12-amaliy ish Bulut provayderlar tushunchasi va boshqarish sohalari Ishdan maqsad


Download 224.51 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi224.51 Kb.
#251964
Bog'liq
12-amaliy ish


12-amaliy ish

Bulut provayderlar tushunchasi va boshqarish sohalari

Ishdan maqsad: talabalarda bulut provayderi to’g’risida tushsuncha hosil qilish

Bulut provayderi (Cloud provider) – bu virtual serverlar, virtual ma’umotlar saqlanishi, virtual tarmoqlarni o’zichiga olgan virtual hisoblash resurslarining keng spektridan foydalanib, bulutli hisoblash asosida yechim va xizmatlarni taqdim qiladigan kompaniya. Infratuzilma moslashuvchan boshqaruvi uchun bulutli provayder mijozlarga virtual mashinani yaratish, o’chirish, sozlash, taqdim qilinadigan quvvatni (ombor, xotira, tarmoq), tarmoq parametrlari va boshqalarni nazoratlash mumkin bo’lgan o’z-o’ziga xizmat qiluvchi portal ko’rinishidagi instrimentni taklif etadi.



Yuqoridagi keltirilganlarga misol sifatida vCloud Director vositasini ko’rish mumkin. Bu konsol vositalari yordamida virtual mashinani yaratish, o’chirish, sozlash mumkin, taklif etilayotga quvvatni nazoratlash va boshqalarni amalga oshirish mumkin.





vApp – bu virtual mashinalar joylashadigan konteynerdir. vApp ularni maqsadi bo’yicha birlashtirish (masalan, pochta server, buxglteriya va shu kabilar) va virtual mashinalar guruhlarini boshqarish imkonini beradi.

Xizmatlarni hisobga olish usuli yoki billing-hosting provayderini bulut xizmat ko'rsatuvchi provayderdan ajratib turadigan muhim nuqta. Hosting provayderi ko'pincha majburiy insoniy ishtirok etishni talab qiladigan va bu jarayonni moslashuvchan holga keltiradigan eski xizmatlarni hisobga olish usulidan foydalanadi. Bulut provayderi xizmatlarni hisobga olishni boshqa usulidan foydalanadi va ishida billing modulini – quyidagi funksiyalarni avtomatlashtirib, biznes ishini ta’minlaydigan asosiy komponentani qo’llaydi:

  • Sinov davrini ochish va yopish,

  • To’lovlarni qabul qilish,

  • Yopiluvchi hujjatlar oylik qo’yilishi.

Ushbu vazifalarni avtomatlashtirmasdan, hatto bir necha o'nlab foydalanuvchilarni ham qo'llab-quvvatlash qiyin bo'ladi, bu minglab va millionlab mijozlarni nazarda tutmaydi, bu bulutli provayder uchun odatiy raqam. Bundan tashqari, avtomatlashtirilgan billing foydalanuvchilarni qo'llab-quvvatlash xarajatlarini kamaytiradi va bulut provayderining yetukligini namoyish etadi.



Bulutli provayder, odatda, mijozlarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda xizmatlarning kengaytirilgan ro'yxatini taqdim etadi. Yetuk va tajribali yetkazib beruvchi, amalga oshirilgan loyihalarni bir qatorini yelkasiga orta, hisobga mijozlar eng kichik ehtiyojlarini ham oladi va bozor uchun tegishli xizmatlarni taklif etadi. Talabgir xizmatlarga quyidagilar kiradi:

IaaS virtual infratuzilmasi
Xususiy virtual serverlar parkini yaratish uchun qulay yechim (virtual data center)

AT-autsorsing (ITaaS)
Mutaxassis vaqtini ijaraga olishdan tortib, AT boshqaruvi autsorsingigacha xizmatlarni keng spektri

Bulutda Zahira nusxalarini ombori (Veem Cloud Connect)
Provayder bulutida zahira nusxalashni qulay yechimi

Ma’lumotlarni zahira nusxalash va qayta tiklash (Backup and Recovery)
Ma’lumotlarni butunliligi va saqlanganligini ta’minlash maqsadida yetkazib beruvchi bulutida favqulotda ma’lumotlarni zahiralash uchun yechim

PCI DSS Compliant Hosting” xizmati
Sertifikatlangan bulut PCI DSS hosting va PCI DSS standarti talabiga muvofiq boshqarish

1C ijarasi” xizmati
Internet orqali ulangan holda masofadan turib 1C dasturida texnik qo’llab-quvvatlash va yuritishni o’ylamay ishlash

Bulut himoyasi” xizmati
Axborotni himoyalashni sertifikatlangan vositalari to’plami bilan infratuzilmani ijarasi uchun IaaS modeli doirasida shaxsga doir ma’lumotlarni himoyasi bo’yicha talablarni bajarilishi

Bulutda ma’lumotlar shifrlanishi” xizmati
Istalgan avtorizatsiyalanmagan shaxslar, bulut provayderi xodimi yoki boshqa uchunchi shaxsdan ma’lumotlarni himoyasini ta’minlash

DDoS” dan himoya xizmati
Deep Packet Inspection texnologiyasidan foydalanib, trafikni tahlillash va nazoratlash tizimi bazasida DDoS dan himoya

API ga ruxsat” xizmati
IaaS bulutida virtual serverlarni boshqarish bo’yicha istalgan operatsiyalarni avtomatlashtirish imkoniyati


IaaS, SaaS xizmatlari, ma'lumotlarni zaxiralash va tiklash xizmatlari asosiy hisoblanadi, boshqa xizmatlar ro'yxati ko'pincha qo'shimcha hisoblanadi: audio va video aloqasi, spam va viruslardan pochta tozalash, bulutli fayllarni saqlash va boshqalar.

Nazorat savollari

  1. Bulut provayderi nima?

  2. Billing-hosting provayderni xizmat ko’rsatuvchi provayderdan farqi nimada?

  3. Bulut provayderida qanday asosiy xizmatlar taklif etiladi?

Topshiriq

vCloud Director vositasi imkoniyatlarini o’rganish va tahlil qilish
Download 224.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling