12-mavzu: O`zbеkistonda davlat mustaqilligining qo`lga kiritilishi. Huquqiy dеmokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish


Download 153 Kb.
bet2/3
Sana22.07.2020
Hajmi153 Kb.
#124472
1   2   3
Bog'liq
12-mavzu. Ozbеkistonda davlat mustaqilligining qolga kiritilishi. Huquqiy dеmokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish. 310af621b0e2d3f4042ccf79a7b4f97c


98-modda quyidagi tahrirda bayon etildi: «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatini amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublika­si Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari, vazirlar, davlat qo‘mitalarining raislaridan iborat. Qoraqolpog‘iston Respublikasi hukumatining boshlig‘i Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha kiradi.

Vazirlar Mahkamasining tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.

Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon­lari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.

Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbe­kiston Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomo­nidan bajarlishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi. Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning qarorini imzolaydi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga binoan xalqaro munosabat­larda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko‘radi. O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida, O‘zbekiston Respubli­kasi Prezidentining qarorlari va farmoyishlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga, Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishga, shuningdek, ushbu Konstitutsiyaning 89-moddasi va 93-moddasiga asosan Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini, O‘zbekiston respublikasi Bosh vaziri farmoyishlarini bekor qilishga haqli».

Mustaqillikning o‘tgan davri shuni ko‘rsatdiki, Konstitutsiya mamlakatimizda siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy sohalarda amalga oshirilgan ishlarning huquqiy asosi sifatida o‘zini namoyon qildi. Xalqimiz shu bois ham uni muhim hayotiy qo‘llanma deb hisoblaydi. O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan millati, dini va tilidan qat’i nazar barcha fuqaro uchun mustahkam qalqon bo‘lib xizmat qilmoqda.

Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishni, uning mohiyatini chuqurroq o‘zlashtirishni hayot taqozo qila boshladi.

Shu nuqtai nazardan Prezident 2001-yil 4-yanvarda «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida» farmoyish chiqardi. Ushbu farmoyishga asosan, Konstitutsiyaning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini, mazmuni va mohiyatini o‘rganish, yosh avlodning huquqiy ongini yuksaltirish, talaba va o‘quvchi yoshlarda mustahkam bilimlarni shakllantirish talablari qo‘yildi.

Mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimida, maktabgacha ta’lim muassasalaridan to oliy ta’limning yuqori bosqichi – magistraturagacha, yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirishning yaxlit va izchil tizimi vujudga keldi. Ushbu tizimga fan sohasidagi doktoranturagacha bo‘lgan bosqich ham kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi mamlakat Prezidenti bir paytning o‘zida ijro etuvchi hokimiyat rahbari ham ekanini belgilay­digan normalarning o‘zgartirilishi muhim siyosiy-huquqiy qadam bo‘ldi. Bugungi kunda Konstitutsiyaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat rahbari bo‘lib, davlat hokimiyati organlarining o‘zaro uyg‘un va hamjihat faoliyat yuritishini ta’minlaydi.

«Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish, mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalar rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi, hech shubhasiz, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish borasida asosiy va hal etuvchi rol o‘ynadi.

Hozirgi sharoitda siyosiy partiyalar fuqarolarning siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish, aholining ayniqsa saylov jarayon­larida xohish-iro­dasi va fikrni ifodalash, markazda va joylarda davlat hokimiyati organ­larini shakllantirishning muhim ta’sir o‘tkazuvchi vositasiga aylanishi alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur vazifani hal etish maqsadida parlamentdagi ko‘pchilik parlamentdagi muxolafat maqomini qonuniy tarzda belgilash, siyosiy partiyalar fraksiyalari rahbarlarini Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari etib saylash bo‘yicha tashkiliy-huquqiy choralar ko‘rildi.

Qabul qilingan ushbu huquqiy mexanizmlar siyosiy partiyalarning mamlakat parlamenti faoliyatini tashkil etishda, shuningdek, vakillik va ijro hokimiyati organlarini shakllantirish, ularning faoliyatini nazorat qilishdagi roli va ahamiyatini tubdan kuchaytirdi.

Xususan, Bosh vazir lavozimiga nomzod bo‘yicha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan maslahatlashish tartibi, uning parlament tomonidan tasdiqlanishining qat’iy belgilangan tartib va mexanizmining joriy etilgani davlat qurilishi sohasida demokratik islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Konstitutsiyaviy qonunga muvofiq siyosiy partiyalarning Qonun­chilik palatasidagi fraksiyalariga Bosh vazirni iste’foga chiqarish, mahalliy kengashlardagi partiya guruhlariga esa viloyat hokimlarini iste’­foga chiqarish to‘g‘risida tashabbus bilan chiqish huquqining berilishi ham mutlaqo muhim ahamiyat kasb etadi. Bularning barchasi siyosiy partiyalarning mamlakat hayotidagi o‘rni va ta’siri ortib bora­yotganidan dalolat beradi.

Davlat hokimiyati markaziy organlarining bir qator vakolat va vazifalarini, avvalambor iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni hal etish, budjet tashkilotlarini, kommunal xo‘jalik va obodonlash­tirish ishlarini moliyalashtirish, odamlarni ish bilan ta’minlash va aholi manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakolatlarini mahalliy hokimiyat, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, mahalla­larga bosqichma-bosqich o‘tkazish jarayoni amalga oshirilmoqda.

Sud hokimiyati.

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan "Sudlar to’g’risida" gi qonun asosida sud islohotlari o’tkazildi. Sudlarning mustaqilligi qonunlashtirildi, ularning odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga aralashishga yo’l qo’yilmaydi. Ayblanuvchining himoyalanish huquqi, advokatura tizimining mustaqilligi huquqiy jihatdan ta’minlandi. O’zbekistonda sud hokimiyati qonunning ustunligi, barcha fuqarolarning qonun oldida tengligini ta’minlash yo’lida faoliyat ko’rsatmoqda.



Davlat mustaqilligini taminlovchi Mudofaa va Tashqi ishlar vazirliklari, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona va Soliq qo`mitalarining tuzilishi. O’zbekistonda boshqaruv tizimi tubdan isloh qilindi. Bozor iqtisodiyotiga o’tishni ta’minlovchi, bozor munosabatlarining faoliyati uchun imkon beruvchi yangi boshqaruv strukturasi yaratildi. Markazlashtirilgan tartibda qayta taqsimlash mexanizmidan bozor mexanizmiga, qattiq mahkamachilik va ma’muriy-buyruqbozlikdan huquqiy boshqaruvga, iqtisodiy omillar orqali o’zini-o’zi idora etishga o’tildi. Ma’muriy-buyruqbozlik, to’rachilik tizimining o’zagini tashkil etgan Davlat reja qo’mitasi, Davlat ta’minot qo’mitasi, Davlat narxlar qo’mitasi, Davlat agro-sanoa t qo’mitasi va boshqa qo’mitalar, vazirliklar, ularning ma’muriy apparatlari tugatildi. Respublikada moliya va bank tizimi tubdan o’zgardi. Moliya vazirligi respublika byudjetini shakllatirish bilan bir qatorda, davlat soliq siyosatini, moliya siyosatini belgilamokda, valyuta ishlarini boshqarmoqda. Bank tizimi isloh etildi. Davlat banki va uning bo’linmalari tugatildi, Markaziy bank, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, ixtisoslashtirilgan aktsiyadorlik - tijorat banklari - "O’zsanoatqurilishbank", "Paxtabank", "O’zjamg’armabank", "G’allabank", "Tadbirkorbank", "Savdogarbank", xususiy va boshqa banklar tuzildi. Banklarning mustaqilligi va pul muomalasi ahvoli uchun javobgarligi oshirildi. Davlat nazorati tizimi tartibga solindi. Davlat soliq qo’mitasi, Bojxona qo’mitasi tuzildi. Davlat nazorati qo’mitasi, uning joylardagi organlari tugatildi. Prezident devonida nazorat inspektsiyasi, hokimiyatlarda tegishli nazorat inspektsiyalari tuzildi. Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo’llab- quvvatlash davlat qo’mitasi tashkil etildi. Bu qo’mita mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturlarini ishlab chiqishda, ko’p ukladli iqtisodiyotni shakllantirishda muhim tadbirlarni amalga oshiradi. Qo’mita investitsiya fondlari, fond birjalari, ko’chmas mulk birjalari, auditorlik xizmatlari va boshqa bozor strukturasi tuzilmalarini tashkil etmoqda. O’zbekistonning ishlab chiqarish, transport bo’yicha tarmoq vazirliklari tugatilib, ular o’z-o’zini mablag’ bilan ta’milaydigan uyushmalarga, konsernlarga, korporatsiyalarga va boshqa xo’jalik birlashmalariga aylantirildi. Avtomobil transportida, qurilishda boshqaruv tizimi qayta tuzildi. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligining strukturasi, faoliyat va ish yuritish usullari tubdan o’zgardi. Umummilliy ahamiyatga molik bo’lgan tarmoqlarda, masalan, sayohatchilik, transport, madaniyat, kino, televidenie va radio tizimi va boshqalarda iqtisodiy jihatdan mustaqil bo’lgan milliy kompaniyalar tashkil etildi. Shunday qilib, mustaqillik qo’lga kiritilgandan beri o’tgan qisqa tarixiy davrda huquqiy davlat, uning zamonaviy hokimiyat organlari barpo etildi, ixcham, ochiq va tadrijiy rivojlanishga ega bo’lgan ijtimoiy-siyosiy tizim yaratildi. Bugungi kunda markaziy va yuqori davlat boshqaruv idoralari vazifalarini davlat hokimiyatining quyi tizimlariga, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o’tkaza borishni ta’minlashdan iboratdir.

1991-yil 6-sentabrida Respublika mustaqilligi hamda hududiy yaxlitligini himoya qilish maqsadida Mudofaa ishlari vazirligi tuzildi. Shu maqsadlarni ko‘zlab uning tarkibida 1992 yil yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasi milliy gvardiya brigadasi barpo etish lozim deb topildi. 1992-yil iyulida u Mudofaa Vazirligiga bo‘ysundirildi.



Sud hokimiyati islohotlari. O`zbеkistonda sud hokimiyati tizimi, uning takomillashtirilishi. Sud tizimining libеrallashtirilishi (Fuqarolik ishlari, jismoniy ishlar, xo`jalik sudlari).

Davlat hokimiyati tizimiga kiruvchi hokimiyatlardan biri sud hokimiyatidir. Sud hokimiyati boshqa hokimiyatlar kabi xalq manfaatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda qabul qilingan qonunlar asosida o‘z vakolatlarini amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasida sud tizimi quyidagicha: besh yil muddatga saylanadigan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Oliy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jalik sudi, shu muddatga tayinlanadigan viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, tuman, shahar sudlari, viloyat xo‘jalik sudlari, harbiy sudlar.

Mazkur sudlarning huquqiy holati O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunida bayon etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi-fuqarolik, jinoiy va ma’muriy sudlov sohasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi. Shu bilan birga og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etgan bir guruh shaxslarga; oldin sudlanmaganlarga, biron bir joyda ishlamasdan, mo‘may pul topish yo‘liga o‘tib ketganlarga nisbatan belgilangan jazolarni qonun kuchidan to‘la foydalanilmagan ishlarning jazo qismini yengil deb bekor qilib, og‘irroq jazolashga o‘z ko‘rsatmasini beradi.

Respublika Oliy sudi 1994-yilda 149 kishiga nisbatan quyi sudlar tomonidan tayinlangan jazolar og‘ir deb topilganligi sababli hukmlar o‘zgartirilib, jazolar qisqartirilgan bo‘lsa, 1995-yilda 247 kishiga nisbatan jazolar og‘ir deb topilib, hukmlar o‘zgartirildi, 25 shaxsga nisbatan jinoiy ishlar sudlanganlarning harakatida jinoyat tarkibi yo‘qligi sababli harakatdan to‘xtatildi.

Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganligi uchun 1994-yilda quyi sudlar tomonidan 89 kishiga nisbatan belgilangan jazolar yengil deb topilib, hukmlar bekor qilingan bo‘lsa, 1995-yilda 70 kishiga nisbatan quyi sudlar belgilangan jazolar yengil deb, hukmlar bekor qilindi va yangidan sud majlisida ko‘rish uchun yuborildi.

O‘zbekistonda sud tizimini isloh qilish, sud hokimiyatini shakllantirishda ham bir muncha ishlar qilindi. Sud tuzilishi va sudlov ishlarini yurgizishga oid barcha demokratik konstitutsiyaviy tamoyillar yanada rivojlantirildi. 1995-yil 30-avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti -harakatlar va qarorlar ustida sudga shikoyat qilish to‘g‘risida”gi qonun fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini sud orqali himoya qilishning huquqiy asoslarini yaratdi.

Respublika xo‘jalik sudlari istiqlolning so‘nggi yillarida o‘zlarining faoliyatini aniq iqtisodiy vazifalar bilan bog‘lab olib bormoqda. Xususan xo‘jalik sudlari 1995-2000 yillarda jami 128.000 nizolarni ko‘rib chiqqan va 271,4 mlrd. so‘m mablag‘ni da’vogarlarga undirib bergan. Keyingi 6 yil mobaynida xo‘jalik sudlarining qarorlari asosida davlat boji va jarimalar hisobidan respublika byudjetiga 4,3 mlrd. so‘m mablag‘ undirilgan.

2000-yilning 1-yarmida mazkur tizimda 17.000 dan ziyod ish ko‘rib chiqildi. Natijada, 53,4 mlrd. so‘mlik hajmdagi zarar da’vogarlar foydasiga undirib berildi. Mamlakat budjetiga 550 mln. so‘m tushum tushirildi.



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq VI sessiyasida (2001-yil 29-avgust) “Adolat qonun ustivorligida” nomli ma’ruzasida sog‘lom jamiyat uchun jinoyatchini jazolashdan ko‘ra, jinoyatning oldini olish muhim ekanligini uqtirib o‘tdi. Ma’ruzada O‘zbekistonning demokratiya va taraqqiyot yo‘lidan mustaqil rivojlantirishning o‘tgan o‘n yil ichida ijtimoiy turmushning barcha sohalarida sodir etilgan tub o‘zgartirishlarning muhimligi ta’kidlanib, sud-huquq tizimini takomillashtirish, jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini insonparvarlik, adolat, huquqiy fuqarolik jamiyati prinsiplariga muvofiq ravishda erkinlashtirish masalasiga alohida e’tibor berildi. Davlatimiz rahbari sudlar faoliyatiga baho berib “Sud bugungi kunda avvalgidek hukmron kommunistik tizimning qatag‘on va jazolash apparati emas, balki u har bir inson va fuqaroning huquq hamda erkinliklarni ishonchli tarzda qo‘riqlash va himoya qilishga qaratilgan chinakam mustaqil davlat institutiga aylanmoqda. Fuqarolarning sudga ishonchi mustahkamlanib bormoqda”,-dedi. Shuningdek, ma’ruzada sud hokimiyati tizimidagi kamchiliklarga ham to‘xtalib o‘tildi. Bu borada Prezident: “...afsuski, sudyalar, prokuratura va tergov organlari xodimlari, bir so‘z bilan aytganda, qabul qilingan yangi qonunlarni hayotga tatbiq etishi lozim bo‘lgan kishilarning dunyoqarashi va tafakkuri ancha qiyinchilik bilan o‘zgarayapti. Eng avvalo jazolashning repressiv, ozodlikdan mahrum qilish hollarini qisqartirish hisobiga qonunchilikning adolat va insoniylik kabi tamoyillarining kuchayishini va amalda qo‘llanishini ta’minlashimiz zarur”-deydi. Ma’ruzada Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslariga kiritilayotgan o‘zgarishlar, masalan, 110 turdagi uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarning ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar toifasiga o‘tkazish, 12 turdagi jinoyatni og‘ir toifadan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar toifasiga, 7 turini esa o‘ta og‘ir jinoyatlar toifasidan og‘ir jinoyatlar toifasiga o‘tkazish haqidagi takliflar bayon qilindi. Shuningdek, iqtisodiy sohada jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan iqtisodiy ta’sir choralarini qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirish zarurligi, butun jahonda muhokama etilayotgan muhim masalalardan biri-o‘lim jazosini jinoiy jazo chorasi sifatida qolayotganligi bilan bog‘liq muammolar, qonunchiligimizda jinoiy jazo turi sifatida mol-mulkni musodara qilish jazosini qo‘llash tartibini qayta ko‘rib chiqish, voyaga yetmaganlar, ayollar va keksalarga nisbatan qo‘llaniladigan jazo tizimini qayta ko‘rib chiqish, jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini erkinlashtirish va demokratlashtirishda ishlarni ko‘rib chiqish tartibini soddalashtirish, jinoiy ishlarni tergov qilish va sudda ko‘rish muddatlarini qisqartirish kabi dolzarb vazifalar va takliflar mohiyati chuqur bayon qilib berildi. Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslariga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar jinoiy ishlarga taalluqli qonunlarni erkinlashtirish va demokratlashtirish sari tashlangan muhim hamda ma’suliyatli qadam ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning VI sessiyasidagi ma’ruzasi yuzasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qabul qilgan qarorining 2 bandida shunday deyiladi:

“Ma’ruzaning jinoiy jazolarni liberallashtirish, qonun ustivorligini ta’minlash, fuqarolar huquq va erkinliklarini, jamiyat hamda davlat manfaatlarini himoya qilish sari qaratilgan yo‘lni hayotga tatbiq etishga doir dasturiy xulosalari prokuratura, boshqa huquqni muhofaza qilish organlari, sudlar faoliyati uchun asos qilib olinsin.”

Insoniyat tarixida yangi davr-Inson huquqlari davri boshlandi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1995-2005 yillarni kurramizda “Inson huquqlari o‘n yilligi” deb e’lon qildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning ma’ruzalarida inson huquqlari sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan quyidagi besh strategik yo‘nalish belgilab berilgan:



  1. Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning samarali mexanizmini ta’minlash;

  2. Inson huquqlari bo‘yicha Xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyillari va normalari asosida milliy qonunchilikni takomillashtirish;

  3. Qabul qilingan qonunlarga og‘ishmay amal qilish mexanizmini ishlab chiqish va ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida qonun ustuvorligini ta’minlash;

  4. Sudlov islohotini amalga oshirish yo‘li bilan sud tizimini demokratlashtirish;

  5. Aholi ayniqsa yoshlar va mansabdor shaxslar, huquq-tartibot idoralari xodimlari, o‘rtasida huquqiy tarbiya ishlarini tubdan yaxshilash, ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish.

Demokratik jarayonlarni chuqurlashtirishning birdan bir zaruriy sharti sud-huquq organlarining ishlarini isloh qilish va erkinlashtirishni jadallashtirishdan iborat. Sudlar faoliyatiga prokuraturaning aralashmasligi, prokuror va advokatlarni huquqlarini tenglashtirish, sudlarning tarbiyaviy rolini oshirish lozimligini taqqoslab ko‘rsatadi. I.Karimov Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida (2005y. 28 yanvar).

Xavfsiz jinoyatlarni ma’muriy choralar bilan almashtirish natijasida so‘nggi 2,5 yil davomida 11 milrd. so‘m undirildi. Har yuz ming kishiga hisoblaganda O‘zbekistonda 158 kishi qamoqda muddatini o‘tamoqda. Bu ko‘rsatkich AQShda 715, Rossiyada 584, Ukrainada 416, Qozog‘istonda 386 kishidan iborat.

Jinoyat qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalardan yana bir muhimi – yarashuv institutining qabul etilishi natijasida 2006-yilda 12,605 nafar shaxsga nisbatan 11,503 ta jinoyat ishi tugatilgan bo‘lsa, bu institut amaliyotga joriy qilinganidan bugungi kunga qadar 54 mingdan ortiq shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etilib, «sudlangan» degan nomni ko‘tarib yurishdan xalos bo‘lgan.

Boshqaruv idoralari faoliyatini erkinlashtirish masalalari.

Mustaqil O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bilan shug‘ullanuvchi davlat idoralari tizimida tubdan o‘zgarishlar amalga oshirildi. Mamlakatda 1990-yil dekabrida Davlat reja qo‘mitasi Iqtisod komissiyasiga aylantirildi. 1992-yil 5-avgustida esa ushbu qo‘mita va statistika davlat qo‘mitasi negizida Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi hamda joylarda uning tegishli idoralari barpo etildi. 1997-yildan ushbu Qo‘mita Makroiqtisodiyot Vazirligiga aylantirildi.

Xalq xo‘jaligini boshqarishning yangi usuli sifatida konsernlar vujudga keltirildi. Bu avvalo iqtisodiy mustaqillik va bozor iqtisodiga o‘tish zaruriyati bilan bog‘liq bo‘ldi. “O‘zdonmahsulot”, “O‘zbekneftgaz” va boshqa ko‘plab konsernlar shular jumlasidandir. 1991-yil 7-sentabrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil qilindi.

Yuqoridagi keltirilgan ma’lumotlardan shunday xulosa kelib chiqadiki, Sobiq Ittifoq manfaatlarini birinchi galda qondiruvchi idoralar tugatilib, yangi shakldagi qo‘mitalar, konsernlar va vazirliklar tashkil etildi. Bu bilan yangicha iqtisodiy munosabatlar sharoitida o‘z milliy taraqqiyotiga mos, vatan mustaqilligini mustahkamlovchi boshqaruv tizimi vujudga keltirildi.



Mahalliy davlat hokimiyati organlari - viloyat, shahar, tuman hokimiyatlarining tashkil topishi, ularning vazifalari va faoliyati.

O‘zbekistonda davlatning boshqaruvni to‘liq monopoliya qilishdan cheklanish va fuqarolik jamiyatini vujudga keltirish, aholi turli tabaqalarining hokimiyat tizimida ishtirok etishini ta’minlashning yana bir yo‘li mahalliy davlat hokimiyatlarini shakllantirish ekanligi e’tirof etildi.

1990-1992-yillari O‘zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasi qabul qilingunicha bo‘lgan davrda mahalliy hokimiyat organlari tizimini shakllantirish va ish faoliyatini takomillashtirish maqsadida bir necha huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

Bular orasida 1992-yil 4-yanvarda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida mahalliy hokimiyat organlarini qayta tuzish to‘g‘risidagi” qonun alohida ahamiyat kasb etdi. Bu qonun asosida mahalliy hokimiyat organlari tizimida butunlay yangi organ-hokimlik va hokim lavozimi ta’sis etildi va uning vakillik organlariga boshchilik qilishi tamoyillari belgilab qo‘yildi.

Ijro etuvchi hokimiyat organlarida bog‘liqlikni kuchaytirish maqsadida, viloyatlar hokimlari O‘zbekiston Prezidenti tomonidan, tuman va shahar hokimlari viloyat hokimi tomonidan lavozimiga tayinlanishi va lavozimidan ozod qilinishi hamda bu masalalar tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlanishi tartiblari belgilandi. Partiya organlarining qaramligiga tushib qolgan ijro organlari-ijroiya komitetlari tugatildi

Hokimlarning huquqiy vakolatining asosi, avvalo, Konstitutsiyaning 99 va 102 moddalari va yuqorida tilga olingan qonunning 1- moddasida belgilangan.

Konstitutsiya va qonun normalarini umumlashtirsak, hokim tegishli hududda vakillik hokimiyatiga ham, ijro hokimiyatiga ham boshchilik qiladi va ayni paytda shu yerdagi mansabdor shaxs hisoblanadi.

Hokimlar mahalliy hokimiyatni boshqarar ekanlar, ular O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti boshqaradigan yaxlit ijro hokimiyat organlari tizimi tarkibiga kiradi.

Shuningdek “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonun (1993-yil, sentyabr), “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylovlar to‘g‘risida”gi Qonun (1994-yil, may) kabi hujjatlar muhim o‘rin egallaydiki, ular kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishini huquqiy jihatdan mustahkamlaydi.

O`zbеkistonda erkin fuqarolik jamiyati asoslarining yaratilishi.

IV

Mamlakatimiz yangi asrga kirar ekan, jamiyatda siyosiy, demokratik islohotlarni chuqurlashtirishda yangi, yuqori bosqichga ko‘tarildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o‘n to‘rtinchi sessiyasidagi ma’ruzasida (1999 yil, 14 aprel) O‘zbekistonning XXI asrdagi taraqqiyot strategiyasining asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsatib berdi. Shulardan birinchi ustivor yo‘nalish-mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish.

Siyosiy sohani erkinlashtirish borasida:

-avvalambor, aholining siyosiy faolligini kuchaytirish, jamiyatda manfaatlar va qarama-qarshi kuchlar o‘rtasida muvozanatni ta’minlaydigan kuchli mexanizmlarni shakllantirish zarur.

Demokratiyaning eng muhim tamoyili-odamlarning saylov huquqini, o‘z xohish-irodasini erkin ifodalash, o‘z manfaatlarini ro‘yobga chiqarish va himoya qilish uchun haqiqiy shart-sharoit, qonuniy-huquqiy zamin yaratib berish lozim.

O`zbеkistonimiz bosib o`tgan kеyingi o`n yillik davr aholimizning kеng qatlamlari qo`llab-quvvatlaydigan turli xil fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlarning jadal shakllanishi va rivojlanishi davri bo`ldi.

Mustaqilligimizning dastlabki yillaridayoq Konstitutsiyamizda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga doir asosiy printsiplarning mustahkamlab qo`yilgani barcha aholi qatlamlari manfaatlarini aks ettiradigan bunday tashkilotlar kеng tarmoqlarining rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratdi.

Bugungi kunda mamlakatimizda jamiyat hayotining turli sohalarida 5100 dan ziyod nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat yuritmoqda va bu ko`rsatkich 2000 yilga qaraganda 2,5 barobar ko`pdir. Fuqarolar yig`inlari va o`zini o`zi boshqarish organlari – mahallalar soni 10 mingdan ortiqni tashkil etadi. Bular qatorida «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, O`zbеkiston xotin-qizlar qo`mitasi, «Sog`lom avlod uchun», «Nuroniy» jamg`armalari, «Ijod» fondi, Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi va boshqa jamoat tashkilotlarini sanab o`tish mumkin.


Download 153 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling