Analogli modellash.
Analogli modellash turli darajadagi anologiyalarni qo‘llashga asoslanadi.
Faqat oddiy ob’ektlar uchun o‘rinli bo‘lgan eng yuqori darajalilari to‘liq analogiya
hisoblanadi.
Ob’ektni
murakkablashishi
bilan
keyingi
darajalardagi
analogiyalardan foydalaniladi, bunda analogli model obektni ishlashining bir
nechta yoki faqat bir tarafini aks ettiradi.
Xayoliy ayoniy modellashda maketlash muhim o‘rin oladi. Xayoliy maket
real ob’ektda o‘tadigan jarayonlar fizikaviy modellashga imkoni bo‘lmagan yoki
modellashning boshqa turlarini o‘tkazishdan oldin qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan
hollarda qo‘llaniladi. Xayoliy maketlarni qurish asosida analogiyalar yotadi, biroq
odatda ob’ektdagi hodisalar va jarayonlar orasidagi sabab – oqibat bog‘lanishlarga
asoslanadi. Agar ba’zi tushunchalar, ya’ni alomatlarni belgilashni hamda alomatlar
orasida ma’lum amallarni kiritsak, unda alomatli modellashni amalga oshirish
mumkin va alomatlar yordamida tushunchalar to‘plamini aks ettirish mumkin,
ya’ni so‘zlardan ayrim gaplar va zanjirlar tuzish mumkin. Ko‘plik nazariyasining
birlashtirish, kesishish va to‘ldirish amallarini qo‘llab, ayrim belgilar orqali real
ob’ektlarga tavsiflar berish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |