12 Mavzu: Boshqaruv tashkiliy tarkibi r е j a
Jamoat va o’z-o’zini boshqarish organlari
Download 36.52 Kb.
|
12-мавзу
12.5 Jamoat va o’z-o’zini boshqarish organlari
Konstitutsiyaning o’6-moddasida quyidagilar yozilgan: O’zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan: kasaba uyushmalari; siyosiy partiyalar; olimlarning jamiyatlari; xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari; ijodiy uyushmalar; ommaviy xarakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari sifatida e‘tirof etiladi. Kasaba uyushmalari xodimlarining ijtimoiy-iqtisodiy xuquqlarini va manfaatlarini ifoda etadi va ximoya qiladi. Boshqarishda faol qatnashadi. Siyosiy firkalar, turli tabaka va guruxlarning siyosiy irodasini ifodalaydi va o’zlarining demokratik yo’l bilan saylab ko’yilgan vakillari orkali davlat xokimiyatini tuzishda ishtirok etadi. Siyosiy firkalar o’z faoliyatlarini moliyaviy ta‘minlanish manbalari xakida Oliy Majlisga yoki u vakil qilgan organga belgilangan tartibda oshkora xisobotlar berib turadi. Jamoat organlari jamoalaridan soglom, ijodiy muxit yaratishda, ishlab chiqarishda uyushqoqlik va intizomni mustaxkamlashda ma‘muriy organlarga ko’maklashib, ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bilan xam shuғullanadi. O’zbekiston Rspublikasining «Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’ғrisida»gi qonunining (02.09.1999) 1-moddasida o’zini o’zi boshqarish organlari xakida ko’yidagicha yozilgan: «Shaxarcha, qishloq va ovullar, shuningdek ular tarkibidagi maxallalarda xamma shaxarlardagi maxallalarda fuqarolarning yiginlari o’zini o’zi boshqarish organlari bo’lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslaxatchilarini saylaydi». o’zini o’zi boshqarish organlari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda qatnashishga doir o’z xuquqlarini ruyobga chiqarishlarida fuqarolarga ko’maklashadi, o’z xududlaridagi ijtimoiy va xo’jalik vazifalarini xal etish, ommaviy-madaniy tadbirlarni o’tkazish, davlat xokimiyati va boshqaruv organlariga O’zbekiston Respublikasi qonunlarini, O’zbekiston Respublikasi xukumatining, xalq deputatlari Kengashlari va xokimlarning qarorlarini bajarishda yordamlashish maqsadida fuqarolarni birlashtiradi. Download 36.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling