12-маъруза радиоактив фон. Радиоактив фон манбалари. Радиоактив парчаланишларнинг экзотик турлари кластер радиоктивлик. Радиоизотопларнинг тиббиётда қўлланилиши. Режа: Радиоактив фон ва унинг манбалари
Download 4.99 Mb.
|
12-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yod-123 radioizotopinimg tibbiyotda qo‘llanilishi
Kobalt-57 radioizotopini ishlab chiqarish uchun elektron tezlatgichlarni qo‘llashning prinsipial texnik va iqtisodiy afzalliklarini qayd qilib o‘tamiz. Bular quyidagilar:
Kobalt-57 radioizotopini elekton tezlatgichlarda olish bo‘yicha keng qamrovli ilmiy-tadqiqot ishlari bajarilmagan bo‘lib, bu radioizotopni olish optimal sharoitlar, ya’ni nishonni optimal nurlantirish va yuqori chiqishga erishiladigan “sovutish” vaqtlari, optimal nurlantirish energiyasi va nishon o‘lchamlari haligacha to‘liq o‘rganilmagan. Yod-123 radioizotopinimg tibbiyotda qo‘llanilishi Hozirgi kunda talab katta bo‘lgan ikkinchi bir radioizotop bu yod-123 radioizotopidir. Inson qalqonsimon bezining funksiyasi, qon hajmini o‘lchashda, miyani onkologik tekshirishda, buyrak va jigarni tekshirishda yod-131 o‘rniga yod-123 qo‘llanganda bemor oladigan nurlanish dozasini yod-131 ga nisbatan taxminan 100 marta kamaytiradi. Bunga sabab, yod-123 elektronlar chiqarmaydi va nisbatan qisqa yashovchi radioizotop hisoblanadi. Nurlanish dozasini bunday kamaytirish pediatriya va akusherlikda katta ahamiyatga egadir. Meditsina praktikasida tarkibida radioaktiv nuklid yod-131 bo‘lgan preparatlar keng qo‘llaniladi. Bu birinchi navbatda qalqonsimon bez va buyrak, shuningdek, boshqa organlarni tekshirishda qo‘llaniladi. Biroq 131I diagnostik protseduralar xavfsiz bo‘lmagan nurlanish dozasiga olib keladi, chunki bu radionuklid juda katta yarim yemirilish davriga, ya’ni 8 sutka va –-zarralar chiqaradi. Masalan, qalqonsimon bezni skaner qilganda aktivligi 0,5 bo‘lgan yod-131 kiritiladi, natijada uning to‘qimalari 100 rad doza oladi. Bunday tekshirishlarni chaqaloq a’zolarida o‘tkazish katta xavf tug‘diradi. O‘tgan asr yetmishinchi yillarining o‘rtalaridan qator davlatlarda boshqa radioaktiv izotop yod – 123I ni ishlab chiqarish tez rivojlana boshladi. Bu diagnostikada qo‘llanilayotgan 131I ni almashtirshga mo‘ljallangan. Yod-123I radioizotopining yarim yemirilish davri 13,3 soat atrofida bo‘lib, elektron qamrash orqali parchalanadi va amalda faqat - va rentgen nurlanishi chiqaradi. Shuning uchun tekshirishlar vaqtidagi radiatsion doza deyarli yuz marta kamayadi. Dunyo bo‘yicha 1980-yilda qisqa yashovchi 123I radiopreparati bilan 0,5 mln. atrofida diagnostik protseduralar bajarilgan, ya’ni ishlab chiqarilayotgan radiopreparatlarning aktivliklar yig‘indisi yuzlab kyurilarni tashkil qiladi. Radiofarmatsevtik preparat deb nimaga aytilishini ham eslatib o‘tishimiz lozim. Radiofarmatsevtik preparat deb, inson organizmiga diagnostik yoki davolash maqsadida kiritiladigan va molekullarida ma’lum bir radioaktiv nuklid bo‘lgan kimyoviy birikmaga aytiladi. Yuqorida bayon qilinganlarni yod-123 izotopi misolida ko‘rish mumkin. Bunda bemorga yod-123 radioizotopi mavjud bo‘lgan eritma ichiriladi. Bu radioaktiv yod-123 organizmga kiritilmasdan oldin ssintillyatsion datchik orqali o‘lchab olinadi va 100% deb qabul qilinadi. Nurlanishlarni qayd qiluvchi mukammalroq datchiklar, zamonaviy radiofarmpreparalar va radioaktiv nishonlar qo‘llanilishiga qaramasdan, aynan ishlab turgan to‘qimalarda radioizotop to‘planishi qayd qilish va baholash tamoyillari o‘zgarmasdan qolmoqda. Radiobiologlar tasdiqlashicha, kichik dozali nurlanishlar inson organizmiga ijobiy ta’sir ko‘rsatar ekan. Bu yerdan radionuklid diagnostikasida qo‘llaniladigan radioizotogagar xavfli emasligi kelib chiqadi. Shuni ham ta’kidlab o‘tishimiz kerakki, hozirgi kunda respublikamizda, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida, yod-125, 131 va kobalt-57 radioizotoplari ishlab chiqarilmoqda va chet ellarga eksport qilinmoqda. Ayniqsa yod-131 radioizotopi (radiofarmatsevtik preparati) o‘zining yuqori sifatliligi bilan boshqa chet el mahsulotlaridan ajralib turadi. Bundan tashqari, mazkur dargohda meditsinada qo‘llaniladigan o‘ndan ortiq radioizotoplar ishlab chiqilmoqda va meditsinada samarali qo‘llanilish kutilayotgan yangi radioizotoplar ustida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqsa. Institutda radioizotoplar yadro reaktori va U-115, 150 turdagi siklotronlarda ishlab chiqiladi. Mazkur institutda ishlab chiqarilayotgan radioaktiv izotoplar bo‘yicha batafsil ma’lumotni www.inp.uz sayti orqali olish mumkin. Download 4.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling