12-mavzu. Innovatsion faoliyatning tashkiliy shakllari
Download 380,46 Kb. Pdf ko'rish
|
12-mavzu
12-MAVZU. INNOVATSION FAOLIYATNING TASHKILIY SHAKLLARI 12.1.Yangi turdagi tashkilotlardagi integrastiyalashish va har tomonlama rivojlanish jarayonlari Yangi turdagi tashkilotlarda integrastiyalashish va har tomonlama rivollanishning o’zaro bir birlarini to’ldiruvchi jarayonlaridan keng foydalaniladi. Vertikal integrastiyalashish yoki o’tgan bosqichlar bilan uyg’unlashish ham yagona tashkilot doirasida ichki tashkiliy bozor orqali va ham doimiy shartnomalar asosida tashkil qilinishi mumkin. Integrastiyalashish kompaniyaning ilmiy - tadqiqot va ishlab chiqarish faoliyatini faollashtirish sifatida yo’naltirilgandir. Aralash korporotiv - bozor asosida doimiy va vaqtincha turdagi, bir tomondan innovastion davraning barcha bo’g’inlarini integrastiyalashishga, boshqa tomondan esa alohida firmalar, innovastion biznes korxonalari va boshqa tashkilotlar faoliyatini ham bir birlari bilan va bozor iqtisodiyotining boshqa institutlari bilan muvofiqlashtirish va jipslashtirish mexanizmlarini yaratishga asoslangan yangi tashkiliy qurilmalar shakllanadi. Bunday firmalararo integrastiyalashishning o’ziga xosligi tashqi muhitga ko’proq moslashish va sheriklar faoliyatiga zaruriy ravishda birikish va vaziyatli o’xshashdan iboratdir. U sinergik (o’zaro hamkorlikdagi) samara bilan ta’riflanadi, bu samara iqtisodiy tashkilotning oraliq shakllari turidagi tashkiliy qurilmalarida eng yuqori ahamiyatga erishadi, bu shakllardan bir qismi institutstional tarkibiy elementlarni o’z ichiga oladi. Integrastion - tarkibiy o’zaro hamkorliklarning eng ilgallab ketgan shakllari ham moliya - sanoat guruhlarida va ham innovastion tadbirkorlikning yangi sohalarida vujudga keladilar. Integrastion - tarkibiy jarayonlarni birikishining mexanizmi venchurli (tavakkalchilik bilan kiritilgan sarmoyali) tadbirkorlikda to’liqroq gavdalanadi. Download 380,46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling