12-ma’ruza: Tabiiy gaz tarkibidan og’ir uglevodorodlarni ajratish. Reja
Download 335.63 Kb.
|
12-ma’ruza Tabiiy gaz tarkibidan og’ir uglevodorodlarni ajratis
Desorbsiya
Yuqori faollikka ega bo‘lgan adsorbentlar qimmatbaho materiallar qatoriga kiradi, shu sababli ulardan bir necha marotaba foydalanish lozim. Buning uchun adsorbsiya jarayonidan so‘ng adsorbent regeneratsiya qilinadi, ya’ni unda yutilgan modda ajratib chiqariladi. Adsorbsiyaga teskari bo‘lgan jarayon desorbsiya deb ataladi. Adsorbent quyidagi usullar yordamida regeneratsiya qilinishi mumkin: 1) adsorbentning haroratini oshirish yoki uning ustidagi bosimni kamaytirish; 2) adsorbent qatlami orqali isitilgan gaz yoki qizdirilgan bug‘ni haydash; 3) adsorbentda yutilgan komponentlarni adsorbsion xossasi yuqori bo‘lgan boshqa modda yordamida siqib chiqarish. Harorat qancha yuqori bo‘lsa desorbsiya jarayoni shuncha tez va to‘la boradi. Haroratni to‘g‘ri tanlash katta ahamiyatga molik. Tanlangan harorat yutilgan komponentlarni adsorbentdan to‘la ajratib chiqarishni va adsorbentning o‘ta qizib, parchalanib ketmasligini ta’minlashi zarur. Regeneratsiya paytida adsorbentning faolligi biroz kamayadi. Yuqori haroratlarda oson parchalanib ketadigan moddalarni desorbsiya qilishda boshqa modda yordamida siqib chiqarish usulini qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunday usuldan harorat 40-800C bo‘lganda foydalanish yaxshi samara beradi. Xar bir sharoit uchun tegishli harorat chegaralari qabul qilinadi. Masalan, gazlarni seolitlar yordamidan quritilgandan so‘ng, desorbsiya jarayoni (namlikni adsorbentdan ajratib chiqarish) ni amalga oshirish uchun harorat 300-4000C dan ortmasligi kerak. Adsorbentni to‘la regeneratsiya qilish uchun desorbsiyadan keyin adsorbentni quritish va so‘ngra sovitish zarur. Shundan so‘ng adsorbsiyaning yangi siklini boshlash mumkin. Desorbsiya jarayoni adsorbsiyaga ko‘ra ancha yuqori haroratlarda olib boriladi, shu sababdan desorbsiyaning vaqti adsorbsiyanikiga nisbatan kam Nazorat savollari: 1.Adsorbsiya deb nimaga aytiladi? 2. Adsorbsiyaga teskari jarayon qanday nomlanadi? 3.Adsorbsiya jarayoni necha xil bo‘ladi? Download 335.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling