12-mavzu. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini boshqarish usullari va qarorlar qabul qilish jarayoni reja


Boshqaruv qarorlarining mohiyati va ularning tasnifi


Download 31.4 Kb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi31.4 Kb.
#1599619
1   2   3   4   5
Bog'liq
12-мавзу. КБХТ субъектларинибошқариш усуллари ва қарорлар қабул қилиш жараёни

2. Boshqaruv qarorlarining mohiyati va ularning tasnifi
Qaror qabul qilish va uni bajarishni tashkil etish menejmentning asosiy jarayoni hisoblanadi. Qabul qilingan qaror boshqaruv mohiyatini sifati va ahamiyatini belgilaydi. Bu esa о‘z navbatida ishlab chiqarishning samaradorligini oshiradi.
Boshqaruv qarorlari keng ma’noda hamma obyektiv qonunlar asosida jamiyatning moddiy va ma’naviy talablarini real qondirish imkoniyatlarining kelishilgan shaklidir. Boshqaruv qarorlarini iqtisodga qо‘llasak - bu jamiyat va shaxs talablarini ta’minlash maqsadida aniq ongli dastur asosidagi har akatdir.
Qо‘yilgan masalaga qarab, mehnat va holatlarni aniq hisobga olib ishlab chiqarishni eng maqbul rivojlantirish boshqaruv qarorlarining mazmunidir.
Qaror - bu boshqaruv faoliyatining shunday shakliki, unga rahbar mehnati gavdalanadi, mehnat jamoasiga maqsadga yо‘nalgan ta’siri о‘z irodasini topadi. Qaror qabul qilishni tiklash - rahbarning yetakchi faoliyat jarayoni, keyingi boshqaruv muvaffaqiyatini belgilaydi. Boshqaruv qarorlari turli darajada bо‘ladi.
Qarorlar quyidagi kо‘rinishga bо‘linadi:
1. Strategik qaror - bu istiqboliy qaror, unda iqtisodning uzoqqa mо‘ljallangan rivojlanish vazifalari va maqsadlari belgilandi. Bunda uzoq davrni kо‘zlab jiddiy asoslangan va muvozanatlashtirilgan harakat dasturi asos qilinadi. Unda uzoq muddatli maqsad kо‘zlanadi, ularni boshqarish muddati belgilanadi, qо‘yilgan masalani amalga oshirish va uslublari kо‘rsatiladi.
Joriy va xususiy muammolar bо‘yicha tezkor qarorlar qabul qilinadi (ishga olish va ishdan bо‘shatish).
Qaror ta’siri bо‘yicha tashqi va ichki bо‘ladi. Tashqi qaror boshqa darajaga qaratilgan, ichki - faqat alohida korxona bо‘linmalarini о‘z ichiga oladi. Qarorlarni ishlab chiqarish tashkiliy jihatdan yakka, kollegial va jamoaga bо‘linadi. Yakka qabul qilingan qarorni rahbar, kollegial qarorni - mutaxassislar guruhi, jamoa qarorini umumiy majlisda qabul qilinadi.


3. Boshqaruv qarorlariga qо‘yiladigan talablar
Bozor iqtisodiyotiga о‘tish qabul qilinayotgan boshqaruv qarorlarini ta’qiqlamaydi, aksincha uning sifatli bо‘lishini talab qiladi. Uning samarali bо‘lishi bir nechta omillarga bog‘liq.
1) rahbarning shaxsiy sifati;
2) qaror qabul qilishda axborot ta’minoti;
3) tashkiliy kо‘rinishdagi omillar (qaror qabul qilishda mutaxassislarni jalb etish, qaror qabul qilish tizimi va shakllari, qarorlarni ijrochiga yetkazish, nazorat tizimi);
4) texnik omillar;
5) qaror qabul qilish va amalga oshirishdagi vaqtinchalik omillar.
Ana shulardan kelib chiqib boshqaruv qarorlariga quyidagi talablar qо‘yiladi.
1. Qabul qilingan qarorda demokratiya va oshkoralik;
2. Qarorning ilmiy asoslari;
3. Farmoyishning qonuniy birligi;
4. Qarordagi aniq yо‘nalish;
5. Vaqt bо‘yicha aniqlik va qisqalik;
6. Qabul qilingan qaror tezkorligi;
7. Aniq kelishilganlik va va qarama-qarshiliklar yо‘qligi;
8. Bozor iqtisodiyotining shakllanishi qabul qilingan qarorlarga о‘z talablarini qо‘yadi.

Download 31.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling