12: axborotlami himoyalashning texnik va dasturiy vositalari


Download 28.05 Kb.
bet4/4
Sana21.04.2023
Hajmi28.05 Kb.
#1370526
1   2   3   4
Bog'liq
12 AMALIY MASHG

Axborot himoyasi - qat’iy reglamentga ega o’zgaruvchan texnologik jarayon bo’lib, tashkilot axborot resurslarining butunligi, haqiqiyligi va qimmatbaho ma’lumotlarning konfidenstialligi buzilishining oldini olish va buning natijasida tashkilotning boshqaruv va ishlab chiqarish faoliyatida real axborot xavfsizligini ta’minlashdir.
Himoyalash arxitekturasinafaqat elektron axborot tizimini, balki tashkilotning bir butun boshqaruv majmuasiga tegishli funkstional tuzilmasi hamda an’anaviy hujjatyuritish jarayonini ham o’z ichiga olmog’i lozim.
Axborotlarni himoyalashdan asosiy maqsad:

  • axborot o’g’irlanishi, yo’qolishi, o’zgartirilishi va soxtalashtirilishining oldini olish;

  • davlat, jamiyat va shaxs xavfsizligiga tahdidning oldini olish;

  • axborotni yo’qotish, o’zgartirish, nusxa ko’chirish, uni buzib ko’rsatish hamda axborot resurslari va tizimlariga aralashish bo’yicha harakatlarni sankstiyasiz amalga oshirishning oldini olish;

  • fuqarolarning axborot tizimlaridagi shaxsiy sirlari va konfidenstial ma’lumotlarining saqlanishi bo’yicha konstitusti-on huquqlarini himoya qilish;

  • qonunchilikka muvofiq ravishda hujjatlashtirilgan axborot konfidenstialligi vadavlat sirlarini saqlash;

  • ishlab chiqarish hamda axborot tizimlari, texnologiyalarini qo’llashda sub’ektlarninghuquqlarini himoya qilish;

  • kompyuterlar tizimi yoki tarmog’ining butunligi saqlangan holda normal ishlashi uchun to’sqinlik qiluvchi uzilishlar va xatolarga olib keluvchiharakatlarning oldini olish.

Axborot xavfsizligini ta’minlash yo’nalishlariga davlat, korxona va tashkilot miqyosida yoki alohida shaxs miqyosida axborotlarni himoyalashning chora-tadbirlarini belgilovchi normativ-huquqiy katego-riyalar sifatida qaraladi.
Tajribadan kelib chiqqan holda axborot xavfsizligini ta’minlash-da quyidagi axborot himoyasi yo’nalishlarini belgilash mumkin (3.4-rasm):




3.4-rasm. Axborot himoyasini ta’minlash yo’nalishlari

  • huquqiy himoya;

  • tashkiliy himoya;

  • injener- texnik himoya.

Download 28.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling