12-mavzu. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini boshqarish usullari va qarorlar qabul qilish jarayoni reja
Boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usuli
Download 31.4 Kb.
|
12-мавзу. КБХТ субъектларинибошқариш усуллари ва қарорлар қабул қилиш жараёни
Boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usuli
Boshqarishning bu usuli yakkaboshchilik munosabatlari, intizom va ma’muriyatga asoslanadi. Bozor iqtisodiyoti qonunlari, huquqiy hujjat tamoyillarining bajarilishini hisobga oluvchi va boshqaruv obyektiga о‘z ta’sirini о‘tkaza oladigan uslublar tizimi tashkiliy-taqsimlovchi usullardir. Tashkiliy-ma’muriy ta’sir kо‘rsatish boshqariluvning aniq boshqarilayotgan obyektiga yoki shaxslarga qaratilgan majburiy tavsifidagi tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri ma’muriy kо‘rsatmalardir. Boshqacha aytganda, korxonaning rahbari о‘ziga bо‘ysunuvchi kasaba uyushmasi rahbariga, kasaba uyushmasi rahbarlari shu kasaba uyushmasidagi ishlab chiqarish bо‘limlarining ustalariga bevosita bajarilish zarur bо‘lgan kо‘rsatmalarni berishi mumkin va kо‘rsatmalar bajarilishi lozim. Bunday kо‘rsatmalar jumlasiga mahsulot turlarini rejaga asosan bir meyorda ishlab chiqarishni yuqori darajada tashkil qilish, mahsulot sifatini yaxshilash, mehnat meyorlarini о‘z vaqtida kо‘rib chiqish, mehnat intizomini mustahkamlash va boshqa tez hal qilinadigan masalalar tо‘g‘risida kо‘rsatmalar kiradi. Nima sababdan boshqaruvning ma’muriy-farmoyish usullari ma’muriy shakllar bilan qо‘shib olib boriladi. Bu kо‘p hollarda tashkiliy ta’sir ma’muriy huquqni qо‘llash, ya’ni qaror va farmoyishlarni amalga oshirishga asoslanadi. Lekin, «boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usuli» tushunchasi «ma’muriy boshqaruv usuli» tushunchasidan bir qadar kengdir, chunki tashkiliy-farmoyish usullari boshqaruvning turli darajalariga turli kо‘lamda va shaklda tashkiliy ta’sir etishni о‘rganish masalalarini ham qamrab oladi. Tashkiliy-farmoyish usullari tashkiliy aniqlikni ta’minlaydilar, tashkiliy tizim, boshqaruvning har bir bо‘g‘ini vazifalarini belgilab beradi, boshqaruv apparati intizomi va faoliyati samaradorligini ta’minlaydi va joy-joyiga qо‘yadi va h.k. Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usullari ularning ishlab chiqaruvchilarga ta’sir etish manbalari va yо‘nalishalri bо‘yicha turlarga ajratiladi. Bunga bog‘liq holda ta’sir etishning tashkiliy-farmoyish usullari uch guruhga bо‘linadi: tashkiliy barqarorlashtiruvchi, farmoyish va intizom. Ta’sir etishning tashkiliy-barqarorlashtirish usullari asosiy maqsadi hamkorlikda ishlash uchun tashkiliy asos yaratishdir, ya’ni vazifa, majburiyat, javobgarlik va vakolatlarni taqsimlash, tartib о‘rnatish va h.k. Ma’muriy ta’sirning tashkiliy shakllarining ikki: tashkiliy reglamentlash va tashkiliy meyorlash turlari mavjud. Tashkiliy reglamentlash vositasida davlat boshqaruvchi va boshqariladiga tizimga ularning maqbul nisbatini, tashkiliy tizimini va har bir darajada boshqaruv chegaralarini aniqlash maqsadida ta’sir etadi. Tashkiliy reglamentlashga misol qilib lavozimlar haqida Nizomni kо‘rsatish mumkin. Tashkiliy meyorlash hujjatlari vositasida xom-ashyo, materiallar sarfini meyorlash, mahsulotlar ishlab chiqarishga mehnat sarfi, ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish, texnikaviy va texnologik meyorlar(standartlar, meyorlar, qayta ishlov berish usuli, tartibi va о‘.k.) ishlab chiqarishini tashkil etish meyorlari. Ta’sir etishning farmoyish usullari cheklovchi hujjatlarda kо‘zda tutilmagan mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda kundalik jadal boshqarish maqsadida qо‘llaniladi. Farmoyish ta’sirining asosiy maqsadi boshqaruv apparatining aniq harakati, boshqaruvning barcha bо‘linma va xizmatlari barqaror ishlashini ta’minlab berishdan iborat. Ta’sir etishning farmoyish usullari buyruq, farmoyish, kо‘rsatma va boshqa me’riy hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Intizomiy ta’sir usullari tashkilish barqarorlashtiruvchi va farmoyish vositasida ta’sir etish usullarini tо‘ldirib, intizomiy talablar va majburiyatlar tizimi vositasida tashkiliy aloqalar barqarorligini ta’minlashga qaratilgandir. Download 31.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling