12-ma’ruza. Kiritish-chiqarishni boshqaruv tizimi. Reja


Download 0.54 Mb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1527014
  1   2   3   4
Bog'liq
12-ma\'ruza


12-ma’ruza. Kiritish-chiqarishni boshqaruv tizimi.
Reja:

  1. Kоmpyutеr kоnfiguratsiyasi kiritish va chiqarish tizimi

  2. Apparat ta’minоti kiritish-chiqarish prinsiplari.

  3. Оpеratsiоn tizimlarda kiritish-chiqarishni tashkil etishning asоsiy kоntsеpsiyalari.

  4. Оpеratsiоn tizimlarning kiritish-chiqarishni bоshqarish supеrvizоri.

  5. Supеrvizоr asоsiy funksiyalari.

  6. Kiritish – chiqarishni bоshqarish rеjimi.

  7. Kiritish-chiqarishning umumiy qurilmalari.

  8. Kiritish – chiqarishning asоsiy tizimli jadvallari.



Tayanch iboralar: konfiguratsiya, supеrvizоr, kiritish-chiqarish, modem, server, OT, сompyuter

Kompyuter konfiguratsiyasi deganda asosan uning texnik va dasturiy parametrlari tushuniladi. Misol sifatida Lenovo B590 rusumli notebook ni olamiz .


Kompyuter tipi ACPI kompyuter bazasi x64 (mobile)
Operatsion tizimi esa Microsoft Windows 8.1 Professional
Kompyuter ismi – SHOVVOZBEK
Foydalanuvchi ismi – Jumanazarov
Micro protsessor– Mobil DualCore Intel Pentium 2020m, 2400 MHz(24*100)
Ona plata – Lenovo 20206
Tezkor xotirasi esa 2 ta 4 Gb DDR3 – 1600 DDR3 SDRAM ( 800 MHz)
BIOS turi- Phoenix (06/26/2013)
Video xotira- NVIDIA GeForce 610M (1Gb)
Monitor- LG Philips LP156WH4-TLP1 [15.6” LCD]
Qattiq disk(vinchestr) – 1000 Gb
Klaviatura – Integrated PS/2 Keyboard
Sichqoncha – Lenovo Pointing Device
Wi-fi , Bluetooth , 3 ta USB port va 1.3 Mega piksell kamerasi va yana 6 soat zaryadni taminlab beruvchi batareyasi ham mavjud.
Operatsion tizimda kiritish chiqarishni boshqarish
Operatsion tizimning hamma kiritish-chiqarish qurilmalarini boshqarishi asosiy funksiyasidir. Operatsion tizim qurilmalarga buyruqlarni yuborish, uzilishlarni qabul qilishi va xatolarni qayta ulash amallarini bajarishi shart. Operatsion tizimli qurilmalar va tizimning qolgan qismlari orasida interfeys ta’minlab berishi kerak. Operatsion tizimning interfeysi rivojlantirish imkoniyatini yaratish uchun turli xil qurilmalar uchun bir bo`lishi kerak.
Kiritish – chiqarish qurilmalari 2 turga ajratiladi

  1. Blok yo`naltirilgan qurilmalar

  2. Bayt yo`naltirilgan qurilmalar

Blok yo`naltirilgan qurilmalar o`zini ma’lumotini,axborotini aniq hajmga ega bloklarda saqlaydi va ushbu blokning har biri o`zini adresiga ega. Eng keng qo`llaniladigan blok yo`naltirilgan qurilma – disk.
Bayt yo`naltirilgan qurilmalar adresslanmaydi va qidirish amallarini bajarishni ta’minlamaydi. Ular faqatgina baytlarning ketma – ketligini qabul qilishadi yoki yaratishadi. Masalan, terminallar, saytli printerlar.
Tashqi qurilma odatda mexanik va elektron komponentlardan iborat. Elektronik komponentli qurilmalarning kontrolleri adapter deb ham aytiladi. Mexanik komponent esa odatda qurilmaning o`zi. Bir necha kontrollerlar bir vaqt mobaynida bir necha qurilmani boshqarishi mumkin. Kontroller va qurilmani orasidagi interfeys standartlashtirilgan bazani ishlab chiqaruvchilar mos keladigan kontrollerlar va qurilmalar ishlab chiqishi mumkin.
Operatsion tizim odatda qurilma bilan emas balki kontroller bilan ishlaydi. Kontroller odatda oddiy funksiyalar bajaradi. Ular markaziy protsessor bilan ishlashda qo`llaniladi. Ba’zi kompyuterlarda ushbu registrlar fizikaviy address fazasining qismi deb hisoblanadi. Ushbu kompyuterlarda maxsus kiritish – chiqarish amallari yo`q. Ba`zi kompyuterlarda kiritish – chiqarish registrlarining adresslari erkin address fazasini yaratadilar.
Operatsion tizim kiritish – chiqarish amallarini bajaradi. Buyruqlarni, kontrollerni registrga yozadi. Masalar, IBM ning egiluvchan disk kontrolleri.
Kiritish – chiqarishni tashkil qilishning asosiy g`oyasi ushbu ta’minotning bir necha pog`onaga ajratishda pastki pog`onalar apparat tizimlarining afzalliklarini yuqori pog`onalardan ajratishini ta’minlab beradi. Yuqori pog`onalar va foydalanuvchi uchun qulay interfeysni ta’minlaydi. Dasturning turi ma’lumotlarni egiluvchan diskdan yoki qattiq diskdan yozib olingan yoki o`qib olinganni farqi bo`lmasligi kerak. Mustaqillik g`oyaga yaqin g`oya – bir shaklli nomlanishi, demak qurilmalarni nomlashda bir xil qoida kiritilishi shart.
Dasturiy ta`minotning yana bitta katta muammosi – xatoliklarni qayta ishlash. Bor yo`q xatoliklarni qurilmaga yaqin qayta ishlash kerak . Agar kompyuter o`qish xatoligi aniqlansa kompyuter o`zi tuzatishga harakat qilishi kerak. Agar kompyuter xatoni tuzatmasa keyin ushbu xatoni qurilmaning drayveri tuzatishi kerak. Ko`p xatolar qaytadan kiritish – chiqarish amallarini bajarganda yo`qolishi mumkin.
Kiritish – chiqarish tizimining ko`p pog`onali tashkillashtirish


8




7
9

10

11

12





  1. Dastur

  2. Kutubxona funksiyalari

  3. Tizimli chaqiruv

  4. Ma’lumotlarni bajarish tizimi

  5. Qurilmalar drayveri

  6. Uzilishlarni qayta ishlash

  7. Tizimli chaqiruvlarni qayta ishlash bloki

  8. Kiritish – chiqarish tizimiga murojaat qilish dasturiy ta’minoti

  9. Operatsion tizimning kiritish – chiqarish tizimi

  10. Qurilma tomonidan uzilish so`roqlari

  11. Qurilmalarning boshqarish buyruqlari

  12. Qurilma ma’lumotlari




Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling