Matematik modellash.
Matematik modellash deganda - berilgan real ob’ektning ba’zi bir
matematik ob’ektga muvofiqligini belgilash jarayoni tushuniladi. Bu matematik
ob’ekt matematik model deb ataladi, va bu modelni tadqiq qilish o‘rganilayotgan
real ob’ekt xarakteristikalarini olish imkonini beradi. Matematik modelning turi
nafaqat real ob’ekt tabiatiga bog‘liq, balkim ob’ektni tadqiq masalalariga va talab
qilinadigan ishonchlilik va bu masalani echish aniqligiga bog‘liq. Har qanday
matematik model, boshqalarga o‘xshab, haqiqatga yaqinlashishning ba’zi darajasi
bilan real ob’ektni tavsiflaydi. Sistemalar ishlash jarayoni xarakteristikalarini
tadqiq
qilish
uchun
matematik
modellashni
analitik,
imitatsion
va
kombinatsionlarga bo‘lish mumkin.
Analitik modellash uchun shu narsa xarakterliki, tizim elementlarini ishlash
jarayonlari qandaydir funksionalli munosabatlar (algebraik, integro - differensial,
chekli – ayirmali va sh.o‘.) yoki mantiqiy shartlar ko‘rinishida yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |