12-Ma’ruza; Konchilik suv chiqarish qurilma turlari va ularning vazifalari. Tayanch so’z va iboralar
Download 213.01 Kb.
|
12-Ma’ruza (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Markazlashtirilgan suv chikarish kurilma
- Asosiy suv chiqarish qurilma.
- Yordamchi suv chiqarish qurilma
- Laxm o‘tish suv chiqarish qurilma
- Karer suv chiqarish qurilma
12-Ma’ruza; Konchilik suv chiqarish qurilma turlari va ularning vazifalari. Tayanch so’z va iboralar: Turbomashinalar, qurilma, dinamik o‘xshashlik, kuch, nasos zo‘riqmasi, ventilyator bosimi, o‘xshashlik tenglamalari, tashqi tarmoq, gidravlik qarshiliklar, mineral, xom- ashyo, resurslar Suv chiqarish qurilma nasos, elektr yuritgich, suv so‘rilish va suv haydalish quvrlar va boshka elektromexanik uskunalardan tashkil topgan mukkamal texnikaviy majmuadir. U konlarda kon suvini er sathiga chiqarib tashlash vazifasini bajaradi. Suv chiqarish qurilmani konda o‘rnatish joyi va bajaradigan vazifalarga ko‘ra markazlashtirilgan, asosiy, bo‘lim, yordamchi, lahm o‘tish, qudukli va karer suv chiqarish qurilmalariga bo‘linadi. Markazlashtirilgan suv chikarish kurilma xozirgi kunda yangi qurilma xisoblanadi. U uzaro yaqin joylashgan bir necha shaxtalar uchun o‘rnatiladi. Bunday xollarda barcha shaxtalardagi kon suvi bir joyda ya’ni markazlashtirilgan suv chikarish qurilma suv tuplagichida yig‘iladi. U yerdan kon suvi nasos yordamida er satxiga chiqarib tas’halanadi. Asosiy suv chiqarish qurilma. U shaxta stvollardan birining stvol atrofi qo‘rasida o‘rnatiladi. Konning barcha laximlardagi kon suvlari asosiy suv chikarish qurilma suv tuplagichida yig‘iladi va u erdan bevosita yyer sathiga chiqarib tashlanadi. Bo‘lim suv chiqarish qurilma. U pastki qavatlardagi kon suvini asosiy suv chiqarish qurilmaning suv to‘plagichiga yoki bevosita er sathiga chiqarib tashlash vazifasini bajaradi. Yordamchi suv chiqarish qurilma stvol atrofi qo‘rasidan pasda kovlab o‘tiladigan lahimlarda va shaxta stvoli zumfida (stvolning stvol atrofi qo‘rasidan pastki qismi) yig‘iladigan kon suvini asosiy suv chiqarish qurilma suv to‘plagichiga chiqarib berish vazifasini bajaradi. Laxm o‘tish suv chiqarish qurilma kon laximlarini kovlab o‘tish jarayonida lahimlarda to‘planadigan kon suvini bevosita er sathiga (shaxta stvolini kovlab o‘tishda) yoki asosiy suv chiqarish qurilma suv to‘plagichiga chiqarib tashlash uchun xizmat qiladi. Qudukli suv chiqarish qurilma. U shaxta yoki karerlarni ochish ishlarini boshlashdan oldin kon maydonini suvsizlashtirish uchun qo‘laniladi. Buning uchun kon maydoni chegarsida suvli qatlamgacha diametri 250 600 mm. bo‘lgan bir necha skvajinalar burg‘ilab o‘tiladi. Er osti suvlar skvajinalarga sizib chiqadi va u erda yig‘iladi. Skvajinalarda yig‘ilgan er osti suvlar qudukli suv chiqarish qurilma bilan bevosita er sathiga chiqarib tashlanadi. Karer suv chiqarish qurilma. U ochik konlardagi kon suvini er sathiga chiqarib tashlash vazifasini bajaradi. Konlarda o‘rnatiladigan suv chiqarish qurilma soni kon joylashgan xudud relefi, kon maydonining suvchanligi va foydali qazilmani qazib olish texnologiyasiga bog‘lik . Masalan tog‘ bag‘rida joylashgan va shtolnya bilan ochilgan konlarda suv chiqarish qurilma o‘rnatilishi shart emas. Chunki kon suvi shtolnya orkali oqib chikishi mumkin. Boshka xolarda albatta suv chiqarish qurilma o‘rnatiladi. Markazlashtirilgan, asosiy, bo‘lim va karer suv chiqarish qurilmalar nasosxonada joylashtiriladi. Shuning uchun ularni turg‘un, ya’ni o‘rnatish joyi o‘zgarmas, suv chiqarish qurilma deb tushuniladi. Stvol va kiya lahimlarni kovlab o‘tish jarayonida kon suvi to‘planadigan joy chuqurlashib boradi. Lahimlardan kon suvni chiqarib tashlash uchun qurilma joyini ham o‘zgartirish zarur bo‘ladi. Turg‘un suv chiqarish qurilmaning shaxtada joylashish sxemasi 3.1- rasmda ko‘rsatilgan. 1- rasm Asosiy suv chiqarish qurilmaning shaxtada joylashish sxemasi. 2 rasm. Laxim o’tish suv chiqarish qurilmasi Barcha laximlardagi kon suvi lahim uzunligi bo‘yicha kovlangan maxsus ariqchalar bo‘ylab ochib kelib suv to‘plagich 2-ga quyiladi. Suv to‘plagich 2 quvir orqali suv so‘rilish qudug‘i 3- bilan bog‘langan. Nasos agregatlari 9 nasosxona 1-da o‘rnatilgan. Suv so‘rilish quvirining (rasmda ko‘rsatilmagan) bir tomoni nasosning suv so‘rilish tomoniga o‘lanadi. Ikkinchi tomoni esa so‘rilish qudigi 3-ga tushurilgan xolatda bo‘ladi. Suv haydalish quvuri 10 bir necha o‘zaro ulangan quvur bo‘laklaridan iborat. Ular nasosxona 1, quvur bo‘lagi 4, shaxta stvoli 5 va er yuzida o‘rnatiladi. Suv chiqarish qurilma ishga tushurilganda kon suvi so‘rilish qudig‘idan suv so‘rilish quviri orkali nasosga so‘riladi. Nasosda uning zo‘rikmasi ortadi. Yuqori zo‘rikma bilan nasosdan chiqadigan kon suvi suv xaydalish quviri 10 bo‘ylab oqib er sathidagi suv tindirgichga 6 kelib quyiladi. Tik stvollarni kavlab o‘tish jarayonida kavlangan bo‘shlikga sizib chiqadigan er osti suvlarini er satxiga chiqarib tas’halash uchun maxsus osma nasos qurilmalari qo‘laniladi. Osma nasosning qurilmaning umumiy ko‘rinishi 3.2- rasmda ko‘rsatilgan. Qurilma nasos 1, elektryuritgich 2, umumiy rama 3, berkitgich (zadvijka) 4, teskari qopkok 5, suv xaydalish quviri 6, nasosni suv bilan to‘ldirish moslamasi 7, egiluvchi suv so‘rilish quviri 8 kabi uskunalardan tashkil topgan. Elektr yuritgich umumiy normada o‘rnatiladi. Nasosning suv so‘rilish tomoniga eguluvchan suv so‘rilish quviri va suv xaydash quviri o‘langan. Tik lahimni kovlab o‘tish jarayonida suv yig‘iladigan joy ya’ni kovlash joyi chuqurligi ortib boradi. Qurilma tik laximlarda po‘lat arqon bilan osib ko‘yilgan xolatda ishlatiladi. Po‘lat arqonning ikkinchi uchi chig‘ir (lebedka)ga ulanadi. Qurilmani suv to‘plagichdan chuqurlikka yaqinlashtirish va kovlash joyida portlatish ishini bajarishda uni havsiz balandlikga ko‘tarib ko‘yish lebedka yordamida amalga oshiriladi. Qudukli suv chiqarish qurilmalar turli qo‘rinishda va konstruktiv tuzilishda bo‘ladi. Ular shaxta yoki karrlarning ochish ishlarini boshlashdan oldin kon maydonni suvsizlantirish maqsadida qo‘laniladi. Qurilmaning elektromexanik usukunalari xududida joylashganligi sababli uni qudukli suv chiqarish qurilma deb ataladi. U er osti suvining sathini pasaytiruvchi quduk nasos agregati, suv quvirlar va qurilma ishini boshqarish vositalaridan iborat. Er osti suvini sathini pasaytiruvchi quduq bu diametri 150-600mm. va ma’lum chuqurgacha bo‘rg‘ilash usuli bilan kovlab o‘tiladigan lahimdir. Kon maydonining suvsizlantirish uchun bunday kuduklardan bir nechtasi kovlanadi. Buning natijasida er bag‘rida ma’lum xajmdagi bo‘shlik xosil bo‘ladi. Gidrostatik bosimi yuqori bo‘lgan er osti bosimi kam bo‘lgan tomonga ya’ni xosil bo‘lgan bo‘shliq tomon oqib keladi va bu erda to‘planadi. Bu er osti suvning er sathiga chiqarib tashlash uchun qudukli suv chiqarish qurilmalar qo‘laniladi Bu qurilmalardan birining ko‘rinishi 3.3-rasmda ko‘rsatilgan u suvga chuqtirilgan elektr nasos bilan jixozlangan quduqli suv chiqarish qurilma deyiladi. Chunki qurilmaning asosiy uskunalaridan bo‘lgan nasos va elektr yuritgich suvga cho‘ktirilgan xolatda ishlatiladi. Q urilma (3.3-rasm) bekitgich 1, monometr 2, boshqarish pulti 3, tirsak 4, tayanch plitasi 5, suv xaydalish quviri 6, bog‘lama (poyas) 7, mufta 8, elektr kabeli 9, nasos 10, filtir 11, elektr yuritgich 12, kabi uskunalardan tashkil topgan. Suv xaydalish quviri 6 bo‘laklarga bo‘lingan va nasos 10, filtir 11, elektr yuritgich 12 o‘zaro ulangan holda quduqga tartib bilan tushiriladi. 3-rasm. Suvga chuktirilgan elektr nasosli quduqli suv chiqarish qurilmasi Birinchi bo‘lib quduk og‘ziga nasos agregati tushiriladi. Tushirilgan agregatni bog‘lama 7 va tayanch plitasi 5 ko‘tarib turadi. So‘ng nasosning suv xaydalish tomoniga suv xaydalish quviring birinchi bo‘lagi mufta 8 yordamida ulanadi. Keyin nasos agregati va suv haydalish quvirining birinchi bo‘lagi quduqga tushiriladi. Ularning osilgan holatda bog‘lama va tayanch plitasi ko‘tarib turadi. Keyin suv haydalish quvurining birinchi bo‘lagiga uning ikkinchi bo‘lagi mufta orqali ulanadi. Sung ular xam quduqga tushiriladi. Shu tartibda suv xaydalish quvirining hamma bo‘laklari va nasos agregati qudukga tushiriladi va ularni osilgan xolatda bog‘lama va tayanch plitasi ko‘tarib turadi. Suv xaydalish quvurining ikkinchi tomoni tirsak 4 va berkitgich 1 orqali magistral quvurga ulanadi. Natijada suv to‘planadigan joydan suv chiqarib tashlanadigan joygacha yaxlit bir majmua ya’ni qudukli suv chiqarish qurilma paydo bo‘ladi. Bu qurilma bilan er osti suvi er satxiga chiqarib tashlanadi. Karer suv chikarish kurilma. Ochik konlardagi er osti, yomg‘ir, qorlarni erishi natijasida paydo bo‘ladigan kon suvi tog‘ jinslari va foydali qazilmani qazib olish va uni tashish qiyinlashadi. Ayrim hollarda kon suvi foydali qazilmani qayta ishlashga yaroqsiz holatiga keltirishi mumkin. Ochik konlarda kon suvini er sathiga chiqarib tashlash ishi konni ochishdan oldin boshlanadi. Buning uchun karer maydonida bir necha xududlar burug‘lab kovlanadi. Bu quduqlarga er osti suvining ma’lum miqdorigacha qismi qazib chikadi va u erda yig‘iladi. Quduklarda yig‘ilgan suv qudukli suv chiqarish qurilma bilan er sathiga chiqarib tashlanadi. Bu bilan bir qatorda karer maydoni chegarasida zovurlar kovlanadi. Ular karerga oqib kelishi mumkin bo‘lgan yomg‘ir va qor suvlarini karerdan boshqa tomonga oqizib yuborish uchun qo‘llaniladi. 4.-rasm. Karer suv chiqarish qurilma sxemasi. Karer maydonidagi kon suvini er sathiga chiqarib tashlash uchun suv chiqarish qurilma (3.4-rasm) o‘rnatiladi. U kon suvi to‘planadigan, ya’ni karerning pastki qismida yoki pog‘onalarda joylashtiriladi. Karer suv chiqarish qurilma nasos stansiyasi 7, ochik suv to‘plangich 3, suv so‘rilish 5 va suv xaydalish 8, quvurlardan iborat. Nasos stansiyasida nasos 6, elektr yuritgich 10 va nasosni ishga tushirish jixozlari 9 joylashtirilgan. Yordamchi nasos 4 nasos va suv so‘rilish quvurini suv bilan to‘ldirish uchun qo‘laniladi. Karer maydonidagi kon suvi zarur 1 bo‘ylab ochiq suv to‘plagich tomonga qarab oqib keladi. U quvur 2 orqali o‘tib ochiq to‘plagichga qo‘yiladi. So‘ng suv to‘plagichga yig‘ilgan kon suvi suv so‘rilish 5 va haydalish 8 va nasos 6 bilan er sathiga chiqarib tashlanadi. Misol: Respublikamizda eng ser suv hisoblangan Angeren ko‘mir razrezidan ikkita nasos stansiyasi o‘rnatilgan. Shimoliy va janubiy nasos stansiyalari shimoliy nasos stansyasida har birining soatlik unumdorlik 1250 m3/s bo‘lgan 4 ta D 1250/125 va janubiy nasos stansiyasida esa har birining soatlik unumdorligi 850 m3/s bo‘lgan. 8-ta SNSG- 850-240 turdagi nasos o‘rnatilgan. Ikkala nasos stansiyalari bilan yil davomida 5 6 mln. m3 kon suvi er sathiga chiqarib tashlanadi. Angren ko‘mir razrezining yillik ishlab chiqarish quvvati 3 mln.t atrofida. Unda har bir tonna ko‘mirni qazib olish uchun taxminan 1,6 2 m3 kon suvini er sathiga chiqarib tashlash kerak bo‘ladi. Download 213.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling