Mehnatni ilmiy tashkillashtirish – bu ishlab chiqarishni davomli, ketma-ket va og‘ishmasdan yaxshilash hamda yangi usullar, qurollar, mehnat sharoitlarini va boshqaruvni yuqori saviyada tashkillashtirish demakdir.
Mehnat samaradorligini oshiruvchi chora-tadbirlarni uchta asosiy yo‘nalishda: ishlarni mexanizatsiyalashtirish, mehnatni oqilona tashkillashtirish va jadallashtirish yo‘nalishlarida olib borish mumkin.
Ishlarni mexnizatsiyalashtirish - qo‘l mehnatini mashina bilan almashtirish, mehnatni engillashtiruvchi turli moslamalarni va kichik mexanizatsiyalarni qo‘llash hisobiga mahsulot ishlab chiqarishda mehnat sarfini keskin kamaytirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |