12-ma’ruza. Elektron ta’limni boshqaruv tizimi moodleda kurs yaratish reja


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/13
Sana05.01.2022
Hajmi0.87 Mb.
#211419
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
9-mavzu (1)

Seminar  elementi  talabalarning  mustaqil  ishlarini  yig‘ish,  ko‘rish,  tahrir  etish  va  shu 

bilan birgalikda baholash uchun qo‘llaniladi. 

Talabalar  o‘z  ishlarini  turli  Fayllar  ko‘rinishda, masalan,  Word  hujjatlari  va  elektron 

jadvallar ko‘rinishida hamda matnni matn redaktori yordamida kiritish imkonini beradi. 

Materiallar  o‘qituvchilar  tomonidan  berilgan  bir  nechta  baholash  kriteriyalari  bo‘yicha 

baholanadi.  Kursdoshlar tomonidan  qo‘yilgan  baholar  va  baholashni tushunish  shakli  o‘qituvchi 

tomonidan  berilgan  namunalar  asosida  amalga  oshiriladi.  Talabalar  bir  yoki  bir  nechta 

kursdoshlarining  ishlarini baholash imkoniyatlari berilgan.  YUborilgan ishlar,  agar  talab qilinsa, 

anonim bo‘lishi mumikn. 

Talabalar  seminar  uchun  ikkita  baho  olishadi  –  o‘zining  ishi  uchun  va  kursdoshlarining 

ishlarini baholash uchun. Ikkala baho ham baholash jurnaliga kiritiladi. 

Test elementi turli turdagi savollarni yaratishga imkon beradi: Ko‘p uchraydigan tanlash, 

To‘g‘ri/noto‘g‘ri, Mos keluvchi savollar, Qisqa javob, Son bilan ifodalangan savol. 

Test  bir  nechta  urinishli,  savollari  va  javoblari aralashtirilgan  holda  yaratilishi  mumkin. 

Testga cheklangan vaqt berilishi mumkin. 

Har  bir  urinish  essedan  tashqari,  avtomatik  tarzda  baholanadi  va  baholar  jurnaliga 

kiritiladi. 

Testlar quyidagi hollarda qo‘llanilishi mumkin: 

✓   Kurs imtihonlarida 

✓   Topshiriqlarni baholashda mini-testlar o‘tkazishda 

✓   YAkuniy nazoratda 

✓   Ish sifatini baholashda 

✓   O‘z-o‘zini baholashda 



Forum elementi foydalanuvchilarga  asinxron rejimda,  ya’ni uzoq  vaqt  davomida  ishlash 

imkonini beradi. 




111 

 

Forumning  bir  nechta  turlari  mavjud  bo‘lib,  ulardan  biri  standart  forum  hisoblanib, 



unda  har  bir  foydalanuvchi  yangi  suhbatni  ixtiyoriy  vaqtda  boshlashi  mumkin  yoki 

“Savol-javob”  forumida  talabalar  boshqa  talabalarning  javoblarini  ko‘rishdan  oldin  xabarga 

o‘zlari  javob  yozishlari  kerak  bo‘ladi.  O‘qituvchi  forumga  Файл  joylashtirishga  ruxsat 

berishi  mumkin.  Bu  Файл xabar ko‘rinib turadi. 

Qatnashchilar  forumga  yozilishi  mumkin.  O‘qituvchi  forumga  yozilishning  quyidagi 

turlaridan  birini  tanlashi  mumkin:  ixtiyoriy,  majburiy,  avtomatik  va  ruxsat    bermaslik. 

Talabalarga aniq vaqt davomida forumga xabarlarni joylashtirishga cheklovlar berishi mumkin. 

Forum  xabarlari  o‘qituvchilar  yoki  talabalar  (teng  huquqli  baholash)  tomonidan 

baholanishi mumkin. Ballar yig‘ilgan holda baholar jurnaliga yoziladi. 

Forumlar quyidagi hollar uchun ishlatilishi mumkin: 

✓   Talabalar bir-biri bilan tanishishi uchun. 

✓   Kursni e’lon qilish uchun. 

✓   Kursdagi materiallarni muhokama qilish uchun. 

✓   O‘qituvchilar o‘rtasida muhokama o‘tkazish uchun (yopiq forum yordamida). 

✓   Maslahat-yordam markazi uchun. 

✓   Talaba bilan alohida suhbatlashish uchun. 



Chat elementi aniq vaqt davomida sinxron yozishmalar imkoniyatiga ega. 

Chat  bir  martalik  yoki  kunda  yoki  haftada  bir  vaqtning  o‘zida  takrorlanishi 

mumkin.  CHat-sessiyani  saqlash  va  ba’zi  foydalanuvchilarga  yoki barchaga  ruxsatli kirishga 

ruxsat beradi. 

Chat guruhlar bir-birini ko‘rmagan taqdirda foydali hisoblanadi: 

✓   Bir  kursda  o‘qiydigan,  ammo  turli  joyda  bo‘lgan  talabalar  o‘rtasida  

suhbatlar 

o‘tkazishda; 

✓   Talaba o‘qituvchi bilan shaxsiy suhbatlashish imkoniyatiga ega bo‘lmasa; 

✓   Taklif etilgan ma’ruzachi bilan savol va javoblar sessiyasi uchun; 

✓   Nazoratlarga tayyorlanishda talabalarga yordam berish uchun. 

 


Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling