12-ma’ruza: Avtomatlashtirilgan rdb texnologik jihozlar


Download 350.52 Kb.
bet3/3
Sana05.01.2022
Hajmi350.52 Kb.
#228040
1   2   3
Bog'liq
12-ma’ruza Avtomatlashtirilgan RDB texnologik jihozlar

4.Konsolsiz vertikal frezalash dastgohining KTSi (rasm 57). Bunday dastgohning KTSi tepadan ko’rinish asosida Np.1, FB.3 va PB shartli belgilardan foydalangan holda qurilgan. Ishlov berilayotgan detal 1 stol X1 ga o’rnatilgan. Stol o’z navbatida salazkalar Y1 yo’naltirgichlari bo’yicha, salazkalar esa stanina Np yo’naltirgichlari bo’yicha harakat qiladi. Frezalash kallaki 3 progranmmalashtirilgan avtomatik Z yo’nalishida, hamda avtomatlashmagan rostlanuvchi z yo’nalishida harakatlanadi. Bundan tashqari shpindel pinolining rostlanuvchi wharakati mavjud. Ko’rib chiqilgan sxema konsolsiz vertikal frezalash dastgohlariga mansub.

Rasm 57. Konsolsiz vertikal frezalash dastgohining KTSi: 1- detal; 2 - freza; 3 - frezalash kallaki




Rasm 58. O’zaro ko’ndalang stolli vertical parmalash dastgohining KTSi:1...6 - shpindellar; 7 - salazkalar; 8 - stanina; 9 - support; 10 - asbobiy kallak;

11 - detal



5. O’zaro ko’ndalang stolli va asbobni avtomatik almashuvli vertikal parmalash dastgohining KTSi. Sxema oldi ko’rinish asosida qurilgan (rasm 58). KTSni qurishda PB.14 shartli belgilardan foydalanilgan. Detal 11 stolga mahkamlanib (X1 koordinatasi), stol bilan salazkalar 7 bo’yicha harakat qiladi. Salazkalar o’z navbatida stanina Np yo’naltirgichlari bo’yicha yuradi (harakatning musbat yo’nalishi Y).Asbobiy revolver kallak 10 support 9 ga o’rnatilgan va u bilan Z koordinatasi bo’yicha surish harakatini amalga oshiradi. Asboblarni avtomatik almashtirish uchun kallak V koordinatasi bo’yicha buriladi. Asboblar kallak 10 ning 1, 2, 3, 4, 5 va 6 raqamlar bilan belgilangan shpindellarga o’rnatiladi.

RDB dastgohi ta’rifini formalizatsiya qilishda navbatdagi bosqich dastgohning strukturaviy texnologik formulasini hamda uning quvvat formulasini tuzishdan iborat.
Download 350.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling