12. mavzu. Modal tashuvlar: unimodal, multimodal va intermodal texnologiyalar (2 soat) Reja


YUklarni multimodal tashish tizimini yaratish


Download 21.26 Kb.
bet2/3
Sana23.01.2023
Hajmi21.26 Kb.
#1110949
1   2   3
Bog'liq
12.-mavzu. Modal tashuvlar unimodal, multimodal va intermodal texnologiyalar (2 soat)

YUklarni multimodal tashish tizimini yaratish moyilligi shunday tushunchaga ega, bunda multimodal tashishlar nafaqat transportning har xil turlarini yagona tashish jarayonlarida, balki sanoat, savdo, ekspeditorlik va boshqa kompaniyalarining ishtirokini jalb qiladi. Bu o‘zaro bog‘liqligi va koordinatsiyaning yangi shaklini kiritish, nazoratni kuchaytirish va mablag‘larning hamda ishlab chiqarishning to‘planishi, mablag‘larni markazlashtirishni talab etadi. Tizimlilikning moyilligi ko‘pincha ta’minlab beruvchi birlik va tashish jarayonining uzluksizligi quyidagi elementlarda namoyon bo‘ladi:

  • har xil turdagi moddiy-texnik bazasini kompleks rivojlanishi (harakat tarkibi, ortish-tushirish jihozlari, konteyner va konteyner parklari, yuk joylarini yiriklashtiruvchi boshqa vositalar); gabarit o‘lchamlar, yuk ko‘tarish va sig‘imi bo‘yicha harakat tarkibi parametrlarini tasdiqlash; bir hil qadoqdagi har xil turdagi transportlarda yuklarni tashish imkoniyatini ta’minlash; namunaviy ortish-tushirish joylarini qo‘llash va h.k.;

  • transport turlari orasida yuklarni ortish-tushirish punktlariga harakat tarkiblarini uzatishni tezlashtirish va tasdiqlash keskinligi;

  • aloqa va axborot tizimini tashkil etish;

  • intermodal tashish yo‘nalishlarida tijorat-huquqiy o‘xshashlik (tashishning yagona qoidasi, yuk hujjatlarini bir xillashtirish va bojxona ishlarini engillashtirish, yuklarni multimodal tashishda avtotransport (konosament)larni berish, yuklarni intermodal tashishdagi tarif qoidalarini bir xillashtirishni belgilash).

Bir vaqtning o‘zida elektron almashinuv va ma’lumotlarni ayriboshlashni rivojlantirish bilan tashish hamda mijoz orasidagi munosabatlarni yaqinlashtirish holatlari yuzaga keladi. Qabul qiluvchi o‘zining zaxira ashyolari hajmini kamaytirishi va «aniq muddatida» etkazib berish vazifasidan foydalanishi kerak, etkazib berishning yukqori darajadagi mustahkamligi va bir maromda olib borilishiga ishonch hosil qilishlari zarur, bu esa o‘z navbatida jo‘natuvchi, qabul qiluvchi va tashuvchi orasidagi o‘zaro munosabatlarni va aniq koorddinatsichsini talab etadi. Transport majmuasining faoliyati yuk egalarining talablarini to‘laqonli ravishda qonddirishga qaratilgan. Multimodal kompaniyalarining asosiy vazifalaridan biri nafaqat tashish, balki tarnsport bo‘yicha xizmat ko‘rsatishda o‘z ichiga olgan stividor, ekspeditorlik, lizing, sug‘urta, agentlik, axborot, konsultativ, shuningdek omborxona, yuklarni komplektlash va shu kabi kompleks ishlarni mijozlarga taqdim etishdan iborat.

Download 21.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling