12- ma'ruza: оptik aloqa tizimlari. Plеziоxron iеrarxiyali оptik aloqa tizimlari
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
OAT
12- Ma'ruza: ОPTIK ALOQA TIZIMLARI. Plеziоxron iеrarxiyali оptik aloqa tizimlari Reja: 1. Plezioxron raqamli ierarxiya (PDH). 2. Xalqaro, shaharlararo va mahalliy tarmoqlarda qo'llaniladigan raqamli uzatish tizimlari. 2. Plezioxron raqamli ierarxiyaning kamchiliklari. Telekommunikatsiya tarmoqlarida foydalaniladigan raqamli uzatish tizimlari ma'lum ierarxiya asosida tashkil qilinadi, u quyidagi asosiy talablarni qanoatlantirishi kerak: - analog, diskret va raqamli signallarning barcha turlarini RUTning kanallari va taktlari orqali uzatilishini; - signallarga ierarxiyaning turli bosqichlarida ishlov berish va ularni uzatish tezligining tegishli karraliligini; - uzatilayotgan raqamli oqimlarni eng oddiy holda birlashtirish, bo'laklarga bo'lish, ajratib olish va tranzitlashning mumkinligini; - RUT ning parametrlarini mavjud bo'lgan va kelajakda bo'ladigan yo'naltiruvchi tizimlarning tavsiflarini hisobga olgan holda tanlanishini; - bir turdagi ma'lumotlarning signallari uzatilayotganda RUT ning o'tkazish qobilyatidan eng yaxshi holda foydalanish kerakligini. RUT ierarxiyasining shakllanishi komponentlar deb ataluvchi past tartibli raqamli oqimlarni yagona raqamli oqimga birlashishi asosida amalga oshadi, buni guruhli yoki agregat raqamli oqim deyiladi. RUT larining ierarxiya usulida tuzilishi, kanal hosil qiluvchi qurilmalarni takomillashtirish, tayyorlash jarayonini engillashtirish, texnikasidan foydalanuvchi qurilmalarni yaratish imkonini beradi. Hozirgi paytda RUT larning uch ierarxiya turi keng tarqalgan: Evropa va Shimoliy Amerika va Yaponiya. Evropa ierarxiyasi IKM-30 turidagi birlamchi RUT ga asoslangan. Bunda analog-raqamli qurilma har birining o'tkazuvchanlik qobiliyati 64 kbit/s ga teng bo'lgan 30 ta kanalni shakllantiradi. Plezioxron raqamli ierarxiya 80-yillarning boshida tarkib topgan tezliklarning uch standartini o'z ichiga oladi. Shimoliy Amerika standarti deb ataluvchi birinchi standartda (AQSh va Kanadada qabul qilingan) BRO birlamchi raqamli oqim (yoki DS1-Digital Signal of Level 1) tezligi 24 DSO (ARK) ning tezligiga mos bo'lgan 1544 kbit/s ga teng qilib tanlangan. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling