Bunday nuksonlar natijasida nonning sifati juda ham pasayib, xatto eyishga yaramay koladi. Yaxshi teshikkulcha mahsulotlari turli shaklli, tekis, silliq va yaltiroq sirtli, sarg’ish-tilla rangli, yokimli ta’m va hidli bo’lishi lozim. Dikkat bilan yaxshi ulanishi, marzi yaxshi ko’pchigan va aralashtirilgan bo’lishi lozim. Baranka va mayda teshikkulcha kasirkusur, yirik teshik-kulcha-bublik esa yumshoq bo’lishi lozim. 1 kg da 35-40 dona baranka, 120-250 ta mayda teshikkulcha, 10-20 dona yirik teshikkulcha bo’ladi. Barankaning namligi 14-19%, mayda te-shikkulchaniqi 9-12%, yirik teshikkulchaniqi esa 22% bo’ladi. Suharilarning sifati, shakli, tashqi ko’rinishi, rangi, ta’mi, hidi, namligi, ivuvchanligi, kislotaning miqdori va bir kilogrammga necha dona turli kelishi singari ko’rsatkichlar asosida baxolanadi. Barcha turdagi suharilar chiroyli kirqilgan, bir tekis ko’rigan, qo’ymagan, chuko’r yog’iqlar bo’lmagan, begona narsalar qo’shilmagan bo’lishi lozim. Yaxshi suharida mayda uvalangani va ushoqlari umumiy og'irlikka nisbatan ko’pi bilan 3%, gorbushkasi 20% bo’lishi lozim. Sutli-yog’li suhari turli shaklli, jigarrang, ustki sirti yaltiroq, ta’mi muayyan sortga xos shirinroq, achimsik ham emas chuchuk ham emas, tuzi raso, qo’ymagan, begona ta’mlardan xoli, hamiri yaxshi korilgan, rovakligi bir tekis bo’ladi. Namligi, sortiga qarab, 8-12% urtasida bo’lishi lozim. Erik va bushliklar bo’lishiga yul qo’yilmaydi. Non va bo’lochka mahsulotlari yog’och kuti, yashik, ba’zan savatlarga joylanadi. Bunday idishlar toza, quruq va hidsiz bo’lishi kerak. Non, bo’lochka va teshikkulcha, suharilar maxsus jixozlangan, kuzovi berk, ichida toqchalari bo’lgan avtoaravali transportda tashiladi. Nonni ochik. mashina va aravalarda tashish ham mumkin, lekin bunda mahsulot solingan yashik yoki savatlar ustiga brezent yopilgan bo’lishi shart. Non tashiladigan transport, idish'va brezentdan boshqa maksadlarda foydalanishga yul qo’yilmaydi. Ular toza joyda saqlanishi, non solinayotganda al-batta qarab chiqilishi va tozalanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |