12-mavzu. Davlatning iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash vazifalari
Iqtisodiy xavfsizlikning namoyon bo’lish shakllari
Download 278.91 Kb. Pdf ko'rish
|
12-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12.1. Iqtisodiy xavfsizlikning namoyon bo’lish shakllari.
12.1. Iqtisodiy xavfsizlikning namoyon bo’lish shakllari.
Mamlakat aholisining oziqovqatga boʻlgan talabini qondirilishi 80%, mamlakatning energiya omillariga boʻlgan talabining oʻz hisobidan 70—80% ga qondirilganda xavfsizlikka erishilgan hisoblanadi. Eksport xavfsizligi mamlakat eksport salohiyatini amalga oshirish imkoniyati bilan belgilanadi. Eksport tarkibida isteʼmolga tayyor mahsulotlar, birinchi navbatda, ishlov beruvchi sanoat mahsulotlari boʻlishi talab etiladi. 5 12.1. Iqtisodiy xavfsizlikning namoyon bo’lish shakllari. Iqtisodiy xavfsizlik konsepsiyasida iqiisodiyolda ijtimoiy ishlab chiqarish hajmi va dinamikasi, iqtisodiy salohiyatdan foydalanish samaradodigi. iqtisodiyotning ochiqligi, intellektual salohiyatning holati, innovatsion darajasi, ijtimoiy-siyosiy barqarorhk, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga ta’sir ko'rsatish darajasi, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi tendensiyalarining istiqbolli prognozlari va ulaming asosiyustuvorliklari o‘z ifodasini topishi lozim. 6 12.1. Iqtisodiy xavfsizlikning namoyon bo’lish shakllari. Iqtisodiy adabiyotlarda davlat iqtisodiy strategiyasining uch jihati va tarkibiy qismlari ajratib ko'rsatilgan. 1. Iqtisodiy xavfsizlik va mamlakat hayot faoliyati muhim sohalarining himoyalanganligini ta’minlaydigan milliy, davlat manfaatlarini aniqlash. 2. Shaxs, jamiyat va davlatning muhim hayotiy manfaatlariga ziyon keltiradigan iqtisodiy xavfsizlikka tahdidlar va xavf-xatarlarni tavsillash. Bunda qisqa, o‘rta va uzoq muddatli davrlarda davlat va ijtimoiy-iqtisodiy tizim barqarorligiga zarar yetkazuvchi, salbiy ta’sir ko'rsatuvchi omillar va sharoitlar aniqlanadi. 3.Iqtisodiy xavfsizlikning turli tahdidlar, xavf-xatarlardan barqaror himoyalanishini ta’minlashga qaratilgan iqtisodiy siyosatni shakllantirish, institutsional o'zgarishlarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling