12-mavzu: Boshqaruvda pedagogik qobiliyatlar. Reja
Pedagogik qobiliyat. Qobiliyatning psixologik-pedagogik tavsifi
Download 135.5 Kb.
|
12-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Odamni tarbiyaning eng asosiy yo‘li ishontirishdir, odamning e’tiqodiga esa faqat ishontirish bilan ta’sir qilish mumkin”
- Qobiliyatlar
2. Pedagogik qobiliyat. Qobiliyatning psixologik-pedagogik tavsifi.
Pedagogik qobiliyatlar tarbiyasi birinchi bo’lib, XIX asr o’rtalarida paydo bo’ldi. Desterverg 1-chi bo’lib pedagogik qobiliyat, persteptiv qobiliyatlar haqida gapirib bu masalaga e’tiborini qaratdi. U pedagogik qobiliyatning kuchiga, pedagogik taktga va qat’iy erkinlikka e’tibor berdi. U o‘qituvchining bilim orttirishlik qobiliyati tushunchasini ilgari surdi. So‘ngra XIX asrning 2-chi yarimida P.G.Redkin “ahloqiy qobiliyat” tushunchasini ilgari surdi. Bu fikrni K.D.Ushinskiy davom ettirdi. U “Odamni tarbiyaning eng asosiy yo‘li ishontirishdir, odamning e’tiqodiga esa faqat ishontirish bilan ta’sir qilish mumkin”, deydi. L.N.Tolstoy: “Tarbiyalashning muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun tarbiyalovchi kishilar sira tuxtamay o‘zlarini tarbiyalay bilishlari kerak” degandi. A.S.Makarenko o‘z tajribasiga asoslanib, “agar har bir kishi qunt bilan mehnat qilsa, u o‘ziga nisbatan talabchan bo‘lsa, u yaxshi pedagog bo‘lishi mumkin”, deydi. Qobiliyat hamma insonlarda mavjud bo‘lib, bir tekisda bo‘lmay, biri yuqori, biri o‘rta quyi darajadan iboratdir. Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o‘qituvchi pedagogik mahoratga ega bo‘lishi zarur. Pedagogik mahorat egasi o‘zi mehnat sarf qilib, katta natijaga erishadi. Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo‘ladi va rivojlanadi.
Download 135.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling