12-mavzu: Oʻlchash vositalari va ularning metrologik xususiyati


Oʻlchash birligini taʻminlash asoslari


Download 57.68 Kb.
bet3/3
Sana21.06.2023
Hajmi57.68 Kb.
#1641490
1   2   3
Bog'liq
12-MA\'RUZA (2)

Oʻlchash birligini taʻminlash asoslari
Oʻlchash birligini taʻminlashdagi qonunlashtirilgan asosiy ishlar Oʻzbekiston Respublikasining «Metrologiya haqidagi» 1993 yil 28 dekabrdagi va 2000 yil 26 maydagi «Qoʻshimcha kiritish va oʻzgartirish» haqidagi qabul qilingan qonunlarida batafsil keltirilgan.
Oʻlchash birligini taʻminlash boʻyicha asosiy ilmiy ishlar metrologiya - oʻlchash haqidagi fan hisoblanib, zamonaviy metrologiya oʻziga uchta asosiy boʻlimlarni biriktiradi:
- nazariy metrologiya - boʻlim, metrologiyaning fundamental asoslarini ishlab chiqish;
- qonunlashtiriluvchi metrologiya - boʻlim, davlat talablari tarkibiga bogʻliq birliklar, oʻlchash uslublari, oʻlchash vositalari, oʻlchash laboratoriyalari va metrologiya boʻyicha milliy idora faoliyatiga bogʻliq boʻladi;
- amaliy metrologiya - boʻlim, nazariy metrologiyani yaratish va qonunlashtiriluvchi metrologiya holatlarini amaliy qoʻllash masalalari haqidagi fan.
Respublikada yagona birliklarni qoʻllash mulkchilikning qanday shaklidan boʻlishidan qatʻiy nazar majburiydir.
Oʻzbekiston Respublikasida oʻlchash birligini taʻminlash tizimi (OʻBTT) OʻzDst 8.001-98 davlat standartida batafsil keltirilgan va belgilangan.
Oʻlchashlar birligini taʻminlash tizimining texnik asoslari quyidagichadir:
- oʻlchov birliklarini saqlash va qoʻllash uchun milliy etalonlar kompleksi;
- oʻlchash vositalarini qoʻllashdagi belgilangan qonun tizimi va oʻlchashni bajarishdagi uslub;
- oʻlchash vositalariga taʻlluqli boʻlgan barcha etalonlardan birlik oʻlchamlarini uzatish tizimi.
Respublikadagi barcha metrologik xizmat ishlari metrologiya boʻyicha Milliy idora -Oʻzstandart Agentligi tomonidan amalga oshiriladi.


Tayanch iboralar:
Mikroprosessorli axborotlarni qayta ishlash, avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari, informasion jarayonlarni modellash, informasion tarmoqlar tarkibiga alohida korxonalarning oʻlchash informasion tizimlarini kiritish.
Nazorat savollari:
1. Oʻlchash texnikasidagi yangi va avtomatlashtirilgan tizimlar.
2. Mikroprosessorli axborotlarni qayta ishlash.
3. Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari toʻgʻrisida maʻlumot bering.
4. Davlat metrologiya va standartlashtirish organlari.
Download 57.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling