12-bo`lim Fe`l so`z turkumi 3-qism Fe`llarning yasalishi
Download 85.47 Kb. Pdf ko'rish
|
12-bo`limfe`l 3
12-bo`lim Fe`l so`z turkumi 3-qism Fe`llarning yasalishi 1. Qaysi ko'makchi fe'l harakatni bajarishga imkoniyat mavjudligi ma'nosini ifodalaydi? A) yotmoq B) yurmoq C) boshlamoq D) olmoq 2. Harakatning tez va oson bajaralishini ifodalovchi ko'makchi fe'lni toping. A) qo'ymoq B) boshlamoq C) yurmoq D) turmoq 3. Yetakchi va ko'makchi fe'lli birikuvlarda faqat ko'makchi fe'llarga qo'shiladigan qo'shimchalarni toping. A) -il, -ish, -ib B) -ma, -t, -giz C) -moqda, -di, -gan D) -in, -dir, -ma 4. Yetakchi fe'l tarkibida ham, ko'makchi fe'l tarkibida ham kelishi mumkin bo'lgan qo'shimchalarni toping. A) -di, -dir, -sh B) -gan, -ma, -in C) -man, -(i) m, -ma D) -il, -ma, -ish 5. Boshlamoq ko'makchi fe'li ravishdoshning qaysi shakliga qo'shiladi? A) -i(-b) B) -a(-y) C) -gach D) -(i) b, -a (-y) 6. Ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasida –ma bo’lsishsizlik qo’shimchasi qanday ma’noni ifodalaydi? A)yetakchi fe’lga qo’shilsa-davomiy bo’lishsizlik ma’nosi, ko’makchi fe’lga qoshilsa bir martalik harakat inkorini ifodalaydi B) yetakchi fe’lda- bir martalik harakat miqdorini, ko’makchi fe’lda davomiy bo’lishizlikni C) yetakchi fe’lda inkor, ko’makchi fe’lda tasdiq ma’nosini ifodalaydi D) yetakchi va ko’makchi fe’lga qo’shilganda ma’noning farqi bo’lmaydi. 7. Ikki fe'l juftligidan tashkil topgan qaysi birliklar fe'l turkumiga oid so'zlar hisoblanadi? A) bordi-keldi B) keldi-ketdi C) ur-yiqit D) aytdi-qo'ydi 8. To'liqsiz fe'llar mustaqil (yetakchi) fe'lning qanday shakllaridan so'ng keladi? A) munosabat shakllari mavjud bo'lmagan fe'l asoslaridan so'ng B) zamon shakllari mavjud bo'lgan fe'llardan so'ng C) shaxs-son shakllari mavjud bo'lgan fe'llardan so'ng D) nisbat, zamon va shaxs-son shakllari mavjud bo'lgan fe'llardan so'ng 9. 1. Oqibati nima bilan tugashini o'ylab ham ko'rmadi. 2. Bu sirni hech kimga ayta ko'rma.Har ikkala gapdagi ko'rma fe'lini izohlang. A) ikkala gapda ham yetakchi fe'l B) ikkala gapda ham ko'makchi fe'l C) ikkala gapda ham qo'shma fe'lning tarkibiy qismi D) birinchi gapda - yetakchi fe'l, ikkinchi gapda - ko'makchi fe'l 10. Qaysi ko'makchi fe'l harakatning tez va oson bajarilishim ifodalaydi? A) yurmoq B) qo'ymoq C) yotmoq D) chiqmoq 11.–a,-ay fe’l yasovchi qo’shimchalari so’zlarga qo’shilganda, qanday tovush tushish hodisasi ro’y beradi?A) tovush tushishi, tovush o’zgarishi B) tovush tushishi, tovush o’zgarishi va orttirilishi C) tovush tushishi, tovush orttirilishi D) tovush orttirilishi, tovush o’zgarishi 12.Yetakchi fe'l tarkibida ham, ko'makchi fe'l tarkibida ham kelishi mumkin bo'lgan qo'shimchalarni toping. A) -di, -dir, -sh B) -gan, -ma, -in C) -man, -(i) m, -ma D) -il, -ma, -ish 13. Boshlamoq ko'makchi fe'li ravishdoshning qaysi shakliga qo'shiladi? A) -i(-b) B) -a(-y) C) -gach D) -(i)b,-ay) 14. Qaysi gapda ko'makchi fe'li so'z qo'shilmasining yetakchi qismi juft fe'ldan tuzilgan? A) Ukalaring yaxshi, o'ynab-kulib yurishibdi. B) Akmal bo'lib o'tgan voqeadan xursandligidan yelib-yugurib qoldi.C) Ikki oila anchadan beri bordi-keldi qilishadi. D) Ona bir necha marta o'z dardini aytib-aytib qo'ydi. 15. 1. U uzoq yillar kasalligi sababli muntazam ukol oiib keldi. 2. Saida yuklarini uyiga olib keldi. Ushbu gaplardagi fe'llarni tahlil qiling. A) birinchisida ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi, ikkinchisida qo'shma fe'l B) birinchisida qo'shma fe'l, ikkinchisida ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasa C) birinchisida ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi, ikkinchisida so'z birikmasi D) birinchisida so'z birikmasi, ikkinchisida qo'shma fe'l 16. Qaysi qatorda ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi orttirma nisbat shaklida? A) Kuchli to'lqin uni oqizib ketdi. B)Majnuntol kokillari yo'lni to'sib turardi C) O'qituvchi yana intizom haqida gapirib o'tdi. D) Karima u qizni surishtirib qoldi. 17.Qaysi qatordagi gapda ravishdosh yasovchi qo'shimcha yetakchi fe'l bilan ko'makchi fe'lni bog'lashga xizmat qilgan? 1. Sayohatchilar qorong'i tushguncha manzilga yetib keldilar. Kampir ham u z vaqtida keldi-qoldi. 2.Usta Alim qo'shnisining yerini sotib oldi.3. Dadasi yangi uy uchun kerakli jihozlarni olib keldi. A) 1,2,3,4B) l,2 C)l,3,4 D)faqatl 18. Ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasida-na bo’lishsizlik qo'shimchasi qanday ma'noni ifodalaydi? A) yetakchi fe'lga qo'shilsa -davomiy bo'lishsizlik ma'nosi, ko'makchi fe'lga qo'shilsa-bir martalik harakat inkorini ifodalaydi. B) yetakchi fe'lga qo'shilganda-bir martalik harakat inkorini, ko'makchi fe'lga qo'shilganda -davomiy bo'lishsizlik ma'nosini ifodalaydi. C) yetakchi fe'lga qo'shilganda-inkor, ko'makchi fe'lga qo'shilganda-tasdiq ma'nosini ifodalaydi. D) yetakchi va ko'makchi fe'lga qo'shilganda ma'no farqiga ega bo'lmaydi. 19. 1.To'g'ri kelgan odamning ko'ksiga o'zini tashlab, uvvos soladi. 2. Normat qo'shiqqa quloq solib, ichkaridagi odamning chiqishini kuta boshladi. Gaplarda qo'llangan solmoq fe'li haqidagi qaysi hukm to'g'ri? A) birinchi gapda mustaqil fe'l, ikkinchi gapda qo'shma fe'l tarkibida B) birinchi gapda qo'shma fe'l tarkibida, ikkinchi gapda mustaqil fe'l C) ikkala gapda qo'shma fe'l tarkibida D) ikkala gapda mustaqil fe'l 20.
o`zgarish yuz beradi B) otlarga qo`shilib fe`l yasaganda predmet bilan ta`minlaganlik ma`nos yotadi C) -la o`zi qo`shilayotgan so`zga har qanday holda ham qo`shilib yoziladi D) fe`llarda daraja hosil qiladi 21.Ko`makchi fe`lning qaysi shakli harakatning boshlanishini bildiradi? A) boshlamoq B) olmoq C) yotmoq D) chiqmoq 22. Aytib qo’ymoq fe'li haqidagi noto'g'ri mulohaza qaysi
qatorda berilgan? A) ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasiB) qo'shma emas, sodda fe'l C) ravishdosh shaklida D) Zamonni ifodalamagan 23. Ko`makchi fe`lning qaysi biri harakatning to`la yakunlanganini bildiradi? A) boshlamoq B) olmoq C) yotmoq D) chiqmoq 24 Mustaqil va yordamchi fe'llardan iborat qaysi birlik qo'shib ham yozilishi mumkin? 1) ayta ber; 2) bora oladi; 3) olib qochdi; 4) bilar ekan. A) 1,2, 3,4 B)l,2 C) l,2,4 D)l,3 25.Otamiz aravaga qo`shilgan otlarni yetaklab borar edi. Berilgan gapda harakat tarzi fe`llari qanday ma`noni anglatyapti? A) harakatning davomiyligi B) harakatning to`la yakunlanganligi C) harakatning bajarishga imkoniyat mavjudligini D) harakatning boshlanishini 26. Qaysi qo`shimchalar yetakchi fe`lga ham ko`makchi fe`lga ham qo`shiladi? A) nisbat B) bo`lishsizlik C) zamon D) A va B 27. Qaysi qo`shimchalar faqat ko`makchi fe`lga qo`shiladi? A) zamon B) shaxs son C) nisbat D) A vaB 28 . Xazonlarning shabadadan shitirlashi-yu chala berkitilgan vodoprovod jo’mragidan oqayotgan suvning jildirashidan boshqa hech narsa eshitilmasdi. Mazkur jumlada ishtirok etgan fe’l turkumiga mansub so’zlarning nechtasi yasama hisoblanadi? A) Barchasi yasama. B) 2 tasi C) 3 tasi D) 4 tasi 29. Qaysi so`z turkumidan afikssatsion yo`l bilan fe`l yasab bo`lamaydi? A) otlardan B) sifatlardan C) fe`llardan D) olmoshlardan 30.-la, -a qo`shimchasi qaysi so`z turkumlaridan fe`l yasaydi? A) ot, sifat B) ot, sifat, son C) ot, sifat, son, olmosh D) ot, sifat, son, olmosh, ravish 31. Qaysi qo`shimchadan fe`l yasalganda ayrim tovush tushishis ro`y beradi? A) -a B) –ay C) –illa D) A,B,C 32. Qanday so`zlarga –illa qo`shimchasi qo`shganda –ulla shaklida yozi- ladi? A) tarkibida u unlisi bor so`zlarga B) tarkibida o unlisi bor so`zlarda C) –illa qo`shimchasi faqat –illa tarzida yoziladi D) A, B 33. Qanday fe`llar doimo ajratib yoziladi? A) qo`shma fe`llar B) sodda yasama fe`llar C) takror fe`llar D) juft fe`llar 34. Qaysi fe`llar harakatning tez va kutilmaganda ro`y berishini bildiradi? A)sodda fe`llar B) qo`shma fe`llar C) juft fe`llar D) takror fe`llar 35. Qaysi fe`llar doimo chiziqcha bilan yoziladi? A) takror fe`llar B) qo`shma fe`llar C) juft fe`llar D) A va C 36. –la qo`shimchasidan qaysi so`z turkumidan fe`l yasalmaydi? 1.fe`l 2.ot 3.sifat 4.olmosh 5. Ravish 6. Son A) faqat 1 B) 1,6 C) barchasidan yasaladi D) faqat 6 37.Qaysi fe`l shakli faqat (maxsus) ko`makchi fe`l shaklida ishlatiladi? A) ol, qol ,sot B) yur, qil, qol C) tur, yur, sol D) bunday fe`l shakli mavjud emas 38.Fe`lning bo`lishsiz shaklidan qaysi biri umuman bormaganlikni bildiradi? A) borganim yo`q B) borgan emasman C) bormaganman D) barchasi 39.Fe`lning bo`lishsiz shaklni yasovchi –ma qo`shimchasi vazifasiga ko`ra qanday qo`shimcha hisoblanadi?A)so`z yasovchi B) lug`aviy shakl yasovchi C) sintaktik shakl yasovchi D) aloqa munosabat yasovchi 40. Qaysi qatorda sof fe’lga misol keltirilgan? A) she’r yodlash B) uyga qayt C) qaqragan cho`llar D) yukni ortib 41.Fe`l tuzilishiga ko`ra qanday turlardan iborat? A) sodda tub, sodda yasama B) yasama, tub, qo`shma ,takror C) tub, yasama, qo`shma D) sodda, qo`shma , juft, takror 42.oldi-berdi, bordi-keldi kabi kabi so`zlar qanday so`zlar hisoblanadi? A) juft fe`llar B) takror fe`llar C) yasama fe`llar D) bu so`zlar ot turkumi 43. Qaysi so`z turkumidan “ aylamoq” so`zi bilan qo`shma fe`l yasaganda uslubiy xoslanish sodir bo`ladi? A) barchasidan B) faqat otdan C) ota, sifat, son va taqlid so`zdan D) fe`ldan tashqari barchasidan 44.Qo`shma fe`llarning xususiyat(lar)ini toping. 1. Birdan ortiq asosdan tashkil topinshi 2.asoslar orasiga boshqa qo`shimchalar qo`shib bo`lmasligi 3.birga bitta so`roqqa javob bo`lishi 4. doimo chiziqcha bilan yozilishi A) 1 B) 1,2 C) 1,2,3 D) 1,2,3,4 45.aytib berib tura qol. Berilgan birlikda ko`makchi fe`lni toping. A) bunday fe`l yoq B) qol C) tura qol D) berib tura qol 46.Ko`makchi yetakchi fe`l munosabatida qanday holatda ma`no nozikligi kuchayib boradi? A) har qanday holatda B) yetakchi fe`l bir necha marta qo`llansa C) ko`makchi fe`l bir necha marta qo`llansa D) ko`makchi hamda yetakchi fe`l birdan ortiq qo`llanmasa 47.U yo`l yo`lakay qiziq gaplarni gapirib ketdi. Ostiga chizilgan birlikning ma`nosini toping. A)yetakchi- ko`makchi fe`l B) ikki mustaqil fe`l C) so`z birikmasi D) barcha javoblar to`g`ri 48.-la qo`shimchasi orqali asosdan anglashilgan narsa hodisa paydo bo`lish ma`nolarini qaysi qatordagi fe`llar anglatgan? A) silliqla, tekisla, tozala B) bolala, urug`la C) o`g`itla , moyla D) egovla, ketmonla 49. –la qaysi so`z turkumlaridan fe`l hosil qilishda tus , holatga kirish ma`nolarini bildiradi? A) fe`ldan boshqa barcha turkumlardan B) faqat sifatdan C) sifat va ravishdan D) ot, sifat, son 50. –la qo`shimchasi bilan fe`l yasalganda et, qil ,de kabi fe`llar bilan sinonimik qatorda bo`ladi. Ushbu qoida qaysi birlikda kuzatilmaydi? A) tekisla B) silliqla C) ufla D) tezla 51.-i qo`shimchasi orqali qaysi turkumlardan fe`l yasaydi? A) ot va sifat B) fe`ldan tashqari barchasidan C) sifat va ravishdan D) ot, sifat, son 52.-sira qo`shimchasi orqali qaysi so`z turkumlaridan fe`l yasash mumkin? A) ot, sifat,son B) ot, sifat, olmosh C) ot, sifat, son, olmosh D) fe`ldan tashqari barchasidan 53.Qaysi qo`shimchadan fe`l yasaganda fonetik o`zgarish sodir bo`ladi? 1, -ir, 2. –ay 3. –a 4. –illa 5. -sira 6. –i 7. –k A) barchasida B) 1,3, C) 1,2,3 D) 1,2,3,4 54.Harakatning kuzsizligini ifodalalovchi qo`shimchalarni toping. 1-la 2.-sira 3.-kila 4.-g`i 5.-nqira 6.-qa 7.-g`ila 8.-ish A) 1,2,3,5 B) 2,3,4,5 C) 2,5,8 D) 1,3,4,6,7 55. Qaysi qo`shimchalar harakatning kuchli hamda davomiyligini bildiradi? 1-la 2.-sira 3.-kila 4.-g`i 5.-nqira 6.-qa 7.-g`ila 8.-ish A) 1,2,3,5 B) 2,3,4,5 C) 2,5,8 D) 1,3,4,6,7 56.Takroriy fe`llar asosan qanday shaklar orqali hosil qilinadi? A) sof fe`llar B) ravishdoshlarning –ay,- ib shakllari orqali C) sifatdoshning –gan shakllari orqali D) B va C 57.Qaysi fe`l yasovchi qo`shimcha talaffuzida ayrim o`zgarishar sodir bo`lishi mumkin? A) –i B) –sira C) –la D) –ay 58.Qaysi qatorda qo`shma fe`l mavjud emas? A) sotib olmoq, oshib tushmoq B) sayr etmoq , bayon qilmoq C) o`tirib turmoq, aytib yubormoq D) olib bormoq, parvarish etmoq 59. Qo‘shma fe’l ishtirok etgan gapni toping. A. Bu kitobni allaqachon o‘qib chiqqanman. B. Ammam menga bir kulib qo‘ydi. C. Bozordan u-bu narsa sotib olibdi. D. U keyinchalik do‘sti bilan kelishib ketdi. 60.Qo‘shma fe’lni toping. A. yo‘l tutmoq B. tajang bo‘lmoq C. qo‘lga olmoq D. ko‘zga ilmoq 61. Qaysi gapda otdan yasalgan fe’l va fe’ldan yasalgan ot ishtirok etgan? A) Avval o’yla, keyin so’yla.B) Uning yaxshi o’quvchi bo’lib, to’rtinchi sinfni «to’rt» baholarga yakunlayotganidan dadasi bilan onasi, buvisi ham xursand.C) Men o’qimay turib ham boshimda shu qadrdon qalpoqcham bor ekan, albatta, agronom ham, injener ham, artist ham bo’la olaman, deb qattiq ishonar edim.D) Bir ozayadi bu qiynoq, bir qiynaydi bu ozor. 62.Harakat tarzi shakllarida fe’lning vazifa (xoslangan) turlarini hosil qiluvchi qo‘shimchalar qaysi qismga qo‘shiladi? A. asosiy fe’lga B. yordamchi fe’lga C. har ikkala fe’lga D. asosiy yoki yordamchi fe’lga 63. Qaysi ko’makchi fe’l harakatning favquloddaligini bildiradi? A) yurmoq B) yotmoq C) o’tirmoq D) ko’rmoq 64. Qaysi qo’shimchalar yordamida faqat sifatlardan fe’l yasash mumkin? A) –la, -a B) (-a)y, -i, -sira, -sa C) –(a)r D) –illa, -ira 65. Mustaqil ma’nosini yo`qotgan fe’lni qabul qiluvchi ravishdosh… A) ko`makchi fe’l B) to`liqsiz fe’l C) yetakchi fe’l D) A,B 66. Quyidagi fe’llarning qaysi biri yasama ? 1) bir bo`ldi; 2) sayr etdi; 3) taq etdi; 4) kirib chiqdi; 5) olib chiqdi; 6) o`qib chiqdi; 7) olib keldi. A) 1,2,3,4,5,7 B) 6 C) 1,2,3 D) barchasi 67. Har ikki qismi lug`aviy ma’nosini saqlagan fe’lni aniqlang. 1) borib keldi; 2) o`qiy oldi; 3) yig`lab yubordi; 4) sinab ko`rdi; 5) saqlab qo`ydi 6) sotib oldi. A) 2,3,4,5 B) 1,2,3,4 C) 1,6 D)1,4,6 68. Ot, sifat, son, olmosh, undov va taqlid so’zlarga qil, et, bo’l singari so’zlarni qo’shish bilan hosil bo’ladigan so’z turkumini aniqlang. A) sifat B) yasama qo’shma fe’l C) sodda yasama D) ko’makchi fe’l 69. To’liqsiz fe’l bilan birga qo’llangan yetakchi fe’lni aniqlang. 1) aytgan; 2) borardi; 3) kelayotgan; 4) olarkan; 5) yonib turgan emish; 6) yozgandi; 7)bilsaydi. A) 2, 4, 6, 7 B) 1, 3, 5 C) 2, 4, 5, 6, 7 D) 2, 4, 5, 6, 7 70. Quyidagi berilgan fe’llarning qay biri yasama? 1) g’ichirlamoq 2) sotib yubordi 3) sotib oldi 4) pichirlamoq 5) ta’sirlanmoq 6) bildirmoq 7) eslamoq A) barchasi tub B) 1, 3, 4, 5, 7 C) 1, 4, 5 D) barchsi yasama 71. Quyidagi gaplarning qay birida sodda yasama fe’l mavjud? A) Odamlar bilan ularning aqliga monand gaplash. B) Ichkaridan allaqanday qo’l yozmalar olib chiqdi. C) Sizdan nima ketdi, kelasiz- ketasiz. D) Barcha gapda yasama fe’l mavjud. 72.Quyidagi gaplarning qay birida ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi mavjud? A) O’qituvchilarimning oldiga kiraman, javobini daftaridan ko’chiraman-qo’yaman. B) barcha gapda C) Oyim to’yxonaga chiqdi- yu, yelib-yugurib xizmat qilib ketaverdi. D) U topshiriqni o’z vaqtida bajarib qo’yishga odatlangan. 73. Sen men aytgan joyga borgin, xo'pmi? Sof fe'l tarkibidagi qo'shimcha qaysi bandda to'g'ri izohlangan? A) o'tgan zamon sifatdosh shakli ko'rsatkichi B) maslahat ma'nosidagi kelasi zamon.qo'shimchasi C) buyruq maylining II shaxs ko'rsatkichi D)nisbat qo'shimchasi 74. Berilgan fe’llarning qay birida tub fe’l mavjud? A) Konspekt yozmaslik uchun turli bahonalar o’ylab, o’qituvchisini ishontirar edi. B) Bugun ham shu ahvol, Hoshimjon yana darsdan qochdi- ketdi. C) Oyim to’yxonaga chiqdi- yu, yelib- yugurib xizmat qilib ketaverdi. D) A, B, C 75. Qaysi gap tarkibida o’tirmoq fe’li yetakchi fe’l hisoblanadi? A) Men sodda uning gapiga ishonib o’tiribman. B) Aqlli bo’lsang, shunaqa gaplarni gapirib o’tirarmiding. C) Bu holdan achchiqlangan Ra’no yonimga kelib o’tirdi. D) Yigit bosh ko’tarmay ishlab o’tiribdi. 76. Sodda yasama fe’lni aniqlang. A) urinmoq, yurmoq B) isbotlanmoq, ruhlanmoq C) orzu qilmoq, qo’l qo’ymoq D) A, B, C 77. Gul bargini nasim tildi–to’kildi, Saboga hikoyat qildi–to’kildi. Falak ishiga boq: bir haftada gul chiqdi, g’unchaladi, kuldi–to’kildi Mazkur gapdagi fe’l miqdorini aniqlang. A) 8 ta B) 7 ta C) 10 ta D) 9 ta 78. Otayotgan tong misol yorug' bo'lsin kelajak, pok ruhingiz qo'llasin, farzandingiz kutajak. Ushbu gapda fe'l turkumiga mansub yasama so'zlar nechta? A) 5 ta B) 4 ta
C) 3 ta D) 2 ta
79. Qaysi gapda bermoq ko'makchi fe'li davomlilik, takroriylik ma'nolarini bildirmagan? A)U suv tashib, xumlarga quya berdi.B) Sening mushtingni yeya berib, jonimda jon qolgan emas.C) Hadeb katta shaharda yashay berish ham odamni diqqinafas qilib yuboradi.D) Nimadir demoqchimisan, ayta ber, qo'rqma. 80. Yuzungni oftobini ko'rub hayron bo'lub qoldim, Falakg'a qo'l uzotib shamsi anvarni olib bo'lmas. Gapda qo'llangan bo'lmoq fe'llarining vazifasi qaysi bandda to'g'ri ko'rsatilgan? A)1-gapda qo'shma fe'lning, 2-gapda ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasining tarkibiy qismi boiib kelgan.B) 1-gapda ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasining, 2-gapda qo'shma fe'lning tarkibiy qismi boiib kelgan.C) 1-gapda ham, 2-gapda ham ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasining tarkibiy qismi bo’lib kelgan. D) 1-gapda ham, 2-gapda ham qo'shma fe'lning tarkibiy qismi bo’lib kelgan. 81. Aybdor o`zi har bir savolga bergan javobi bilan jinoyatini iqror qildi. Gapda yasama so`zlar soni nechta? A) 5 B) 2 C) 3 D) 4 82..Qat'iy inkor ma'nosi ifodalangan gapni aniqlang. A) Men u yerga bormaganman.B) Men u yerga borganim yo'q. C) Men u yerga borgan emasman.D) Men u yerga bormayman. 83. Qaysi gapda sodda yasama fe'l ishtirok etgan? A) Uning chehrasi ko'zimga tanishdek ko'rindi.B) O'yladi-o'yladi, lekin o'yining oxiriga yetolmadi.C) Haydar ota yo'lakda kampiriga yo'liqdi.D) Omon dasturxonni yig'ishtirdi 84. Sensiz yasholmasam, netay? Gapda qaysi turkumga mansub so'zlar qo'llangan? A)olmosh va 2 tafe'l B)sifat va 2 ta fe'l C) fe'l va 2 ta olmosh D) sifat, fe'l va olmosh 85. Qaysi qatordagi gapda III shaxs buyruq maylidagi fe’l bilan ifodalangan kesim II shaxs ma’nosida qo’llangan? A) Hamma paxta terimiga! B) Oling qo’lingizni. C) Nega topshiriq bajarilmadi? D) Bu yerda chekilmasin 86. Qaysi gapda turdosh otdan yasalgan fe’l mavjud?A) Sovuq suyak-suyaklargacha o’tib ketayotgandek bo’ladi.B) Chumchuqlar, chittaklar, to’rg’aylar, sa’valar o’z to’plari bilan vijir-vijir, chug’ur-chug’ur sayrab-kuladilar.C) Chap qo’lida ushlab kelayotgan do’mbirasining qoshiga har xil tumorlar, munchoqlar, ipak popuklar taqilgan.D) Bu qo’ shiqda na nolish bor, na azob, unda yashash ishtiyoqi, pok muhabbat, bitmas-tuganmas orzu va qudrat bor edi. 87. Gul bag'rini nasim tildi - to'kildi, Saboga hikoyat qildi - to'kildi. Falak ishiga boq: bir haftada gul Chiqdi, g'unchaladi, kuldi - to'kildi. (U. Xayyom) Keltirilgan to'rtlikda nechta yasama fe'l qo'llangan? A)lta B)2ta C)4ta D)3ta 88.Tilingni so'zlashga soz, muhayyo qil, Tilingni o'q qil-u, aqlni yoy qil. Ushbu she'riy baytda fe'l turkumiga mansub nechta so'z qo’llangan? A)3ta B)4ta C)5ta D)6ta 89 .Qaysi gapda bo’lmoq so'zi qo'shma fe'l hosil qilgan? A) Bu yurishda men kasal bo'laman.B) Ha, men o'sha kasal bo'laman.C) Men, albatta, siz aytgan joyda bo'laman.D) Meni xavotirga solgan voqea, nihoyat, bo'ldi. 90. Qaysi gapda ko'makchi fe'l qatnashgan? A) Mushfiq u qiyofang bo'ldi namoyon .B) Yurt boshiga ish tushsa, er yigit hozir bolar.C) Buvim menga boigan voqealarni so'zlab berdi.D) Qavm- qarindosh bir dasturxon boshida gurungni quyuq qildik. 91. Harakatning tugallanganligini ifodalovchi ko'makchi fe'l mavjud qatorni belgilang. A) Men dastlab davrani bir aylanib chiqdim.B) Qozondagi ovqat sovib qolmabdimi? C) Bu voqealar uni o'ylantirib qo'ydi.D) Erta- indin havo ham isib ketadi 92. Ko`makchi fe`lning qaysi biri harakatning davomiyligini bildiradi? A) boshlamoq B) olmoq C) yotmoq D) chiqmoq 93. 1.quvla 2.so`zla 3.sen-la So`zlaridagi qo`shimchalar qanday qo`shimcha sanaladi? A) 1-so`z yasocvchi, 2-shakl yasovchi, 3-ko`makchi B) 1-lug`aviy shakl yasovchi 2-so`z yasovchi 3- ko`makchi C) 1-so`z yasovchi, 2-ko`makchi 3-sintktik shakl yasovchi D) 1,3 lug`aviy shakl yasovchi 2- sintaktik shakl yasovchi 94.Quyidagi gapda nechta yasama so`z bor? “Hayot suvi” ni toppish maqsadida haligi shahzoda ko`p choralarni izlabdi. A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 95.Qaysi gapda fe`l yasovchi va sifat yasovchi qo`shimcha ta`sirida ham asos ham qo`shimcha qismda fonetik o`zgarish sodir bo`lgan? A) Qiynoqlarga tashlading meni B) Qizcha dumaloq sharchasini toritb oldi C) Inson umrning o`tkinchiligini kech anglaydi D) Radiodan o`ynoqi musiqa ovozi eshitildi 96.Gumrohlik va adolatsizlik , firebu nayrang shoirni tig` yalang`ochlab qarshi oldi. Nechta yasama fe`l bor? A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 97.Tarkibida juft fe`l mavjud gapni toping .A) Shag`al to`kilgano`ydim-chuqur yerdan yurish azob beradi B) Bor gapni aytdi-qo`ydi C) Masalani uzil-kesil hal qilish vaqti kelmadimi? D) Keldi-kedi ko`payib nima qilishni bilmay qoldi 98.Qo`shmaa fe`lni toping. A) Besh kunlik dunyoning g`animatligini o`ylang B) Unsin otasi bilan ko`risha ketdi. C) U mehmonlar bilan quchoqlashib ko`risah ketdi D) Borlig`im bilan senga ko`mak berishga roziman 99.Ravish asosli sodda yasama fe`llarni toping. 1. Bugun sen ataylab ishga kechikding. 2.Ularni faqat so`z bilan davolamoq zarur 3. U daryoning kechik joyidan o`tar edi. 4. Yaxshilik urug`i ko`payaversin A) 2,3 B) 1,2,4 C) 1,4 D) 3,4 100. Tinch kuningni ko`rolmagan yurtfurushlar, Hali bir kaft tuprog`ingga zor bo`ladi. Gapda nechta yasama so`z bor? A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 101. Gumrohlik va adolatsizlik , fireb-u nayrang shoirni tig` yalang`ochlab qarshi oldi.Shoir nohaqlikka chiday olmadi, u yovuzlikni,johillikni,adolatni parchalash uchun kurashga otlandi. Gapda nechta yasama fe`l bor? A) 5 B) 2 C) 3 D) 4 102.Kimki birovlarga jabr sitam qilaversa, o`zi ham uzoq yashamaydi.Gapdagi fe`llar haqidagi to’g`ri hukmni toping. A) 1 ta sof fe`l 1ta harakat nomi B) 3 ta sof fe`l, 2 ta ravishdosh C) 1ta qo`shma fe`l, 1 sodda yasama fe`l D) 2 ta sof fe`l 2ta harakat nomi 103. Yashash bu orzular qanotin kermoq Yashash, bu muhabbat gullarin termoq. Parchada qo`llangan sodda yasama fe`llar sonini toping. A) 5 B) 2 C) 3 D) 4 Download 85.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling