12-LABORATORIYA ISHI
Statik noaniq balkaning ko‘chishini aniqlash
12.1. Tajriba maqsadi
Tajriba yo‘li bilan statik noaniq balka uchun ko‘chish miqdorini aniqlash va nazariy qiymati bilan taqqoslash.
12.2. Berilgan ish bo‘yicha asosiy tushunchalar
12.1-shaklda balkaning sxemasi ko‘rsatilgan.
12.1-shakl
Egilishga ishlaydigan statik noaniq balkaning ko‘ndalang kesim ko‘chishini analitik va grafoanalitik usul orqali aniqlash mumkin.
12.3. Tajribada ishlatiladigan uskuna va o‘lchov asboblari
Tajribani o‘tkazish uchun qurilma shakli 12.2-shaklda berilgan.
12.2-shakl
Bu yerda: R-to‘plangan yuk; П1 , П2-o‘lchash uchun strelkali indikatorlar bo‘lib, ularning kattalashtirish koeffitsienti K=100.
12.4. Ish bo‘yicha nazariy hisoblar
Balkaning ko‘ndalang kesimini ko‘chishini hisoblashda qo‘llanilgan usulni ko‘rsatib, zarur chizmalar chiziladi. Egilishga ishlaydigan statik noaniq balkaning (12.1-shakl) N va M ko‘ndalang kesimlaridagi ko‘chishlarning analitik qiymatlari quyidagicha bo‘ladi:
(12.1)
Hisoblashda E, Jy uchun quyidagi qiymatlar qabul qilinadi:
E = 2.1·106 kg/sm2, b va h o‘lchamlari ish jarayonida o‘lchanadi.
12.5. Tajriba bo‘yicha hisobot tuzish
Tajribadan yukning har xil qiymatlarida N nuqtadagi ko‘chishni indikator ko‘rsatgichi П1 , M nuqtadagi ko‘chishni indikator ko‘rsatgichi П2 olinib, 12.1- jadvalga kiritiladi. Nazariy (12.1) formulalardan olingan qiymatlar ham mos ustunlarga yoziladi.
12.1- jadval
O‘lchov asboblari
|
O‘lchov asboblaridagi sanoqlar
|
Deformatsiya miqdori
|
Farqi %
|
R=0
|
R= kg
|
Farqi
|
Tajriba
|
Nazariy
|
N nuqtadagi ko‘chishni ko‘rsatgichi P1
|
|
|
|
|
|
|
M nuqtadagi ko‘chishni ko‘rsatgichi P2
|
|
|
|
|
|
|
12.6. Xulosa
Tajriba va nazariy yo‘l bilan aniqlangan ko‘chish miqdorlari taqqoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |