12-mavzu. Ishlab chiqarishda hayot faoliyat xavfsizligi ishlab chiqarishda hayot faoliyati


«Ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigienasi»


Download 50.07 Kb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi50.07 Kb.
#1536220
1   2   3   4
Bog'liq
uCZqVoJx0KZ8BJ9XUb97as1Y3guu8f1RRImQsnjl

«Ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigienasi»da ishlab chiqarish binolari va ish joylari havosining ifloslanish omillari, havo tarkibidagi zararli moddalarni me’yorlashtirish, sanitar me’yorlar va talablar, zararli va zaharli moddalarning ruxsat etilgan miqdorlari, ish joylari havosi tarkibini me’yorlashtirish, shamollatish va isitish tizimlari, shovqin va titrashlar, ularning inson sog‘ligi va mehnat qobiliyatiga ta’sirini kamaytirish hamda ulardan himoyalanish usullari, yoritilganlik va uning me’yorlari, ionli va radioaktiv nurlanishlardan himoyalanish yo‘llari, korxonalar va ishlab chiqarish binolari, shuningdek, turar joy va aholi yashash joylariga qo‘yilgan sanitar-gigienik talablar, shaxsiy gigiena kabi masalalar o‘rganiladi.
«Xavfsizlik texnikasi asoslari»da mashina va mexanizmlarning ish jarayonlariga qo‘yilgan umumiy xavfsizlik talablari, xavfsizlikni ta’minlovchi texnik vositalar (to‘siqlar, saqlash qurilmalari, tormozlar, signallar, xavfsizlik belgilari va b.), ishlab chiqarishdagi mashina va mexanizmlardan, jumladan axborot – kommunikatsiya tizim texnik vositalaridan foydalanishda xavfsizlik texnikasi, elektr xavfsizligi, texnik vositalar, mashina va mexanizmlar hamda qurilmalarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatishda xavfsizlik texnikasi, yuk ko‘tarish-tushirish mashinalari va qurilmalari bilan ishlashda, transport ishlarini amalga oshirishda xavfsizlik texnikasi kabi masalalar o‘rganiladi.
Introduction to Health and Safety at Work. Phil Hughes, Ed Ferrett. The Boulevard, Langford Lane, Kidlington, Oxford OX5 1GB, UK. ISBN: 978-0-08-097070-7. 2011/p-213.
«Yong‘in xavfsizligi»da yong‘in xavfsizligi bo‘yicha umumiy talablar, yonish jarayonining mohiyati, yong‘in va portlash sabablari, materiallarning yonish va portlash xususiyatlari bo‘yicha tasniflanishi, ishlab chiqarishni portlash, yonib-portlash va yong‘in xavfliligi bo‘yicha kategoriyalari, yong‘in zonalari, yong‘indan himoyalanish tizimlari, binolar va inshootlarning yong‘inga mustahkamligi va chidamliligi bo‘yicha tasnifi, o‘t o‘chiruvchi vositalar, yong‘inga qarshi suv ta’minoti, o‘t o‘chirgichlar va o‘t o‘chirish texnikalari, yong‘inni o‘chirishni tashkil etish, yong‘in aloqasi va signalizatsiyasi, yong‘in vaqtida evakuatsiya ishlarini tashkil etish kabi masalalar o‘rganiladi.
Introduction to Health and Safety at Work. Phil Hughes, Ed Ferrett. The Boulevard, Langford Lane, Kidlington, Oxford OX5 1GB, UK. ISBN: 978-0-08-097070-7. 2011/p-307.

Download 50.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling