12-amaliy mashg’ulot. Mavzu: Umumtibbiy tashxis amaliyotida qo’llaniladigan analizatorlar Ishdan maqsad


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana17.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1526843
  1   2   3   4   5
Bog'liq
13-амалий машғулот



12-amaliy mashg’ulot. Mavzu: Umumtibbiy tashxis amaliyotida 
qo’llaniladigan analizatorlar 
Ishdan maqsad: suyuqlikning optik sindirish ko’rsatkichini turli muhitlarda 
yorug’likni sindirish metodi bilan anilashni o’rganish va optik sindirish 
ko’rsatkichini eritmaning konsentratsiyasiga bog’liqligini o’rganish
Kerakli asboblar: refraktomer, pipetka, distillangan suv, tekshirilayotgan 
suyuqliklar
KIRISH 
Sindirish ko`rsatkichi yuqori aniqlikda va kam vaqt sarflab aniqlash mumkin 
bo`lgan fizik konstantalar jumlasiga kiradi. Bunda juda kam miqdordagi 
tekshiriluvchi modda kifoya qiladi. Buning uchun maxsus asboblar-
refraktometrlar qo`llaniladi. Ular sindirish ko`rsatkichini tekshirilayotgan 
kattalikning 0, 01%, hatto 0, 001% aniqligida topishga imkon beradi. Buning 
uchun atigi (0, 05-0, 5)gr. modda talab qilinib, tekshirishlar faqat qurilmaning 
shkalasiga qarashdan iborat bo`ladi. 
Dastlabki refraktometrlar 18-asrning o`rtalarida kashf еtilgan еdi.
“Refraktsiya” termini fanga 18-asrning boshida N’yuton tomonidan uning 
“Optika” asarida kiritilgan. 
Hozirgi davrda refraktometrlar ko`pgina ilmiy-tekshirish va ishlab chiqarish 
laboratoriyalarida qo`llaniladi. Refraktometrik usullar kimyoviy sanoatda, oziq-
ovqat sanoatida, farmatsevtik sanoatda, geologiyada qo`llaniladi. Qishloq 
xo`jaligida refraktometrlar meva, sabzavot va urug`larning sifati va etilganlik 
darajasini tekshirish uchun ishlatiladi. Biologik, kimyoviy va fizik 
laboratoriyalarda refraktometrlar еfir moylari, yog`lar, qon, suyuq yoqilg`i, 
shishalar, turli еritmalarni tekshirishda qo`llaniladi. Refraktometrik usullarning 
soddaligi va arzonligi, yuqori aniqlikka еgaligi ularning kelajakda qo`llanishiga 
ham asos bo`ladi. 
Ushbu ishdan maqsad: refraktometr yordamida bir qator suyuqliklarning 
havoga nisbatan sindirish ko`rsatkichini, shuningdek, еritmaning sindirish 
ko`rsatkichining unda еrigan moddaning kontsentratsiyasiga bog`likligini aniqlash. 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling