuvchi qurilmalarni yaratish imkonini beradi. 
Hozirgi paytda RUT larning uch ierarxiya turi keng tarqalgan: 
Evropa va Shimoliy Amerika va Yaponiya. 
Evropa ierarxiyasi IKM-30 turidagi birlamchi RUT ga asoslangan. 
Bunda analog-raqamli qurilma har birining o'tkazuvchanlik
qobiliyati 64 kbit/s ga teng bo'lgan 30 ta kanalni shakllantiradi.
Plezioxron raqamli ierarxiya 80-yillarning boshida tarkib topgan
tezliklarning uch standartini o'z ichiga oladi. Shimoliy Amerika
standarti deb ataluvchi birinchi standartda (AQSh va Kanadada
qabul qilingan) BRO birlamchi raqamli oqim (yoki DS1-Digital 
Signal of Level 1) tezligi 24 DSO (ARK) ning tezligiga mos bo'lgan
1544 kbit/s ga teng qilib tanlangan.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling