12-laboratoriya ishi Toklar ferrorezonansi tadqiq etish (kuchlanishni o’zgartirib) Ishning maqsadi
Download 58.09 Kb.
|
1 2
Bog'liq12-lab.ishi
12-laboratoriya ishi Toklar ferrorezonansi tadqiq etish (kuchlanishni o’zgartirib) Ishning maqsadi Toklar ferrorezonansini amaliy tadqiqot qilish. Umumiy ma’lumotlar Toklar ferrorezonansi hodisasini o‘zaro parallel ulangan kondensator va ferromagnit o‘zakli induktiv g’altakdan iborat elektr zanjirida kuzatish mumkin. Bu hodisani tushuntirish uchun zanjirdagi energiya isroflari, kuchlanish va tokning yuqori garmonikalarini hisobga olmaymiz. Ferromagnit o‘zakli induktiv g’altakdagi IL tok va kondensatordan tushuvchi tok fazalari bir–biriga qarama–qarshi va zanjirni shoxobchalanmagan qismidagi tok ga teng bo‘ladi. Umumiy holda esa yoki bo‘lishi mumkin. va toklarni zanjir qismalariga berilayotgan kuchlanishning funksiyasi orqali ifodalasak, unda - induktiv g’altakning nochiziq volt-amper xarakteristikasi va - kondensatorning chiziqli volt-amper xarakteristikasi bilan tasvirlanadi. Zanjirning tarmoqlanmagan qismidagi tok va kuchlanishi ayirma grafigini punktir chiziq to’g’ri chiziqning absissasi qiymatlaridan chiziqning mos absissa qiymatlarini ayirib hosil qilamiz. Bu chiziqda shunday qism borki, unda kuchlanishning uch xil qiymatida ham tokning qiymati bir xil bo‘ladi. Zanjirda ko‘pincha hisobga olinmaydigan isroflar va yuqori garmonikalar bo‘lgani uchun, haqiqiy xarakteristika 20.1-rasmda ko‘rsatilgan uzluksiz chiziq bilan ifodalanadi, egri chiziq S shaklida bo‘lgani uchun tokni asta–sekin ko‘paytirilishida va kamaytirilishida zanjir qismalarida kuchlanishning «sakrashi» ro‘y beradi. 20.1-rasm. Toklar ferrorezonansli zanjirning volt – amper xarakteristikalari. «Sakrashlar» zanjirdagi faza siljishining ishorasini o‘zgarishi bilan birgalikda sodir bo‘ladi. Sakrashlar esa faqat zanjirni tok manbaiga ulanganda kuzatiladi. Amalda bunday hol zanjirni manba kuchlanishiga juda katta qarshilik orqali ulanganda bo‘ladi. Agar zanjirni kuchlanish manbaiga ulaganda esa, «sakrashi» bo‘lmagan egri chiziq hosil bo‘ladi. Download 58.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling