12-mavzu. Boshqaruv hisobini tashkil etish


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/13
Sana09.04.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1346804
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
12-mavzu. Boshqaruv hisobini tashkil etish



12-mavzu. Boshqaruv hisobini tashkil etish 
1. Boshqaruv hisobining predmeti va usullari. Boshqaruv hisobini tashkil 
qilishning avtonom va integrallashgan usullari. Boshqaruv hisob va 
moliyaviy hisob orasidagi farqlar. Menejmentda boshqaruv hisobi.
 
2. Boshqaruv va moliyaviy hisoblarining schyotlarida xo’jalik 
muomalalarini qayd qilish. Xarajatlarni hisobga olish va mahsulotning 
tannarxini kalkulyatsiya qilish tizimini turkumlash. Mahsulotning 
tannarxini kalkulyatsiya qilishning oddiy, buyurtmali, me’yoriy va 
jarayonli usullari.
 
3. Standart-kost (Standart costs) tizimi bo’yicha mahsulotning tannarxini 
kalkulyatsiya qilish. DireKredit-kosting tizimi bo’yicha sarflangan 
xarajatlarni hisobga olish va mahsulotning tannarxini kalkulyatsiya 
qilish 
 
1. 
Boshqaruv hisobining predmeti va usullari. Boshqaruv hisobini tashkil 
qilishning avtonom va integrallashgan usullari. Boshqaruv hisob va 
moliyaviy hisob orasidagi farqlar. Menejmentda boshqaruv hisobi 
Mamlakatimizda yuzaga kelayotgan bozor munosabatlariga asoslangan yangi 
iqtisodiy tizim boshqaruvning iqtisodiy dastaklari hisoblangan hisob va nazorat 
bo’yicha sifat o’zgarishlarining amalga oshishiga sabab bo’lmokda. Bozorga 
yo’naltirilgan korxonalarning yuzaga kelishi bilan iqtisodiy hayotimizga 
«boshqaruv hisobi» deb atalgan yangi tushuncha ham kirib keldi. 
«Boshqaruv hisobi» deganda kompaniyaning turli bo’lim va xizmatlaridan 
kelib tushayotgan axborotlarni joriy va uzoq muddatli boshqaruv qarorlari qabul 
qilish maqsadida saralash, yig’ish, ro’yxatga olish, umumlashtirish, tahlil qilish va 
ichki foydalanuvchilarga etkazib berish bilan bog’liq jarayon tushuniladi. 
To’g’ri tashkil qilingan boshqaruv hisobi kompaniya faoliyatining ustuvor 
yo’nalishlarini aniqlash, kelgusi ishlarini rejalashtirish, yuzaga kelayotgan 
imkoniyatlarni asosli tarzda baholash va boshqaruv qarorlarining bajarilishi ustidan 
nazorat qilish imkonini beradi. Demak, boshqaruv hisobi menejerlarga quyidagi 
yo’nalishlar bo’yicha axborotlar etkazib berish uchun mo’ljallangan: 
■ rejalashtirish: 
■ nazorat: 
■ natijalarni baholash: 
■ qarorlar qabul qilish:
Zamonaviy boshqaruv hisobining ikkita asosiy xususiyatini ajratib ko’rsatish 
mumkin: 
1.Axborotning foydalanuvchisiga moslanuvchanligi. 
2.Ma’lumotlarni tezkor tarzda etkazib berishi. 


Boshqaruv hisobining ma’lumotlari odatda korxonaning tijorat sirini tashkil 
kiladi va ular xuffiy tafsilotga ega bo’lganliklari uchun ham ommaviy axborot 
vositalarida e'lon qilinmaydi. 
Boshqaruv hisobining maqsadi - korxona resurslaridan samarali 
foydalanishni ta’minlash orqali korxona foydasini ko’paytirishdan iborat 
Boshqaruv hisobining o’rta korxonalarda tashkil kilinishi mumkinligini inkor 
kilmagan holda, u iqtisodiy ko’lami katta bo’lgan korxonalarda sezilarli samara 
berishi mumkinligini ta’kidlash lozim. 
Rivojlanishning hozirgi bosqichida boshqaruv hisobining oldiga quyidagi vazifalar 
qo’yilgan: 
▪ bir necha xuquqiy shaxslar va tarkibiy bo’linmalardan iborat bo’lgan biznesning
umumlashgan natijalari to’g’risida rahbariyatni axborot bilan ta’minlab turish; 
▪ biznes tarkibiga kirgan bo’linmalar o’rtasida qanday taqsimlanganligidan qat’iy 
nazar alohida olingan yo’nalishlar (faoliyat turlari,tovarlar guruhi) natijalarini aks 
ettirish; 
▪ alohida olingan mas’uliyat markazlari (sho’ba korxonalar,filiallar, 
tsexlar,bo’linmalar va x.k.lar) faoliyatini tahlil qilish va ularga baho berish
▪ xarajat markazlari bo’yicha hisobni tashkil qilish orqali moddiy, moliyaviy va 
mehnat sarflari ustidan nazoratni olib borish; 
▪ mahsulot tannarxini oqilona kalkulyatsiya qilinishini ta’minlash; 
▪ xarajatlarni kalkulyatsiya o’bekti o’rtasida to’gri taqsimlanishini ta’minlash
maqsadida optimal taqsimot bazasini aniqlash; 
▪ kompaniya biznesining hozirgi kundagi kamchilik va muammolarini ko’rsatib 
berish; 
▪ kompaniya biznesining kelgusida rivojlanishi to’skin bo’lishi mumkin bo’lgan 
muammolarni aniqlash; 
▪ o’zgarish sur’atlarini o’rganib borish maqsadida korxonaning daromadlari va 
xarajatlari to’grisidagi statistik ma’lumotlarni yigib borish; 
▪ joriy va uzoq kelajak uchun rejalashtirishni amalga oshirish va byudjetning 
bajarilishi ustidan nazoratni o’rnatish;
▪ boshqaruv hisobi natijalarini moliyaviy hisob ma’lumotlari bilan solishtirib 
borish va h.k. 
Korxonalarda boshqaruv hisobini tashkil qilish, uning ko’lamini aniqlash 
rahbariyat ixtiyoridagi holat hisoblanadi. Korxonada boshqaruv hisobini tashkil qi-
lishning zarurligi quyidagi holatlarda namoen bo’ladi: 
▪ rahbariyat doimo o’z biznesining holati va uning kelajakda uchrashi mumkin 
bo’lgan muammolari to’g’risida to’liq va to’g’ri ma’lumotga ega bulishni 
xohlaydi. Kor-xonalarda ananaviy tarzda yuritilayotgan buxgalteriya hisobi esa bu 
talabga to’liq tarzda javob bera olmaydi; 


▪ rahbariyat biror bir masala bo’yicha ma’lumot olish uchun bir necha bo’limga 
murojaat qilishga majbur bo’ladi. Masalan, debitorlik qarzlari to’g’risidagi 
ma’lumotlar korxonaning moliya bo’limi, eksport bo’limi,tijorat bo’limi va uy-joy 
kommunal bo’limida saqlanishi mumkin; 
▪ boshqaruvning ayrim funktsiyalari bajarilmasligi natijasida uning 
samaradorligining pasayishi yuz beradi. Masalan, xarajatlar tahlili, pul oqimlari 
tahlili, debitorlik qarzlarini yig’ish ma’lumotlarini o’z vaqtida tahlil qilib boril-
masligi va h.k. Buning natijasida korxona moliyaviy qiyinchilik holatida ham 
mablag’lar jalb qilishning qimmatli usullaridan foydalanishga majbur bo’ladi, 
muddati o’tgan, to’lanishi dargumon bo’lgan debitorlik qarzlari yuzaga keladi; 
▪ bo’limlar o’rtasida majburiyat va mas’uliyatni to’g’ri taqsimlanishdagi noaniqlik
ular o’rtasida nizolarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi va buning natijasida 
ayrim xo’jalik muomalalari nazoratsiz qolib ketadi. Masalan, hisobchilar ayrim 
xo’jalik muomalalari bo’yicha buni boshqa bo’lim amalga oshirishi lozim deb 
hisoblab o’zaro tekshiruvlarni amalga oshirmaydilar 
▪ hujjatlar aylanishiga hamma vaqt ham rioya qilinmasligi, natijada 
jarimalarning yuzaga kelishi, soliklarning noto’g’ri hisoblanishi va boshqa 
moliyaviy yuqotishlar paydo bo’lishi mumkin. Masalan, korxona hisobchilari 
ayrim bo’limlar tomonidan o’z vaqtida tegishli hujjatlarni taqdim qilinmaganligi 
natijasida oy oxirida hisobvaraqlarni berkita olmasliklari mumkin.
▪ korxona bo’linmalari bo’yicha aniq ma’lumotlarning mavjud emasligi. Bu
ularning har birini real holatini aniqlash va faoliyat natijalariga baho berish 
jarayonini qiyinlashtiradi va x.k. 
Yuqorida keltirilgan va yana bir qator boshqa omillar korxonalarda boshqaruv 
hisobini u yoki bu darajada tashkil qilishni taqazo qiladi. 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling