12-mavzu. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini boshqarish usullari va qarorlar qabul qilish jarayoni reja
Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usuli
Download 31.4 Kb.
|
12-мавзу. КБХТ субъектларинибошқариш усуллари ва қарорлар қабул қилиш жараёни
Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usuli
Boshqarishning ijtimoiy-ruhiy usulida ishlovchilarga ruhshunoslik va ijtimoiy bilimlar asosida ta’sir kо‘rsatadi. Ijtimoiy ruhshunoslikka oid ilmlarni bilmagan rahbar odamlarni boshqara olmaydi. Korxona yutug‘ining 15 % i boshqaruvchining bilimiga bog‘liq bо‘lsa, 85 % i odamlar bilan ishlay olish qobiliyatiga bog‘liq. Ijtimoiy (sotsiologiya) ishlab chiqarish sharoitida asosiy mehnat omillari, turli ijtimoiy hodisalar va ular orasidagi bog‘liqliklarni о‘rganadi. Ruhshunoslik (psixologiya) fan sifatida kishi ruhini о‘rganadi. Ruhiyat deganda, fikr, intilish, xohish kabilar tushuniladi. Bozor munosabatlari, mulkchilikning turli shakllari odamlarning ijtimoiy va axloqiy xususiyatlarini yuksak darajada namoyon etishga imkon beradi. Amaldagi qonunlar bilan ijtimoiy va huquqiy meyorlar, ilg‘or axloq shakllari amalga oshiriladi. Umuminsoniy axloq etikasi va huquqlari etika meyorlari tizimida о‘z aksini topadi va uni bajarish hamma uchun majburiydir. Moddiy rag‘batlantirish bilan bir qatorda ma’naviy rag‘batlantirishning turli shakllarini qо‘llash yaxshi natija beradi. Ma’naviy rag‘batlantirishga quyidagilar kiradi: faxriy yorliqlar berish, orden va medallar bilan mukofotlash, rahmatnoma va boshqalar kiradi. Boshqarishning ruhiy usullari odamlar о‘rtasida sog‘lom muhitni hosil qiladi, shaxsning ruhiy xususiyatlarini ochadi. Shaxsning ruhiy xususiyatlariga quyidagilar kiradi: odamlar qiziqishi va qobiliyati, g‘ayrati. Boshqarishda rahbar insonning hamma qirralarini о‘rganishi lozim. Boshqaruvning ijtimiy-psixologik usullari ishlab chiqarishda mavjud ijtimoiy mexanizmni (о‘zaro munosabatlar, ijtimoiy ehtiyojlar) qо‘llashga asoslanadi. Boshqaruvning ijtimoiy usullari ijtimoiy tartibga solish vositasida amalga oshiriladi. Ijtimoiy tartibga solish usullari turli guruhlar va shaxslar maqsadi va manfaatlarini aniqlash va rostlash yо‘li bilan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish va uyg‘unlashtirish maqsadida qо‘llaniladi. Ular jumlasiga ijtimoiy tashkilotlar Nizomlari, shartnomalar, о‘zaro majburiyatlar, ishchilarni tanlash, taqsimlash va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish tizimi kiradi. Ijtimoiy tartibga solish usullari inson omili faolligini oshirish, boshqaruvni demokratlashtirish maqsadida qо‘llaniladi. Boshqaruvning psixologik usullari jamoada maqbul psixologik holat tashkil etish yо‘li bilan kishilar о‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgandir. Psixologik usullarga kichik guruh va jamoalarni tashkil etish, mehnatni rag‘batlantirish, malakali kadrlar tanlash va ularni о‘qitish va h.k.lar kiradi. Download 31.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling