12-mavzu. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini boshqarish usullari va qarorlar qabul qilish jarayoni reja


Download 31.4 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi31.4 Kb.
#1599619
  1   2   3   4   5
Bog'liq
12-мавзу. КБХТ субъектларинибошқариш усуллари ва қарорлар қабул қилиш жараёни


12-MAVZU. KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI BOSHQARISH USULLARI VA QARORLAR QABUL QILISH JARAYONI
Reja:
1. Boshqarish usullari
2. Boshqaruv qarorlarining mohiyati va ularning tasnifi.
3. Boshqaruv qarorlariga kuyiladigan talablar.
4. Boshqaruv qarorlarini tayyorlash jarayoni va qabul qilish


1. Boshqaruvning iqtisodiy usuli
Boshqaruv usullari ishchi jamoalari oldiga qо‘yilgan vazifalarni о‘z vaqtida yuqori sifatli qilib bajarilishini ta’minlash uchun ularga nisbatan quriladigan chora-tadbirlarni va ta’sirchan usullarni qо‘llanilishini bildiradi.
Boshqaruv usullari о‘zining tavsifiga kо‘ra iqtisodiy, tashkiliy-ma’muriy va ijtimoiy ruhiy bо‘lishi mumkin.
Boshqaruvning iqtisodiy usullari kishilarga iqtisodiy mafaatlar orqali ta’sir kо‘rsatadi va iqtisodiy manfaatlardan foydalanishga asoslangan.
Bu usul xodimlar va mehnat jamoalarining moddiy manfaatlariga asoslangan bо‘lib, davlat jamoat va har bir xodimning manfaatlarini bir-biri bilan uzviy bog‘lanishga imkon yaratadi.
Iqtisodiy usullar iqtisodiy ta’sir vositalari yig‘indisidan (tannarx, narx, foyda, rentabellik, moddiy rag‘batlantirish, kredit, biznes-reja, soliqlar, ish haqi), ya’ni xо‘jalik faoliyatiga ta’sir etishning har bir jamoa mos xо‘jalik bо‘g‘ini bilan uzviy aloqada amal qilishini ta’minlovchi tadbirlaridan iboratdir. Iqtisodiy boshqaruv usullarining asosiy vazifasi ishlab chiqarishda har bir mahsulot birligiga sarflanadigan harajatlar miqdorini kamaytirishga imkon beruvchi xо‘jalik mexanizmlarining yangi usullari vujudga keltirish va undan samarali foydalanishdir.
Xо‘jalik faoliyati negizini uchta asosiy masala: ishlab chiqarishni boshqarish, rejalashtirish va rag‘batlantirish tashkil etadi.
Bozor mexanizmining muhim vazifalaridan biri biznes-reja va bozorning uzviy bog‘liq bо‘lishiga imkon yaratuvchi pul va tovar resurslari tо‘g‘ri nisbatini ta’minlashdir.
Bozor – bu tovar-pul munosabatlarining doimo saqlanuvchi balansidir. Bozor munosabatlari sharoitida rejali iqtisodiyotga nisbatan qat’iy boshqaruv tizimi о‘rnatiladi. Bozor tamoyillari xо‘jalik rahbarlaridan tashabbuskorlik, korxona faoliyati masalalari bо‘yicha yuqori natijalarga erishish maqsadida qayishqoqlik, tavakkalchilikni talab etadi.
Bozor iqtisodiyoti ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga nisbatan qarama-qarshi tizim bо‘lib, bozorda narx, soliq, kredit vositasida tartibga solish, eng avvalo ijtimoiy maqsadda amalga oshiriladi.



Download 31.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling