12-mavzu. Amir Temur davlatining yirik markazlashgan saltanatga aylanishi. Reja


Download 344.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana24.04.2023
Hajmi344.78 Kb.
#1393977
  1   2   3
Bog'liq
12-ma\'ruza



 
12-mavzu. Amir Temur davlatining yirik markazlashgan saltanatga 
aylanishi. 
Reja: 
1. Amir Temurning Xorazmning bosib olishi. 
2. Amir Temurning Tuxtamish bilan janglari; 
3. Amir Temurning "uch yillik", "besh yillik", "etti yillik" urushlari; 
4. Anqara jangi. 
Amir Temurning Movaraunnahrdagi birlashtirish siyosati boshlangan edi. U 
Amudaryo va Sirdaryo oralig’ida turgan yerlarni o’ziga bo’ysundirib, o’ziga itoat 
ettirdi. Farg’ona, Shosh viloyatlarini o’z tasarrufiga kiritish unga qiyin bo’ladi. 
Sirdaryoning quyi oqimidagi Oltin O’rdaga qarashli yerlarni egallashda u bu 
yerlardagi ichki sulolaviy urushlardan foydalandi. 
Amir Temur Xorazmni ham qaytadan Movaraunnahrga kiritishga intildi. 
1372-yilda Husayn Sufi Amir Temurga boj to’lamasdan, buning ustiga Sohibqiron 
tomonidan yuborilgan elchiga shunday javob berdi: "Men mamlakatni qilich bilan 
fath etganman, shuning uchun ham uni faqat qilich bilan olish mumkin". O’sha yili 
Amir Temur Xorazmga qo’shin tortib keladi. Urganchga borish uchun Qiyot shahri 
orqali o’tish kerak edi, bu shahar bir oz qarshilik ko’rsatgandan keyin Temur 
qo’shini tomonidan ishg’ol qilinadi. Qiyotning qo’ldan ketishi Xusayn Sufiga 
kuchli ta’sir ko’rsatadi. U Amir Temur bilan yarashishga, uni talablarini bajarishga 
rozi boladi. Lekin ayrim hokimlar Amir Temurning tez baland martabaga 
erishishini ko’rolmay Husaynni unga qarshi gij-gijlay boshladilar. Husayn- 
ularning yordamiga ishonib Amir Temurga qarshi chiqadi, ammo uning tomonidan 
tor-mor etiladi. Shundan so’ng Husayn Urganch qal’asiga berkinadi va tezda vafot 
etadi. Uning o’rniga akasi Yusuf So’fi (1372) hokimiyatga keladi va Amir Temur 
bilan yarash shartnomasi tuzadi. Lekin u yarash shartlarini xiyonatkorona buzib, 
Amir Temur qaytib ketgandan keyin Qiyot shahrini bosib oladi va unga qarshi 
ochiqdan-ochiq dushmanlik harakatlariga o’tadi. Shundan so’ng Amir Temur 
Xorazmga ikkinchi marotaba yurish qilishga majbur bo’ladi. (1373-1374-y.). 
Ammo bu harbiy to’qnashuvgacha bormaydi, chunki Yusuf Amir Temurga tavba 
qilib yarash shartlarini so’zsiz bajarishga va’da beradi. Bu ikkinchi yurish 
natijasidan Janubiy Xorazm Amir Temur davlati tarkibiga kiradi. 1374-yildan 
keyin Amir Temur Xorazmga uch marotaba yurish qildi. Buning sababi Oltin 
O’rda xoni To’xtamishning Xorazmga da’vosi tufayli edi. 
1387-1388-yillarda 
To’xtamish, Amir Temurning Movaraunnahrda 
yo’qligidan foydalanib, Xorazmga hujum qildi. Xorazm hokimi bo’lgan Sulaymon 
So’fini Amir Temurga qarshi qo’zg’olon ko’tarishga undadi. Sulaymon So’fi 

Download 344.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling