12– amaliy ish mavzu: aholi yashash joylaridagi yo‘l bo‘laklarida yo‘l belgilarini qo‘llash. Ishdan maqsad
Download 430.5 Kb.
|
12– AMALIY ISH (1)
12– AMALIY ISH MAVZU: AHOLI YASHASH JOYLARIDAGI YO‘L BO‘LAKLARIDA YO‘L BELGILARINI QO‘LLASH. Ishdan maqsad: Aholi yashash joylaridagi yo‘l bo‘laklarida yo‘l belgilarini qo‘llashni o'rganish va amalda qo'llay olish. Nazariy qism. Ogohlantiruvchi belgilar (1.3.1-1.4.6, 1.31.1-1.31.3 belgilaridan tashqari) aholi yashaydigan joylarda 50-100 m masofada o‘rnatilishi kerak. 1.4.1-1.4.6 yo‘l belgilarini aholi yashaydigan joylarda o‘rnatish tavsiya etilmaydi. 1.7 yo‘l belgisi aholi yashaydigan joylardan tashqarida 4.3 yo‘l belgisi o‘rnatilgan har bir halqali kesishuv oldidan o‘rnatiladi, aholi yashaydigan joylarda esa, halqali kesishuv yoritilmagan hollarda va ko‘rinish masofasi 50 m dan kam bo‘lgan hollarda o‘rnatiladi (12.1-12.2-rasm). 12.1-rasm. Yo‘l belgilarining aholi yashaydigan joylardan tashqarida o‘rnatilish usullari 12.2-rasm. Yo‘l belgilarining aholi yashaydigan joylarda o‘rnatilish usullari Aholi yashash joylarida agar 5.22-5.23 yo‘l belgilari o‘rnatilgan bo‘lsa 2.3.1-2.3.3 yo‘l belgilarini o‘rnatish nazarda tutilmaydi. 5.24 -5.25 yo‘l belgilari o‘rnatilgan aholi yashash joylarida agar chorrahada ko‘rinish masofasi 50 m dan kam bo‘lsagina 2.3.1-2.3.3 yo‘l belgilarini o‘rnatish nazarda tutiladi. Aholi yashaydigan joylarda yo‘l belgilarini yo‘l yoqasini yoniga, yo‘l yoqasini ustiga, qatnov qismini tepasiga joylashtirish mumkin. Ajratuvchi tasma xavfsizlik orolchalari bo‘lgan hollarda esa yo‘l belgisini ularda joylashtirish ko‘rsatilgan (12.3-rasm). Aholi yashaydigan joylarda yo‘l belgilarini o‘rnatish balandligi 2,0-4,0 m bo‘lishi, agar yo‘l belgisi qoplama ustida joylashtirilsa 5,0-6,0 m balandlikda o‘rnatilishi ta’minlanishi lozim. 12.3-rasm. Yo‘nalishlarning dastlabki ko‘rsatkichlarini yo‘lda o‘rnatish usullari Topshiriq. Talabalar berilgan topshiriqqa asosan yo‘l belgilarini me’yoriy hujjatlar asosida aholi yashaydigan joylardan tashqarida va aholi yashash joylarida o‘rnatilishni o'rganib, xulosa yozishadi. Download 430.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling